Bilimlar bellashuvi – 2013 yil.
Matematika fanidan 5 sinf uchun TEST savollari.
I variant.
Qaysi bir javob natural sonlar qatorini tashkil qiladi:
A)1, 2, 3, 4, 5; D) 1, 2, 3, 4, … ;
B) 1, 4, 5, 6, … ; E) 2, 3, 4, … .
Raqamlar bilan yozing: uch million qirq yetti ming yetti yuz ellik.
A) 347 500 ; B) 3 047 750 ; D) 30 047 500 ; E) 47 500.
7 raqami ishtirok etgan barcha ikki xonali sonlar nechta?
A) 10 ta; B) 19 ta; D) 9 ta; E) 18 ta.
0, 7 va 2 raqamlari yordamida nechta uch xonali son tuzish mumkin?
A) 4 ta; B) 5 ta; D) 6 ta; E) 3 ta.
2 * 8 <2 5 8 tengsizlik o’rinli bo’lishi uchun yulduzcha o’rniga qanday raqamlar qo’yish mumkin?
A) 1, 2, 3, 4; B) 6, 7, 8, 9; D) 0, 1, 2, 3, 4; E) 4, 5, 6, 7.
4 · 1000 + 3 · 10 + 4 · 1 – qaysi sonning xona qo’shiluvchilari yig’indisi ko’rinishidagi yozuvi bo’ladi?
A) 434; B) 4 034; D) 40 043; E) 443.
( 60 137 – 5 999 ) + 53 862 ifodaning qiymatini hisoblang.
A) 108 000; B) 119 998; D) 12 272; E) 108 010.
Kamayuvchi 36 taga ortib, ayriluvchi 16 taga ortsa, ayirma qanday o’zgaradi?
A) 52 taga ortadi; B) 20 taga ortadi; D) 20 taga kamayadi; E) 52 taga kamayadi.
57 < x < 61 qo’sh tengsizlikni qanoatlantiruvchi natural sonlar:
A) 57, 58, 59, 60; B)58, 59 60; D) 59, 60, 61; E) 57, 58, 59, 60, 61.
10. Son nurida O (0), A (17) va B (25) nuqtalar berilgan. OB kesma OA kesmadan
qancha uzun?
6 ta birlik kesmaga; B) 9 ta birlik kesmaga; D) 8 ta birlik kesmaga; E)7 ta birlik kesmaga;
11. Ikkita nuqta orqali nechta to’g’ri chiziq o’tkazish mumkin?
A) 1 ta; B) 2 ta ; D) 3 tagacha; E) o’tkazib bo’lmaydi.
Ifodaning qiymatini toping : ( 2 3 – 2 2) · ( 4 2 – 15 ).
A) 16; B) 23; D) 15; E) 4.
To’g’ri to’rtburchakning eni 7 sm, bo’yi undan 3 sm ortiq. Uning perimetrini toping.
A) 22 sm ; B) 20 sm ; D) 34 sm ; E) 30 sm.
Yuzi tomonlari 25 sm va 16 sm bo’lgan to’g’ri to’rtburchak yuziga teng bo’lgan
kvadratning tomonini toping.
A) 36 sm; B) 28 sm; D) 20 sm; E) 18 sm.
15. To’g’ri tenglikni ko’rsating: A) 3 4 = 4 3; B) 9 2 = 2 3 ; D)3 4 = 9 2 ; E) 10 1 = 1 10.
1 000 000 soni qaysi sonning kubi bo’ladi?
A) 10 ; B) 100 ; D) 1 000 ; E) 1.
53 ning kvadrati qanday raqam bilan tugaydi ?
A) 9 ; B) 3 ; D) 5 ; E) 7 .
Agar 2a + b + 2c = 15 bo’lsa, (2a + b) + (b + 2c) + (2a + 2c) yig’indi nechaga teng ?
2 m2 3 dm2 4 sm2 necha sm2 bo’ladi ?
Bo’yi 100 m, eni 75 m bo’lgan maydonning yuzini topib, uni 1 ga bilan taqqoslang.
21. 1 ar 1 m2 dan necha marta katta ?
22. Tenglamani yeching: ( x – 765 ) – 864 = 2345.
44 * 11 < 63 yozuvi to’g’ri tengsizlik bo’lishi uchun yulduzcha o’rniga qaysi amallar
belgilarini qo’yish mumkin?
24. Ifodaning qiymatini toping: ( 112 + 73 ) : 22 .
25. Yuzi 15 ga bo’lgan bog’ning eni 250 m. Bog’ning perimetrini toping.
2>
Do'stlaringiz bilan baham: |