Bizning bundan keyingi tajribalarimiz bolalarning ikkita predmetni shakli bo’yicha bir-biriga o’xshashligini belgilash ko’nikmasidan predmetlarni namunaga qarab tanlab olish sharoitida, tashqi mo’ljallash harakatlarini bajarishni istisno qiladigan tanlab olish sharoitida shakllarning yangi turlariga o’tishga bag’ishlanadi.
1- bosqichdagi o’rgatish ma‘lumotlaridan ko’rinib turibdiki, amaliy topshiriqlarni bajarish jarayonida tarkib topgan tashqi mo’ljallash harakati figuralarning teshikka taqqoslanishiga oid amaliy vazifaning o’zini ham muvaffaqiyatli bajarish imkonini beradi. Bolalar figura va teshiklarning burchaklari hamda tomonlarni bir-biriga mos kelishi yo’li bilan ularning bir xilligini yoki bir xil emasligini aniqladilar, bunda ular shakllarning fazoda o’zaro mos kelishi kabi mezonga asoslandilar.
Agar bu o’rinda teshikning shakli etalon funksiyasini bajaruvchi namuna, figura va tekshirilayotgan ob'ekt bo’lib xizmat qilsa, bolalar ob'ektlarini o’zaro shakliga qarab taqqoslashni o’rganib oladilar, shu bilan birga ob'ektlarning bittasidan boshqasining shakliga baho beradigan o’lchov sifatida foydalandilar, deb hisoblash mumkin.
Biz ikkita ob'ektni fazoda bir-biriga joylashtirish va harakat natijalarini oldindan ko’z bilan ko’rib turish harakatlarini muvoffaqiyatli bajargan bolalar "namunaga qarab tanlash" vazifasini ham ko’z bilan ko’rib bajara oladilar, ya'ni namuna bilan taqdim qilingan har bir ob'ektni tekshirish va ularning bir xilligini shakliga qarab belgilashni biladilar, degan fikrda edik. O’rgatish natijasida bolalar ikki yarim yoshdan boshlab pozitiv harakatlarni o’zlashtirib olganlaridan keyin murakkab shakldagi figuralarni namunasiga qarab tanlash vazifasini bajara oladilar. Ma‘lumki, pertseptiv harakatlarda namunani tanlash uchun taklif qilingan ob'ektlar bilan birga joylashuvi amalga oshiriladi va shakllarning mos kelishi bir xillik mezoni sifatida foydalaniladi.
Ko’rsatib o’tilgan tajribada bolalar yassi figuralar bilan ish ko’rgan bo’lsalar, endi ular hajmli jismlar va figuralar bilan ish ko’radilar. Bu figuralarni bir-biriga joylashtirish yoki fazoda namunani va ob'ektni bir-biriga sig’dirish mumkin emas.
Bajariladigan ishlar quyidagilarni o’z ichiga oladi:
Ikki xil shakldagi qo’ziqorinlarni namunaga qarab tanlash, bunda ularning rangiga e'tibor berilmaydi.
Ikki xil shakldagi guldonlarni namunaga qarab tanlash.
Ikki xil shakldagi matryoshkalarni namunaga qarab tanlash (bunda hajmga e'tibor berilmaydi).
Uch xil shakldagi bayroqchalarni namunaga qarab tanlash (bunga rangga asosiy e'tibor qaratilmaydi).
Ilk yoshdagi bolalar uchun ko’p miqdordagi ob'ektlar ichidan namunaga qarab tanlab olish vazifasi ob'ektlar orasidagi farqlar kamayganda ham qiyin ekanligini hisobga olib, o’rganish jarayonida ularga har tomonlama yordam ko’rsatildi. Namunaga qarab tanlash bo’yicha berilgan topshiriqlar oralig’ida bolalar ikkita ob'ektni o’zaro taqqoslash harakatlarini unutib qo’ymasliklari uchun ular bilan geometrik figuralarni teshikka tushirish bo’yicha mashg’ulotlar o’tkazildi.
Tarbiyachi bolaga "xuddi shunday figurani" ko’rsatishni taklif qilib, namunaning shaklini qo’li bilan fazoda yasab ko’rsatdi, uni tanlab olinadigan figuralar bilan bir qatorga qo’ydi va namunani figura bilan taqqoslash harakatiga bolaning o’zini ham jalb qildi, uning shakli bo’yicha o’xshashligini yoki farq qilishini aniqlashni topshirdi.
Ikki xil shakldagi qo’ziqorinni namunaga qarab tanlash. qo’ziqorinlar bilan o’tkazilgan mashg’ulotda tarbiyachi ularning shaklini barmog’i bilan havoda "yasab" ko’rsatayotib, bolalarga: "Bu qo’ziqorinning oyog’i ingichka, qalpog’i esa katta", "Ikkinchi qo’ziqorinning oyog’i yo’g’on, qalpog’i esa kichik", deb tushuntiradi. Tushuntirishdan keyin har ikkala shakldagi qo’ziqorin bolalar stoli ustiga
qator qilib qo’yiladi. Bolalar tarbiyachi taklifiga ko’ra har bir qo’ziqoringa mos keladigan 3 ta qizil va 2 ta jigar rang qo’ziqorin tanlashlari kerak. Tarbiyachi ko’rsatadigan qo’ziqorin esa bola tanlab olish kerak bo’lgan qo’ziqorin uchun namuna bo’lib xizmat qiladi. Qo’ziqorinlar bilan bo’lgan mashg’ulotda qatnashgan 26 ta bolalardan 13 tasi vazifani to’g’ri tushunib, uni mustaqil hal qildi, ayrim hollardagina topshiriqni takrorlashga va tarbiyachining namunaning shakli bilan yasab ko’rsatishga ehtiyoj sezdilar. Bu bolalar namunaning shaklini yasab ko’rsatishni diqqat bilan kuzatib turdilar katta yoshdagi kishiga taqlid qilib, qo’ziqorinning oyoqchasini aylantirib chiqishga va uning qalpoqchasini silashga harakat qildilar, har bir qo’ziqorinni uzoq ko’zdan kechirdilar.sinab ko’rilayotgan bolalar dastlabki talabga va "Sendagi xuddi shunday qo’ziqorin qani?" degan savolga stol ustidagi har ikkala qo’ziqorinni ko’rsatdilar. Tarbiyachining: "qaragin, bu qo’ziqorinning oyoqchasi ingichka (yoki yo’g’on, uni qo’yish oson)" degan gapini eshitishi bilan, ular bir xildagi qo’ziqorinlarni tanlab, "Oyoqchasi ingichkami?", "Mana yana, mana yana!" degan so’zlarni ovoz chiqarib takrorladilar. Qo’ziqorinlarni qator qilib tizish, keyin ularni ko’zdan kechirish ko’p bolalarga ma'qul bo’ldi. Afsuski, qo’ziqorinlar joyini almashtirish ko’pincha bolalarning e'tiborini asosiy vazifa - namunaga qarab tanlashdan nechta tortar edi.
Ayrim bolalar tanlashda qatnashib, o’zoq vaqt namunani ko’zdan kechirib turdilar, "xuddi shundaymi?" deb yana so’radilar, katta yoshdagi kishining qo’1 harakatlarini o’z qo’ziqor inlarida takrorladilar. Ko’rsatilgan ikkinchi jigar rang qo’ziqorinda ham xatoga yo’l qo’yildi: bola buni borshqa shakldagi jigarrang qo’ziqorin qatoriga kiritdi. Samarali o’rgatishning asosiy sharti bolaning vazifani bu o’rinda figuraning shakli bilan teshikning shaklini bir-biriga taqqoslash vazifasini tushinishidir.
Taqqoslash harakatlarini o’rgatish vaqtida quyidagilardan foydalaniladi:
Figura va teshikning shaklini katta yoshdagi kishi va bolaning barmoqlari bilan havoda yasab ko’rsatish, hamma harakatlarni so’z bilan tushuntirib turish. Bu usul ilk yoshdagi bolalarga o’rgatishda katta ahamiyatga egadir; u bir Tomonda, bolaning diqqat e'tiborini harakatlariga, predmetlarga jalb qilishga yordamlashsa, ikkinchi tomondan, katta yoshdagi kishining harakatlariga taqlid qilishga undaydi.
Bolaning hatti-harakatlariga bevosita rahbarlik qilish, quticha va taxta teshiklariga figuralarni tushirish vaqtida amaliy yordam ko’rsatish. Bolalarga taqqoslash harakatlarini mashq qilish imkonini berib, uning ko’zlangan natijaga erishuvini, fikri boshqa narsalarga chalg’imasligini,uning harakatlari hamisha ijobiy natijalar bilan tugashini kuzatamiz. Figura tushirilishi yoki qo’yilishi lozim bo’lgan teshikni oldin ko’rsatishni ("qayerga qo’yish kerak") taklif qilinadigan maxsus usul foydali bo’ladi. Bunda quticha yoki taxta boladan birmuncha nariroqda ushlab turiladi, unga shundan keyingina harakat qilishga ruxsat etiladi. Bu usul bolaning topshiriqni bajarishdagi amalda sinab ko’rish harakatlaridan ko’z bilan ko’rib taqqoslashga o’tishiga yordam beradi. Figurani qo’yishdan oldin bolaning e'tiborini figuralar bilan teshiklarning farqini bilib olishga qaratish usuli juda qo’l keladi. Xulq-atvori shoshiladigan, tez tutoqib ketadigan va harakatlari ixtiyorsiz bo’lgan bolalarga o’rgatishda bu usul ayniqsa yaxshi samara beradi
Do'stlaringiz bilan baham: |