Vazifalari. Har tomonlama tayyorgarlikni davom ettirish (bosqichning birinchi yarmida): ko‘proq mutaxassisligiga qaratiladi.
Vositalari: funksional potensialni rivojlantirishga qaratilgan, bo‘lg‘usi sprinterni og‘ir atletikachilarni, gimnast-larni va h.k. bazali tayyorgarligi musobaqani o‘ziga xos xususiyatiga qarab tuzilishi shart.
4. Individutal imkoniyatlarni maksimal ravishda amalga oshirish bosqichi Vazifalari - sport turlari maksimal natijalarga erishish. maksimal ravishda foydalanish.
Mashg‘ulotlarni hajmi va shiddati qo‘shilgan summasi maksimal xayotga yetadi va katta yuklamali mashg‘ulotlar soni ko‘payadi. Mashg‘ulotlar soni 15-20 tagacha yetishi, psixologik, taktik va integral tayyorgarlikni salmog‘i oshishi shart. Shuni alohida etiborga olish kerakki, individual imkoniyatlarni maksimal ravishda amalga oshirishda optimal yosh chegarasiga to‘g‘ri kelishi shart. Etapning davom etish vaqti, sport maxoratining tashkil topishiga yoki aloxida nomerlarni dasturining tayyorgarligiga bog‘liq. Masalan: 100-200m suzishda erkaklar 3-4 yilda masterlik bajargan bo‘lsada, (xotinlar 1-3 yil) yillik shiddatli trener-ovkadan keyingina xalqaro masterlik unvoniga ega bo‘lishi mumkin. Olimpiya o‘yinlariga 2 yil qolganda bo‘lg‘usi erkak chempionlar (100-200m suzish) o‘z natijasini 1,5 s xotinlar esa 3 s oshiradi. bu tendensiya boshqa sport turlariga ham bog‘liq.
5. Erishilgan natijalarni saqlash bosqichi Sportchiga individual yondashish bilan xarakterlanadi. Bu esa quyidagilar bilan aniqlanadi. Birinchidan: sportchining katta tajribasi (trenirovka va musobaqa) har xil sharoitda chuqur bilimni kerakli vositalarni musobaqa faoliyatiga kerak bo‘lgan metodlarni tez aniqlab oladi. Ikkinchidan: yoshning o‘zgarishi organlar va sistemalar oldingi davrdagi yuqori yuklama, bu etapdagi yuklamani ko‘paytirishga ayni shu darajada ushlab turishga yo‘l qo‘ymaydi. Shuning uchyn funksional potensial va moslashish imkoniyatlari pasayadi. Bu esa shaxsiy mahoratni oshirish uchun individual zahiralarni izlashni talab qiladi.
- funksional imkoniyatlarni erishilgan darajada oldingi yoki kichikroq mashg‘ulot hajmida ushlab turishni:
- texnik mahoratni takomillashtirishni:
- psixologik tayyogarlikni oshirishni:
- jismoniy va funksional tayyorgarlikdagi ayrim xatolarni yo‘qotishda shuni hisobga olish kerakki, ko‘p yillik tayyor-garlikni bu etapdagi sportchi har xil mashg‘ulot vositalariga ko‘nikkandir. Shuning uchun oldingi davrdagi rejalashtirish, vosita va metodlar bilan sport natijalarini ushlab turib bo‘lmagani uchun mashg‘ulotlarning yangi shakllari va metodlarini topishga to‘g‘ri keladi. Bu etap shu bilan xarakterlanadiki, 17-20 yoshli yosh sportchilar va 30-35 yoshga kirgan veteran sportchilar musobaqaga qatnashadilar. Bu esa yoshlik (yuqori darajadagi jis-moniy tayyorgarlikni) davrida erishgan natijalarini hamda va yetishgan katta musobaqa faoliyatiga ega bo‘lgan tajribalarni birlashtiradi.
Ko‘p yillik tayyorgarlik jarayonida yuklamalar dinamikasi va har xil kerakli ishlarning nisbati.
Ko‘p yillik tayyorgarlik jarayonini ratsional tuzish uchun uni, har xil turlarini maqsadga muvofiq ravishda nisbatini aniqlash zarur.
Boshlang‘ich tayyorgarlik etapida asosiy joyni umumiy va yordamchi tayyorgarlik egallaydi. Dastlabki bazali tayyorgarlik hajmi oshadi va umumiy mashg‘ulot hajmini 80-90% tashkil qiladi. Maxsus tayyorgarlik esa 15% atrofida bo‘ladi. Maxsus bazali tayyorgarlik etapida maxsus tayyorgarlikni salmog‘i oshadi va umumiy tayyorgarlik kamayadi.
Individual imkoniyatlarni maksimal ravishda amalga oshirish etapida maxsus tayyorgarlik 60% ga va undan ortiq foizni tashkil qiladi. Erishilgan natijalarni saqlash etapida umumiy tayyorgarlik minimumgacha tushiriladi.
14 - jadval