O‘quvchilarda shakllangan fanga oid kompetensiyalar elementlari:
Matematika mazmuniga oid umumiy kompetensiya:
A2
o‘rganilgan matematik tushunchalarni va qoidalarni tushuntirib bera oladi, tegishli misollar keltira oladi;
sodda amaliy holatlarda ma’lumotlarni to‘play olish, ularni ustunli diagrammalar ko‘rinishda ifodalay oladi;
sodda amaliy holatlarda ma’lumotlar qatorining sonli xarakteristikalarini (moda, mediana, o‘rta qiymat) topa oladi, ular bo‘yicha sodda xulosalar chiqara oladi;
sodda kombinator qoidalar (jumladan, jamlash va ko‘paytirish)ga oid sodda masalalarni yecha oladi.
A2+
bobga doir murakkabroq masalalar yecha oladi, sodda tasdiqlarni isbotlay oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |