Matbuot anjumani yaratish oav hamkorlik samarasi



Download 23,06 Kb.
Sana01.07.2022
Hajmi23,06 Kb.
#725925
Bog'liq
Matbuot anjumani yaratish OAV hamkorlik samarasi


Matbuot anjumani yaratish OAV hamkorlik samarasi

Joriy yilning 11 iyul kuni Milliy matbuot markazida “O‘zstandart” agentligining tashabbusi bilan matbuot anjumani tashkil etildi.


Respublikamiz Ommaviy axborot vositalari xodimlari uchun, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi qaroriga muvofiq amalga oshirilayotgan ishlar, jumladan “Respublika sinov va sertifikatlashtirish markazi” tomonidan “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili” davlat dasturi doirasida eksportga ko‘maklashishga qaratilgan faoliyati asosiy mavzu qilib belgilandi.
Darhaqiqat, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 28 apreldagi 2935-sonli qaroriga asosan, Toshkent shahar Sinov va sertifikatlashtirish markazi hamda “O‘zstandart” agentligi tarkibida bo‘lgan “Mahsulotlarni eksportga ko‘maklashish byurosi”endilikda Respublika sinov va sertifikatlashtirish markazi va uning hududiy markazlari tasarrufiga o‘tkazildi.
“O‘zstandart” agentli tomonidan 2017 yilning 6 oyligi davomida 264 ta halqaro standartlar qabul qilindi, qabul qilingan standartlarning 52 tasi mashinasozlik, 60 tasi yoqilg‘i-energetika, 21 tasi qurilish kommunal va transport,105 tasi agrosanoat,12 tasi axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, 14 tasi sog‘liqni saqlash va ekologiya sohalariga joriy qilindi.
Mahalliy mahsulotlarni ishlab chiqarishda xalqaro standartlar va texnik reglamentlarni jadal joriy etish orqali ularning zamonaviy talablarga muvofiqligini ta’minlash va tashqi bozorlarda raqobatdoshligini oshirish maqsadida qonuniy bazani takomillashtirish doirasida xalqaro qoida va amaliyotni inobatga olgan holda, O‘zbekiston Respublikasining «Texnik jihatdan tartibga solish to‘g‘risida» (2009 yil) va «Muvofiqlikni baholash to‘g‘risida»gi (2013 yil) qonunlari qabul qilindi. Ushbu qonunlar ichki bozorning sifatsiz mahsulotlardan himoya qilinishi hamda respublikamiz laboratoriyalari tomonidan o‘tkazilgan sinovlar natijalarining xalqaro darajada tan olinishini ta’minlashda muhim huquqiy asos bo‘lib xizmat qilmoqda.Bugungi kunda jami 27 ta (shundan, 19 ta umumiy va 8 ta maxsus) texnik reglamentlar amaliyotga joriy etildi, bu esa o‘z o‘rnida muvofiqlikni baxolashning zamonaviy yondashuviga zamin yaratdi.Tadbirkorlik sub’ektlariga qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida majburiy sertifikatlanishi lozim bo‘lgan mahsulotlar ro‘yxati keskin qisqartirildi. Eksportga yo‘naltirilayotgan mahsulotlarni sertifikatlashtirish ixtiyoriy ravishda amalga oshirilishi belgilandi, o‘lchash vositalarini tayyorlash, sotish va ijaraga berish faoliyatini litsenziyalash jarayoni bekor qilindi.
Shuningdek, “Halq bilan muloqot va inson manfiatlari yili” davlat dasturi doirasida Toshkent shahrining “Toshkent-tovar”, “Shosh-trans”, “Ark-buloq”, “Keles” bojxona terminallarida tadbirkorlarga xizmat ko‘rsatuvchi sertifikatlashtirish idoralari tashkil etildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 21 iyundagi PQ-3077-sonli qaroriga asosan tadbirkorlikni qo‘llab quvvatlash maqsadida joriy yilning 1 iyulidan boshlab muvofiqlik sertifikatini berish 3 ish kunida etib belgilanishi e’tiborga molik.
Shuningdek, Respublika sinov va sertifikatlashtirish markazi qoshidagi “Kimyo-biologiya” sinov laboratoriyasi “SGS Tashkent” halqaro akkreditatlangan tashkilot bilan xamkorlikda qo‘shma bayonnomalarni rasmiylashtirish yo‘lga qo‘yildi. natijada rasmiylashtirilayotgan sinov bayonnomalarini xorij davlatlari tomonidan tan olinishiga erishildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2935-sonli Qarori asosan olis hududda joylashgan o‘lchov vositalarni qabul qilish hamda aholiga qulay metrologik xizmat ko‘rsatish maqsadida 2017-2020 yillar davomida 19 ta (2017 yilda 8 ta, 2018 yilda 3 ta, 2019 yilda 4 ta, 2020 yilda 4 ta) shahobchalar tashkil etish belgilangan.
2017 yil 1-yarim yilligi davomida 7 ta (Qashqadaryoning G‘uzor, Buxoroning Qorako‘l, Jizzaxning Paxtakor, Surxondaryoning Sherobod, Andijonning Qo‘rg‘ontepa, Farg‘onaning Quva, Xorazmning Xazorasp tumanlarida) metrologik xizmatlar ko‘rsatish shahobchalari tashkil etilib, Surxondaryo viloyatining Denov tumanidagi metrologik xizmatlar ko‘rsatish shahobchasi xizmatlar turlari kengaytirildi.
Natijada xududiy markazlar tomonidan 25 ta uzoq tumanlarda metrologik xizmatlar ko‘rsatish faoliyati yo‘lga qo‘yildi. 2017 yilning I-yarim yilligida jami 68915 ta (32587 ta gaz, 7854 ta suv va 28474 ta elektr) maishiy hisoblagichlar qiyoslandi.
Shuningdek, 2017 yil II-yarim yilligi davomida 2 ta (Jizzax viloyatidagi Mirzacho‘l va Andijon viloyatidagi Baliqchi) tumanlarida shahobchalar tashkil etiladi va 2 ta (Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi Ellikqala va Qo‘ng‘irot) tumanda tashkil etilgan shahobchalarni xizmatlar turlari kengaytiriladi
Natijada sertifikatlashtirish idoralari sonini 28 taga yetkazilib,shundan 11 tasi (39,3%) xalqaro darajada tan olingan (3 ta Agentlik tizimida, 8 ta xususiy kompaniyalar)sertifikatlashtirish idoralari hisoblanadi.
Amalga oshirilgan ishlar natijasida Respublika viloyat va shaharlari kesimida jami5433 ta (ISO 9001 - 5219 ta; ISO 14001 - 59 ta; OHSAS 18001 - 77 ta; ISO 22000 - 101 ta; ISO 50001 - 21 ta; ISO/TS 16949 - 41 ta; GMP - 11 ta uyg‘unlashgan MTni - 63 ta) korxonalarga 5592 ta muvofiqlik sertifikatlari rasmiylashtirildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-2935-sonli qaroriga asosan 2017-2020 yillardaxududlar kesimida 9158 ta(2017 yilda 2096 ta, 2018 yilda 2216 ta, 2019 yilda 2387 ta va 2020 yil 2459 ta), O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasikomplekslari tarkibiga kiruvchi 446 ta (2017 yilda 96 ta, 2018 yilda 105 ta, 2019 yilda 121 ta va 2020 yil 124 ta)korxonalarda menejment tizimlarini joriy etish belgilangan.
Bundan tashqari 2017-2020 yillarda poliz-sabzavot mahsulotlari ishlab chiqaruvchi 80 taeksportyor korxonalarda ISO 22000 standartini joriy etish(2017 yilda 25 ta, 2018 yilda 16 ta, 2019 yilda 18 ta va 2020 yil 21 ta).
Energiya sarfi yuqori bo‘lgan 67 takorxonalarda ISO 50001 standartini joriy etish (2017 yilda 23 ta, 2018 yilda 22 ta, 2019 yilda 12 ta va 2020 yil 10 ta).
“O‘zstandart” agentligining tegishli sohalari yuzasidan tadbirkorlik sub’ektlariga xodimlar tomonidan ko‘rsatilayotgan xizmatlar samarasini oshirish va xodimlarni malakasini oshirish maqsadida Respublika va unig hududiy markazlarida 199 nafar (mahsulotlarni sertifikatlashtirish bo‘yicha 142 ta, mahsulotlarni sinash bo‘yicha 8 ta, metrologik xizmatlar ko‘rsatish bo‘yicha 16 ta, xalqaro menejment tizimlari bo‘yicha 18 ta va akkreditatsiya bo‘yicha 15 ta) ekspert-auditorlar mavjud. Shuningdek ekspert auditorlar sonini yanada ko‘paytirish maqsadida 99 nafar xodimlar ekspert-auditorlikka tayyorlanmoqda. Bundag tashqari, 2017 yil II-yarim yilligi davomida 30 ta xodimlarni xalqaro auditorlikka tayyorlash rejalashtirilgan.
«O‘zstandart» agentligining «Mahsulotni eksport qilishga ko‘maklashish Byurosi» (Byuro) O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011 yil 28 apreldagi «Sertifikatlashtirish tartibotlarini va sifat menejmenti tizimlarini joriy etishni takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida» gi 122–sonli Qaroriga asosan tashkil etilgan.«Markaziy Osiyoda mintaqaviy iqtisodiy hamkorlikka ko‘maklashish» GIZ loyihasini amalga oshirish doirasida o‘tgan davr mobaynida meva-sabzavot mahsulotlari uchun qariyb 50 ta ISO standartlari uyg‘unlashtirilgan holda O‘zbekiston Respublikasi Davlat standarti sifatida joriy etishga ko‘maklashildi.
Shuningdek, Byuro tomonidan Birlashgan millatlar tashkilotining Yevropa iqtisodiyot komissiyasi standartlari talablari (101 ta YeEK OON standart) hamda Germaniya davlatida meva-sabzavot mahsulotlari uchun amalda bo‘lgan (10 dan ortiq) standart va Sodex-Alimentarius (10 ga yaqin) o‘rganildi va Byuroning ma’lumotlar bazasiga joylashtirildi.
Byuro tomonidan Respublikamizda meva-sabzavotchilikka ixtisoslashtirilgan tumanlarida yetishtirilayotgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini eksport qilish maqsadida, 400 dan ortiq horijiy firmalarga takliflar yuborildi, hamda horijiy hamkorlarga qulaylik yaratish uchun,www.tovarexport.uz sayti ishga tushirildi va O‘zbekistonda yetishtirilayotgan meva-sabzavot mahsulotlari to‘g‘risida ma’lumot ushbu saytga joylandi.
“Yevropa Ittifoqi mamlakatlari bozorlariga qanday qilib eksport qilish kerak (tekstil mahsulotlari va meva-sabzavot mahsulotlari misolida)” qo‘llanmalar davlat va rus tillarida tayyorlanib,tekstil mahsulotlari bo‘yicha 1000 nusxada va meva-sabzavot mahsulotlari 3000 nusxadanashrdan chiqarildi va tadbirkorlik sub’ektlariga hamda tegishli vazirlik, idoralarga foydalanish uchun taqdim qilindi.
Download 23,06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish