3 Empirik taqsimot funksiya
Faraz qilaylik, taqsimot funksiyasi F(x) bo‘lgan X t.m. kuzatilayotgan bo‘lsin. ( ) – vektor esa unga mos hajmi n ga teng bo‘lgan tanlanma bo‘lsin. Shu vektorning biron-bir aniq qiymati:
(6.3.1)
X t.m.ning amalga oshgan qiymati deyiladi. Har qanday tajriba natijalari (6.3.1) qatordan iborat bo‘lgan sonlar to‘plami bo‘ladi.
Birinchi satri tajriba nomerlari, ikkinchisi esa X ning mos amaldagi qiymatlaridan iborat bo‘lgan quyidagi jadvalga
-
statistik qator deb ataladi. Statistik qator turli maqsadlarda va turli usullar bilan tahlil qilinishi mumkin. Mana shunday tahlilning maqsadi X t.m.ning empirik(yoki statistik) taqsimot funksiyasini tuzishdan iborat bo‘lishi mumkin.
(6.3.1) qatorni kamaymasligi bo‘yicha tartiblaymiz:
(6.3.2)
hosil bo‘lgan (6.3.2) qator variatsion qator deyiladi.
Ixtiyoriy statistik qator (6.3.1) yordamida empirik yoki tanlanma taqsimot funksiyasi aniqlanishi mumkin.
(6.3.3)
aniqlangan funksiya empirik(yoki tanlanma) taqsimot funksiyasi deyiladi. Bu yerda I(A) orqali A hodisa indikatori belgilangan. Statistik qator (6.3.1) t.m.lardan iborat bo‘lgani uchun, empirik taqsimot funksiya ham har bir tayinlangan x da t.m. bo‘ladi.
6.1-misol. Uzoqlikni o‘lchovchi asbob bilan ma’lum masofa o‘lchanganda tasodifiy xatolikka yo‘l qo‘yildi. Tajriba 20 marta takrorlanganda yo‘l qo‘yilgan xatoliklar statistik taqsimot funksiyasini tuzing. Statistik qator quyidagicha bo‘lsin:
i
|
1
|
2
|
3
|
4
|
5
|
6
|
7
|
8
|
9
|
10
|
|
5
|
-8
|
10
|
15
|
3
|
-6
|
-15
|
20
|
12
|
15
|
i
|
11
|
12
|
13
|
14
|
15
|
16
|
17
|
18
|
19
|
20
|
|
-4
|
-2
|
20
|
14
|
-8
|
-12
|
16
|
10
|
-5
|
18
|
Eng kichik kuzatilma -15. Demak, . -15 bir marta kuzatildi, demak, uning chastotasi . Shuning uchiun, -15 nuqtada empirik taqsimot funksiya ga teng bo‘lgan sakrashga ega, -15 nuqtadan -12 nuqtagacha bo‘lgan oraliqda funksiya ga teng. -12 niqtada empirik taqsimot funksiya ga teng bo‘lgan sakrashga ega, -12 nuqtadan -8 nuqtagacha bo‘lgan oraliqda funksiya ga teng. -8 niqtada empirik taqsimot funksiya ga teng bo‘lgan sakrashga ega, chunki -8 qiymat ikki marta uchraydi va hokazo. Empirik taqsimot funksiya grafigini chizamiz.
34-rasm.
Har qanday t.m.ning empirik taqsimot funksiyasi kuzatilgan nuqtalarda shu kuzatilmaning chastotasiga teng va sakrashga ega bo‘lgan pog‘onali, uzlukli funksiyadan iborat bo‘ladi.
Bernulli teoremasiga asosan tajribalar soni n cheksiz o‘sganda hodisaning chastotasi shu hodisaning ehtimolligiga intiladi. Bu esa empirik taqsimot funksiyaning n cheksizlikka intilganda haqiqiy taqsimot funksiya ga istalgancha yaqin bo‘lishini anglatadi.
Empirik taqsimot haqida quyidagi tasdiqni keltirish mumkin.
Teorema(Glivenko-Kantelli). Ixtiyoriy uchun quyidagi munosabat o‘rinli
Demak n ortgani sari funksiya ga barcha x larda 1 ehtimollik bilan tekis yaqinlashar ekan.
Do'stlaringiz bilan baham: |