Ключевые слова:
Лингвокультурология, язык, культура, народ,
менталитет, культурные ценности, диахроническая лингвокультурология,
сравнительная
лингвокультурология,
сопоставительная
лингвокультурология,
лингвокультурная
лексикография,
лингвокультурологические школы.
Abstract:
This article examines some aspects of the theory of
lingvoculturology:
the
origin
of
lingvoculturology,
the
formation
of
lingvoculturology as a science, about the created scientific works, the main
directions of lingvoculturology, schools of lingvoculturology.
Keywords:
Lingvoculturology, Language, Culture, People, Mentality,
Cultural Values, Diachronic Lingvoculturology, Comparative Lingvoculturology,
Lingvocultural Lexicography, schools of lingvoculturology.
Til va madaniyatning bog‘liqligi, madaniyatning tilda aks etish muammosi
bilan bog‘liq masalalarning metodologik asosi yaqin yillardangina boshlandi.
Ularning
asosi
sifatida
V.V.Vorobyov,
V.M.Shaklein,
V.N.Teliya,
V.A.Maslovalarning ishlarini qayd etish mumkin. Biroq Lingvokulturologiyaning
shakllanishi haqida deyarli barcha tadqiqotchilar ushbu nazaryaning ildizi V. fon
Gumboldtga borib taqalishini ta’kidlaydilar.
1
Aslida til, madaniyat, etnik kelib chiqishi o‘rtasidagi munosabatlar muammosi
yangilik emas. 20-asrning boshlaridayoq nemis olimlari aka-uka Grimmlar ularni hal
qilishga harakat qilishdi, biroq ularning g‘oyalari 20-asrning 60-70-yillarida
Rossiyada F.I.Buslaev, A.N.Afanasyev, A.A. Potebni ishlarida rivojlandi.
2
O‘zbek tilshunoslik ilmida ham bu yo‘nalishda qator ishlar olib borilmoqda.
Chunonchi, o‘zbek tilshunosligida lingvokulurologiyaning ilmiy asoslanishi,
madaniyatning tilda aks etishi kabi qator masalalarga qaratilgan dastlabki ilmiy
tadqiqot namunalari sifatida A.Nurmonovning “O‘zbek tilida lingvokulturologik
yo‘nalish”, N.Mahmudovning “Tilning mukammal tadqiqi yo‘llarini izlab”,
N.Sayidrahimovaning “Lingvokulturologiyaning ilmiy asoslanishiga doir ayrim
mulohazalar”, “Lingvokulturologiyaning komponentlari” nomli maqolalarini,
D.Xudoyberganovaning
“Matnning
atropotsentrik
tadqiqi”
mavzusida
1
Маслова В. А. Лингвокультурология: Учебное пособие для студентов высших учебных заведений. - М.:
Изд. Центр «Академия», 2001. – C. 27.
2
O‘sha asar, o‘sha bet.
Tilshunoslikdagi zamonaviy yo
‘
nalishlar: muammo va yechimlar
58
gimonografiyasini belgilash mumkin. Mazkur ishlarda lingvomadaniyatshunoslik
fanining mohiyati, predmeti va obyekti masalalari o‘rganilgan.
1
Lingvokulturologiya til va madaniy tushunchalar o‘rtasidagi munosabatni
o‘rganuvchi tilshunoslikning bir bo‘limidir. Lingvokulturologiya alohida fan sohasi
sifatida XX asrning 90-yillarida vujudga keldi.
2
Tadqiqotchilarning qayd qilishicha
“Lingvokulturologiya” lotincha lingua - til, cultura - madaniyat va logos - fan, ta’lim
ma’nosini bildiradi.
3
Yana bir manbaga ko‘ra lingvokulturologiya (lot. lingua “til”;
cultus “hurmat qilish, ta’zim qilish”; yunon. “ilm, fan”) - madaniyatshunoslik va
tilshunoslik kesishgan nuqtada shakllangan til tadqiqining yangi sohasi.
Lingvokulturologiya madaniyat va tilning o‘zaro aloqasini, o‘zaro ta’sirini, tilda o‘z
aksini topgan xalq madaniyatining ko‘rinishlarini tadqiq etadi.
4
Lingvokulturologiya
etnolingvistika,
sotsiolingvistika,
lingvomamlakatshunoslik va etnopsixolingvistika bilan chambarchas aloqadadir.
Lingvokulturologiyaning obyekti - madaniyat va tilning o‘zaro aloqasi, o‘zaro
ta’sirini bir butunlikda tadqiq qilishdir. Lingvokulturologiyaning predmeti -
madaniyatda ramziy, obrazli, metaforik ma’no kasb etgan va natijalari inson ongida
umumlashtirilib mif, afsona, folklor va diniy diskurslarda, poetik va prozaik badiiy
matnlarda, frazeologizmlarda, metaforalarda va ramzlarda aks etadigan til birliklari
sanaladi.
5
Lingvokulturologiya sohasida tadqiqotlar yaratgan V.A. Maslova ushbu
sohaning rivojlanishini uch davrga ajratib ko‘rsatadi:
Birinchi davr - fanning shakllanishiga turtki bo‘lgan dastlabki tadqiqotlarning
yaratilishi (V. Fon Gumboldt, A.A. Potebiy, E.Sepir va boshqa tilshunoslarning
asarlari);
Ikkinchi davr - lingvokulturologiyaning mustaqil tadqiqot sohasi sifatida
shakllanishi.
Uchinchi davr - lingvokulturologiyaning fundamental, mustaqil fan sifatida
paydo bo‘lishi.
Shu bilan birga lingvokulturologiyada hozirgi kunga qadar bir qancha
yo‘nalishlar shakllangan:
1.Ayrim ijtimoiy guruhlarning ko‘zga ko‘ringan madaniy yorqin davrdagi
lingvokulturologiyasi, ya’ni muayyan lingvokulturologik vaziyatni o‘rganish.
2.Diaxronik lingvokulturologiya, ya’ni etnik guruhning lingvomadaniy
holatining ma’lum vaqt oralig‘idagi o‘zgarishlarini o‘rganish.
1
http://cyberleninka.ru/article/n/lingvomadaniyatshunoslik-fanining-tarixiy-va-nazariy-negizlari
2
Маслова В. А. Лингвокультурология: Учебное пособие для студентов высших учебных заведений. - М.: Изд.
Центр «Академия», 2001. – C. 28.
3
http://hozir.org/til-va-tafakkur-til-va-madaniyat-bogliqligi-reja.html?page=4
4
Umarova Sh. Tarjimaning lingvomadaniy aspektlari (o‘quv qo‘llanma). T., 2015. – B. 181.
5
O‘sha asar, o‘sha bet.
Do'stlaringiz bilan baham: |