Matematik statistika elementlari. Emperik taqsimot funksiyasi va uning xossalari. Tanlanma xarakteristikalari va ularning taqsimot qonunlari. Tanlanma taqsimotlari parametrlarining nuqtaviy va intervallik baholari. Reja



Download 112,95 Kb.
bet2/4
Sana09.06.2022
Hajmi112,95 Kb.
#646713
1   2   3   4
Bog'liq
амалий-19.Matematik statistika elemenlari. Emperik taqsimot funksiyasi va uning hossalari

Tanlanmaning statistik taqsimoti

Bosh to’plamdan tanlanma olingan. Bunda x1 qiymat n1 marta, x qiymat n2 marta va hokazo xk qiymat, nk marta kuzatilgan, bunda ni = n bo’lib, n-tanlanma to’plam hajmi, ni- chastotalari bo’lsin. Kuzatilgan xi qiymatlar variantalar, variantlarning ortib borishi tartibida yozilgan ketma-ketligi esa variatsion qator deyiladi. Chastotalarni, tanlanma to’plamning hajmiga nisbati ni /n=wi yani nisbiy chastotalar deyiladi.


Tanlanmaning statistik taqsimoti deb, variantalar va ularga mos chastotalar yoki nisbiy chastotalar ketma-ketligiga aytiladi. Statistik taqsimotni yana intervallar va ularga tegishli chastotalar ketma-ketligi ko’rinishida ham berish mumkin.
Taqsimot deyilganda ehtimollar nazariyasida tasodifiy miqdorning mumkin bo’lgan qiymatlari va ularning ehtimollari orasidagi moslik, matematik statistikada esa kuzatilgan variantalar va ularning chastotalari va nisbiy chastotalari orasidagi moslik tushuniladi.
Misol: Hajmi 20 bo’lgan tanlanmaning chastotalar taqsimoti berilgan:
xi 2 6 12
ni 3 10 7
Nisbiy chastotalar taqsimoti ko’rinishida yozing.
Yechish: w1=n1/n=3/20=0,15. w2=10/20=0,5. w3=0,35.

U holda:
xi­ 2 4 12


ni 0,15 0,5 0,35
Tekshirish: w1+w2+w3=0,15+0,5+0,35=1.


Taqsimotning empirik funksiyasi

Aytaylik, X son belgi chastotalarning statistik taqsimoti ma’lum bo’lsin. Nx-belgining x dan kichik qiymati kuzatilgan kuzatishlar soni; n-tanlanma hajmi. Ravshanki, X<x hodisaning nisbiy chastotasi nx/n ga teng. Agar x o’zgaradigan bo’lsa, u holda umuman aytganda, nisbiy chastotasi ham o’zgaradi, ya’ni nx/n nisbiy chastota x ning funksiyasidir. Bu funksiya empirik yo’l bilan topiladiganligi uchun u empirik funksiya deyiladi.


Taqsimotning empirik funksiyasi deb, har bir x qiymati uchun X<x hodisaning ehtimolini aniqlaydigan F*(x) funksiyaga aytiladi. Shunday qilib ta’rifga ko’ra F*(x)=nx/n.
Bosh to’plam taqsimotining F(x) integral funksiyasini, tanlanma taqsimotining empirik funksiyasidan farq qilib taqsimotning nazariy funksiyasi deyiladi. E mpirik va nazariy funksiyalar orasidagi farq shundaki, F(x) nazariy funksiya X<x hodisa ehtimolini, F*(x) empirik funksiya esa shu hodisaning o’zining nisbiy chastotasini aniqlaydi. Bernulli teorеmasidan kelib chiqadiki, X<x hodisaning nisbiy chastotasi, ya’ni А*(x) shu hodisaning F(x) ehtimoliga ehtimol bo’yicha yaqinlashadi. Boshqacha so’z bilan aytganda F*(x) va F(x) sonlar bir-biridan kam farq qiladi. Shu yerning o’zidanoq, bosh to’plam taqsimotining nazariy funksiyasini taqribiy tasvirlashda tanlanma taqsimotining empirik funksiyasidan foydalanishi maqsadga muvofiq bo’lishi kelib chiqadi.
Bunday xulosa shu bilan ham tasdiqlanadiki, F*(x) funksiya F(x) ning barcha xossalariga ega. Darhaqiqat, F*(x) funksiyaning ta’rifidan uning quyidagi xossalari kelib chiqadi.
1). Empirik funksiya qiymatlari [0,1] kesmaga tegishli;
2). F*(x) - kamaymaydigan funksiya;
3). x1 - eng kichik varianta bo’lsa, u holda X x1 da F*(x)=0;
xk – eng katta varianta bo’lsa, u holda X>xk da F*(x)=1;
Shunday qilib, tanlanma taqsimotning empirik funksiyasi bosh to’plam taqsimotning nazariy funksiyasini baholash uchun xizmat qiladi.
Misol: Tanlanmaning quyida berilgan taqsimoti bo’yicha uning empirik funksiyasini tuzing.
Variantalar: xi 2 6 10
Chastotalar: ni 12 18 30



Download 112,95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish