MATEMATIKA DARSLARIDA EKOLOGIK SAVODXONLIGINI OSHIRISH.
MUNDARIJA
KIRISH
BOB. BOSHLANG’ICH TA’LIMDA FANLARARO ALOQA ORQALI TA`LIMNI HAYOT BILAN BOG`LASH
1.1. Matematika o’qitishda predmetlararo bog`lanishni tashkil etish imkoniyatlari
1.2. Boshlang’ich sinf matematika darslaridagi predmetlararo bog`lanishning o`ziga xos xususiyatlari
BOB. FANLARARO ALOQANI TASHKIL ETISHNING TA’LIMIY– TARBIYAVIY VAZIFALARI
2.1. O`quvchilarga matematika darslarida ekologik ta`lim-tarbiya berish
2.2. Kichik yoshdagi maktab o’quvchilariga fanlararo aloqadorlikda o’yin vositasi orqali ekologik ta’lim-tarbiya berishning uslubiy asoslari
2.3. Boshlang’ich ta’limda mehnat va matematika fanlarini o’rganishda fanlararo aloqadorlik
XULOSA
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
KIRISH
Respublikamiz mustaqillikka erishgach xalq talim sohasida ulkan yutuqlarga erishildi va erishilib kelinmoqda. Bu haqida I.A.Karimov o’zining «Yuksak ma’naviyat yengilmas kuch» nomli asarida shunday deb ta’kidlab o’tgan «Vatanimizning kelajagi, xalqimizning ertangi kuni, mamlakatning jahon hamjamiyatidagi obro’ e’tibori, avvalombor farzanlarimizning unib-o’sib, ulg’ayib, qanday inson bo’lib hayotga kirib borishiga bog’liqdir. Biz bunday o’tkir haqiqatni hech qachon unutmasligimiz kerak»
Bizga ma’lumki, matematika o`qitish metodikasi fani pedagogika fanining ma’lum bir bo`limi bo`lib, u matematika fanini o`qitish qoidalarini o`rganish bilan shug`ullanadi. Matematika o`qitish metodikasi matematika fanini o`qitish qonuniyatlarini o`rganish jarayonida pedagogika, mantiq, psixologiya, matematika, lingvistika va falsafa fanlari bilan uzviy aloqada bo`ladi. Boshqacha aytganda, maktabda matematika o`qitish muammolari mantiq, psixologiya, pedagogika, matematika va falsafa fanlari bilan uzviy bog`liqda hal qilinadi. Matematika o`qitish metodikasining myetodologik asosi bilish nazariyasiga asoslangandir.
Matematika metodikasi fani matematik ta’limning maqsadi, mazmuni, formasi, uslubi va uning vositalarini dars jarayoniga tadbiqiy qonuniyatlarini o`rganib kyeladi. Matematika fani fizika. chizmachilik, kimyo va astronomiya fanlari bilan ham uzviy aloqada bo`ladi. Matematika fanining boshqa fanlar bilan uzviy aloqasi quyidagi ikki yo`l bilan amalga oshiriladi:
Matematika tizimining butunligini buzmagan holda o`qishni fanlarning dasturlarini moslashtirish.
Boshqa fanlarda matematika qonunlarini, formulalarini tyeoryemalarni o`rganish bilan bog`liq bo`lgan materiallardan matematika kursida foydalanish.
Matematika darslarida boshqa fanlardan foydalanish masalasini dasturda aniq ko`rsatish qiyin, buni o`qituvchining o`zi amalga oshiradi, ya’ni o`quv matyerialini rejalashtirishda va darsga tayyorlanish vaqtida e’tiborga olishi kerak.
3
Qo`shni fanlarga doir matyeriallardan matematika darslarida foydalanish fanlararo uzviy aloqadorlikni yanada mustahkamlaydi.
Boshlang’ich sinflarda ta’limni samarali tashkil etishda fanlar aro aloqadorlik masalasi katta ahamiyatga egadir.
Ta’limda fan aloqadorligini shunday tashkil etish kerakki, u shu fan darsiga o’quvchilarning shu fan materiallarini o’zlashtirishiga salbiy ta’sir ko’rsatmasin.
Men o’z pedagogik amaliyot davridagi tajribamdan kelib chiqib shu narsaga amin bo’ldimki, kichik maktab yoshidagi bolalarni fan asoslarini (ayniqsa matematika fani) asoslarini o’rganishga bo’lgan qiziqishlarini doimiy ravishda turli
– tuman o’qitish usullaridan, o’qitish vositalaridan va boshqa qo’shimcha imkoniyatlardan foydalanib uzluksiz oshirib borilmasa, bu o’quvchilardagi bilim olishga bo’lgan orzu – havas asta – sekin susayib boradi. Bu qiziqtirish nimalarda ko’rinadi.
har bir darsni didaktik o’yinlar orqali tashkil etish;
o’tilayotgan o’quv materiallarini bevosita o’quvchilarning amaliy kundalik hayotlari bilan bog’lash;
matematik materialarni tarixiy, o’lkashunoslik va mahalliy materialar bilan boyitish;
darsda yangi innovasion texnologiyalardan foydalanish orqali;
ta’limni fanlar aro aloqadorlikda tashkil etish orqali va boshqa shunga o’xshash qiziqtiruvchi vositalarda.
Boshlang’ich sinflarda ta’limni samarali tashkil etishda fanlar aro aloqadorlik masalasi katta ahamiyatga egadir.
Ma’lumki, boshlang’ich sinf o’qituvchisi o’zi rahbarlik qilayotgan sinfdagi barcha o’quv predmetlaridan o’zi dars beradi. Shuning uchun ham unda ikki va va undan ortiq fanlar aloqadorligida o’qishni tashkil etish imkoniyatiga ega bo’ladi.
Kichik maktab yoshdagi bolalarga matematika o’rgatish matematika fanining o’z mazmun vamohiyatidan kelib chiqib aytadigan bo’lsak ma’lum bir
4
qiyinchiliklarga ega. Bu qiyinchiliklar birinchidan oila a’zolarining ko’pchiligi matematika fanini bilmasligi bo’lib, bola oilada matematikani mustaqil o’rganishi uchun uyda hech kimdan yordam ololmaydi, ikkinchidan bilganlari ham bu matematik tushunchalarni bolaning kundalik amaliy hayot bilan bog’lay olmaydilar, natijada bu matematik tushunchalar bolaning esidan tez chiqib ketadilar.
Matematik bilim malaka va ko’nikmalarni o’quvchilar o’z kundalik hayotlarida amaliy misol va masalalar ko’rinishda qo’llay olsalar bu bilimlar mustahkam bo’lib ular bolaning xotirasida uzoq hatto bir umrga muhrlanib qoladi.
Boshlang’ich ta’lim matematik bilimlar asosan matematika fani darslarida o’rgatilsa boshqa fanlararo darslar amaliy misol va masalalarni yechishga qo’llashda boshqa fan darslaridan unumli foydalanish mumkin. Masalan. Atrofimizdagi olam, tabiatshunoslik, rasm va tasviriy san’at darslaridan foydalanib o’quvchilarning matematik bilimlariga umumlashtirish, kengaytirish va mustahkamlash mumkin.
Biz bu bitiruv ishimizda boshlang’ich ta’lim tasviriy san’at darslarida ba’zi bir matematik tushunchalar (geometrik figuralar) haqidagi bilimlarni mustahkamlash masalalari bilan shug’ullandik. Avvalo boshlang’ich ta’lim matematika dasturini tasviriy san’at darslarida ishlatiladigan matematik tushunchalar nuqtai nazardan tahlilini o’tkazdik. Shundan keyin tasviriy san’at darslarining qaysi birlarida matematik tushunchalardan foydalanib turli rasmlar, naqshlar, haykallar yasalishini o’rganib chiqdik. Oxirida esa bu ikkala fan darslarini matematik bilim, malaka va ko’nikmalarni hosil qilish bo’yicha rejalashtirish imkoniyatlarini o’rganib, bu bo’yicha ba’zi bir uslubiy tavsiyalar berishga harakat qildik.
Ta’limda fan aloqadorligini shunday tashkil etish kerakki, u shu fan darsiga o’quvchilarning shu fan materiallarini o’zlashtirishiga salbiy ta’sir ko’rsatmasin. Buni qanday amalga oshirish mumkin.
5
Masalan, shu o’tilayotgan rasm darsimizning mavzusi «Svetafor modelini yasash» mazusi bo’lsin. 4 – sinf o’quvchilari o’qituvchi rahbarligida svetaforning rasmini ko`rsatadi va bir xil diametrli doirachalardan va paralelopepeddan iborat ekanligini aytadi.
O’qituvchi o’quvchilarga svetafor modelini ko’rsatib u qanday geometrik figuralardan tashkil topganlgini so’rab, ularning javoblarini to’g’ri yo’lga solib turadi.
O’qituvchi darsning vaqt byujetiga ko’p ziyon yetkazmasdan bu geometrik figuralarning ta’rifini o’quvchilar yordamida esga oladilar.
Yoki rasm darslarida ham hamisha geometrik tushunchalar bilan ish ko’rishga to’g’ri keladi.
Bu tanlangan kurs ishi mavzusi hozirgi kun ta’lim – tarbiyasida dolzarb bo’lib kichik maktab yoshidagi o’quvchilarning matematika fanini o’rganishga bo’lgan qiziqishlarini oshirishda matematika darslarini tasviriy san’at darslari bilan uzviy aloqadorlikda o’tish muommosi dolzarb mavzu bo’lib o’rganishga tahlil qilishag arziydi;
Ilmiy taqiqot ishining tekshirish obekti boshlang’ich sinflarning matematika va tasviriy san’at darslari hisoblanadi. Ikkita paralel sinflar olinib, shu sinflarda bir xil tabiiy sharoitda matematika va rasm darslari tashkil etilib har bir sinf o’quvchilarining o’zlashtirilish darajasi solishtiriladi. Masalaning mohiyatini yaxshilab ochib berish maqsadida matematika va tasviriy san’at darslarini o’zaro fanlararo aloqadorlikda o’tkazish imkoniyatlari o’rganiladi;
Ishning tadqiqot predmeti boshlang’ich sinflarning rasm darslarida ajratib olingan shu rasm darsida uchraydigan metematik tushunchalar haqida o’quvchilarning bilimini qisqacha (shu rasm darsining samaradorligini oshirish
nuqtai nazaridan) tekshirib ularni qaytaddan esga olish ishlarini tashkil etish masalasi o’rganish masalasi rejalashtirilgan.
6
Kurs ishining tadqiqot metodlari tajriba sinovlar o’tkazish, olingan natijalarni taqqoslash o’quvchilar o’rtasida so’rovlar o’tkazish natijalari orqali umumiy xulosalarga kelish
Ilmiy - tadqiqot ishining asosiy amaliy – uslubiy ahamiyati shundan iboratki, kichik maktab yoshidagi bolalarga ikki va ko’p tomonlama predmetlararo aloqadorlikda ta’limni tashkil etish orqali shu aloqadorlikdagi fan materiallarini o’quvchilar tomonidan qiziqib tez va oson o’zlashtirishga erishishdir. Haqiqatdanhambunarsatajribalardano’zijobiytasdig’initopgan. Shuningdekyanaishningamaliyahamiyatikichikmaktabyoshidagibolalarningmatematikafaniasoslarinio’rganishgabo’lganqiziqishlarinioshirishdamatematikbilim, malakava
ko’nikmalarinimustahkamlashdaularningkundalikamaliyhayotlaribilanbog’lashdatasviriysan’atvamatematikadarslarinio’zaroaloqadorlikdao’tishbo’yichayoshboshlang’ichsinfo’qituvchilarigaamaliyyordamsifatidadarsishlanmalariyozishdauslubiyyordamberishdaniboratdir.
Kurs ishipredmetiboshlang’ichsinftasviriysan’atdarslaridaqandaymatematiktushunchalardanfoydalaniladivaularniumumlashtirishmasalalario’rganiladi;
ishning ilmiy-tadqiqot metodi suhbat, anketa saviyalarini o’rganish tasviriy san’at dars ishlanmalarini o’rganish va boshqa usullardir;
Ushbu o’rganilgan bitiruv malkaviy ish asosan kirish, asosiy, xulosa qismlaridan, hamda foydalanilgan adabiyotlardan iborat. Bundan tashqari bitiru malakaviy ish bo’yicha ishga ilmiy rahbarning yakuniy xulosasi, tashqi taqriz, talabaga ishni yozish davomida foydalanishi uchun berilgan topshiriq varag’i, ishning kafedradagi muhokama bayonnomasi ham ilova qilingan.
Ishning kirish qismida tanlangan mavzuning hozirgi kunda boshlang’ich ta’limda o’rganilganlik darajasiga qarab chiqildi. Mavzu bo’yicha oynama va ro’znomalarda chop etilgan ma’lumotlar bilan tanishildi.
7
Keyingi vaqtlarda boshlang’ich ta’limda matematika o’qitishda fanlararo aloqadorlikda o’tish bo’yicha aytarlik risolalar yo’q. Shuni e’tiborga olib 3-kursda malakaviy amaliyot davomida ushbu mavzuni tanlab shu yili pedagogik amaliyot davomida tasviriy san’at darslarida asosan naqsh chizish, geometrik figuralardan (uchburchak, teng tomonli , teng yonli, o’tkir va o’tmas burchakli, to’g’ri burchakli besh va olti burchakli, doira, kvadrat) foydalanib bu figuralar haqidagi o’quvchilarning bilimini mustahkamlashni mo’ljalladik.
Kurs ishining ikkinchi bobida matematika, mehnat va tasviriy san’at darslarini aloqadorlikda o’tishda bu fanlarning mavzularini o’zaro muvofiqlashtirish masalasi o’rganilgan.
Ishning oxirida mavzu bo’yicha o’rganilgan adabiyotlar ro’yxati berilgan.
8
Do'stlaringiz bilan baham: |