Birinchidan, oliy ta’limda muvoffaqiyatga erishishning eng ustuvor yo‘nalishlaridan biri unda qat’iy intizomni joriy qilish lozim. Intizom yo‘q joyda bilim ham, tarbiya ham muvaffaqiyatli bo‘lmaydi. Intizom bo‘lmagan joyda vaqt yo‘qotiladi.
Intizom faqat darsni o‘z vaqtida boshlab, vaqtida tugatish bilan cheklanmaydi. Bu har bir professor-o‘qituvchi va talabaning o‘z burchini chinakamiga belgilangan tartibda ado qilishi bilan ham bog‘liq. Talabalarning barchasi darsga kelgani bilan u bilimni to‘kis qilishi uchun o‘zi ham izlanishi, o‘qishi kerak. Ilm olishda shunday yo‘l tutmasa u ham ta’lim olish intizomini buzgan bo‘ladi. Bu ham katta zarar.
Do'stlaringiz bilan baham: |