37
2.KISLOTALI YOMG‘IRLAR
Quyida keltirilgan rasmda 2500 yil avval Afinadagi Akropolda barpo etilib,
Kariatidalar deb nomlangan haykallar tasvirlangan. Bu haykallar marmar degan tog‘
jinsidan yasalgan. Marmar tarkibiga kalsiy karbonat kiradi.
1980 yilda asl haykallar Akropol muzeyiga ko‘chirilibdi, ularning nusxalari
bilan almashtirildi. Asl haykallar kislotali yomg‘irlar ta’sirida yemirilgan edi.
1-savol:
Oddiy yomg‘ir biroz kislotalidir, chunki u havodan kam miqdorda karbonat angidridni
yutib oladi. Oddiy yomg‘irga nisbatan kislotali yomg‘irlarning kislotaliligi yuqori,
chunki u karbonat angidriddan tashqari oltingugurt oksidi va azot oksidlarini ham
yutadi.
Havoga oltingugurt oksidi va azot oksidlari qayerdan keladi?
Do'stlaringiz bilan baham: