Texnik-taktik maxorat va kurash qoidalarining o‘zaro boјlikligi
Sport kurashi rivojlanishining boshida kurashchilar tomonidan ko‘llaniladigan texnikaga karab texnik-taktik xarakatlarni belgilab beradigan qoidalar yaratilgan edi. Shu tarika xar xil kurash turlari vujudga kelgan. Qoidalar keyinchalik xar bir kurash turi uchun o‘zgartirilgan. Ularning yordamida ma’lum xarakatlarni cheklash va boshkalarini raјbatlantirishga urinilgan. Ko‘llaniladigan texnik-taktik xarakatlarning soni va sifatiga karab, kurash turiga ta’sir ko‘rsatish, uning sport xamda tomoshabop xususiyatini yaxshilash maksadida, qoidalarni o‘zgartirishga intilishgan.
Yukori malakali kurashchilar xar doim o‘zgaradigan qoidalarga karab, texnik-taktik xarakatlardan optimal ravishda foydalanishi mumkin. Yangi qoidalarning yetakchi kurashchilar maxoratiga kanday ta’sir etishini taxmin qilish mumkin. Ularda ko‘prok hujum xarakatlarini ko‘llash malakasi oshib boradi.
Kurashchining texnik-taktik maxorati va aloxida xususiyatlari
Yukori malakali ustalarning sport tayyorgarligi tizimida aloxidalash tamoyili bajarilayotgan texnik-taktik xarakatlarning kurashchi aloxida xususiyatlariga kat’iy mos kelishini takazo etadi. Texnik-taktik xarakatlar tuzilmasi uning morfologik xossalari, jismoniy rivojlanganligi, funksional imkoniyatlari, ruxiy tayyorgarligiga javob berishi lozim. Sport morfologiyasi soxasidagi ilmiy tadkikotlar (E.G.Martirosov, 1968; Yu.A.Morgunov, 1974) shuni anikladiki, gavdaning ma’lum bir total o‘lchamlari va nisbatlariga ega bo‘lgan kurashchilar ba’zi usullarni muvaffakiyatlirok bajaradilar. Masalan, bilaklar kancha uzunrok bo‘lsa, bukuvchi va yozuvchi mushaklarning nisbiy kuchi shuncha kam bo‘ladi. Son va oyok kancha uzun bo‘lsa, sonni bukuvchi va yozuvchi mushaklarning mutlak kuchi shuncha ko‘p, nisbiy kuchi shuncha kam bo‘ladi. Shu sababli, extimol, oyok-ko‘llari kaltarok bo‘lgan kurashchilar ko‘tarishlarni osonrok bajaradi, chunki ushbu xolda ish samarasi nisbiy kuch xajmiga boјlik. Oyok-ko‘llari uzun bo‘lgan kurashchilarga rakibni gilamdan ko‘tarmasdan xarakatlanish bilan boјlik bo‘lgan usullarni nomustaxkam muvozanat sharoitlaridan (qo`lay dinamik vaziyatdan) foydalangan xolda ko‘llash qo`layrokdir. Bundan tashqari, uzun oyok-ko‘llar yo‘l va tezlikdan yutishga imkon beradi. Shu bilan birga texnik-taktik imkoniyatlar kuch tayyorgarligining aloxida xususiyatlari bilan xam boјlik. Rakibni yerdan ko‘tarish bilan bajariladigan texnik xarakatlarni orkani bukuvchi mushaklari yaxshi rivojlangan va nisbatan baland bo‘yli sportchilar amalga oshirishi mumkin.
Sportchining aloxida xususiyatlariga muvofik bo‘lgan texnik-taktik xarakatlarni ko‘llash tamoyili turli toifadagi kurashchilarni tayyorlashda boshchilik qilishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |