Mas’ul muharrirlar: Olimjon Tojiyev



Download 3,59 Mb.
Pdf ko'rish
bet210/240
Sana20.03.2022
Hajmi3,59 Mb.
#502566
1   ...   206   207   208   209   210   211   212   213   ...   240
Bog'liq
Тилшуносликдаги муаммо ва ечимлар 2022 3

Adabiyotlar

1. Alisher Navoiy. Mahbub ul-qulub. Mukammal asarlar to‘plami. 10 jildlik 
9-jild. Toshkent. G‘afur G‘ulom, 2011.
2. Alisher Navoiy. Mahbub ul-qulub. Hozirgi o‘zbek adabiy tiliga tabdil. 
Toshkent. “Sano-standart”. 2018.
3. H. Jamolxonov. Hozirgi o‘zbek adabiy tili. Toshkent. Talqin. 2005.
TIBBIYOTDA YUNON-LOTIN TILIGA ASOSLANGAN TIBBIY 
ATAMALARNING PAYDO BOʻLISH JARAYONI 
Abduraxmanova Madina Ulugbekovna 
Oʻzbek tili va adabiyoti, tillar kafedrasi oʻqituvchisi 
Andijon davlat tibbiyot instituti 
Eng avvalo, ta’kidlash joizki, tibbiy termin tizimi deganda termin tizimining 
yuqorida aniqlangan mohiyatini hisobga olib, kasbiy tibbiy sohada faoliyat olib 
boruvchi tushuncha nomi vositasi sifatida muomalaga kiruvchi terminlar majmui 
tushuniladi.
Bugungi kunda tibbiy termin tizimi eng rivojlangan va yaxshi ishlab chiqilgan 
“dublet va sinonimik hosilalarning chegaralanish rejalari”dan biri hisoblanadi. 
Kasbiy faoliyat tibbiy sohasining oʻziga xosligi, optimal oʻzaro ta’sirga erishish 
zaruriyati, tibbiyot xodimlari oʻrtasida tushunish, kommunikatsiya jarayonida 
ishlatiladigan terminlarni birlashtirishni talab qiladi, natijada leksik birliklar va 
sintaktik konstruktsiyalarning milliy termin tizimida qoʻllanishiga qaramay, yunon-
lotin oʻzlashma soʻzlari yetakchi rol oʻynaydi. Bunday lugʻaviy birliklar turli davlat 
mutaxassislari uchun tushunarli boʻlib, kasbiy hamjamiyatda oʻzaro ta’sirning 
optimallashishiga yordam beradi, yuborilgan xabar mazmuni interpretatsiyasida 
qiyinchiliklar tugʻdirmaydi. Boshqacha qilib aytganda, tibbiy termin tizimining 
asosiy xususiyati sifatida uning tizimliligi va aniqligini koʻrsatish mumkin, “chunki 
inson hayoti terminlarning tushunish birligiga bogʻliq”.


Tilshunoslikdagi zamonaviy yo

nalishlar: muammo va yechimlar
335 
Yunon-lotin terminologiyasi bugungi kunda tibbiyot leksikasining asosi 
hisoblanib, muvaffaqiyatli ravishda quyidagi vazifalarni amalga oshiradi: 
1) 
tizim hosil qiluvchi omil muhim ahamiyatga ega, boshqacha qilib 
aytganda, aynan kelib chiqishi yunon-lotin tiliga taalluqli boʻlgan terminlar tibbiy 
termin tizimining asosini, yadrosini tashkil qiladi. Yunon-lotin terminologiyasi, 
tibbiyot fanining qaysidir soha tushunchasi (tezaurusi) hisoblanadi, ya’ni tibbiyot 
termini va asosiy tushunchani oʻz ichiga olib, ularsiz tibbiyotning maxsus sohalarini 
mazmunan oʻzlashtirish mumkin emas; 
2) 
davolash ishining bazali tushunchasini ifodalaydi, kommunikatsiya 
mazmuni tushunchasining bir ma’noliligi, oʻzaro ta’sir optimizatsiyasini 
ta’minlaydi. Bugungi kunda tibbiyot termin tizimi juda yaxshi ishlab chiqilgan 
natijaviylikka, kasbiy sohada tibbiyot xodimlari oʻrtasida oʻzaro munosabatni 
optimallashtirishga yoʻnaltirilganligi bilan ajralib turadi.
Tibbiy termin tizimining zamonaviy koʻrinishda shakllanishi oʻzining uzoq 
tarixiy rivojlanish yoʻlini bosib oʻtdi. MDX davlatlari va ular ichida Oʻzbekiston 
shifokorlari ham koʻp sonli birliklar (masalan, kalla (череп) - cranium, umurtqa pogʻ 
onasi (позвоночный столб) columna vertebralis, bosh (голова) – caput kabi soʻzlar 
keyinchalik tibbiyot terminlariga aylangan, milliy tibbiyot termin tizimining vaqt 
oʻtishi bilan shakllanishi praslavyan davriga tegishli boʻlgan, avval inson, uning 
organizmi va uning oʻzi haqidagi tasavvurga ega boʻlgan. Albatta, XVIII asrgacha 
boʻlgan davrda qandaydir uygʻun, oʻziga mos termin tizimi haqida gapirish mumkin 
emas edi.
Oʻzini bilish jarayoni va inson salomatligi bilan bogʻliq u yoki bu tushuncha, 
birinchi nominatsiyaning paydo boʻlishi taxminan lingvo madaniy modellarda 
analogik tarzda kuzatilgan. Mazkur tadqiqot mavzusiga kelsak, unda kelib chiqishi 
yunon-lotin tili terminlarining nutqda mustahkamlanish mexanizmlari diqqatni 
tortadi. A. N. Agafonov, V. A. Agafonovlar fikricha, lotin tili oʻzining dastlabki 
boshlanishini uzoq qadimdan lotinlar – Apennin yarim orolining markazi Latsiya 
hududida istiqomat qilgan xalqdan olgan. Arxaik lotincha yoki qadimgi lotin tilining 
paydo boʻlshi eramizdan avvalgi II ming yillikning oʻrtalariga toʻgʻri keladi. Klassik 
lotin qadimgi terlar va faylasuflarning adabiy tili singari oʻz rivojini eramizdan 
avvalgi I ming yillik oxirida boshlagan va Oʻrta yer dengizining yirik davlatiga 
aylangan Rim ekspansiyasiga toʻgʻri keldi.
Yunoniston kengayish jarayonida Rim ta’lim va madaniyat darajasi anchagina 
yuqori edi, Rim tsivilizatsiyasi ellin fani kontseptsiyasi va asarlari, uning falsafasi, 
dini va shubhasiz tibbiyoti boyib bordi. Yunon va Rimning birikishi ikki tilli yunon-
lotin terminologiyasining shakllanishiga olib keldi.
Oʻzbek tilshunosligi, xususan oʻzbek tibbiy atamashunosligi Rossiya 
atamalari orqali rivojlangan. Shu bois tibbiy atamashunoslikni Rossiya tibbiy 


Tilshunoslikdagi zamonaviy yo

nalishlar: muammo va yechimlar
336 
atamashunoslik terminlari bilan oʻxshash tomonlari koʻp. Qoʻshni Rossiyada esa rus 
tili terminologiyasi Vizantiya orqali rivojlandi. Boʻlgʻusi rus tili tizimida birinchi 
oʻzlashma soʻzlar VI asrga taalluqli, chunki Kiyev Rusi va Vizantiya oʻrtasida jonli 
savdo sotiq rivojlanishi natijasida rus va yunon tillaridan soʻzlarning bir-biriga 
oʻtishi, oʻzlashishi boshlandi. Xristian dinini qabul qilish yunon madaniyati va 
yunon tilini oʻzaro ta’sirining kuchayishiga sabab boʻldi, buning ta’siri natijasida rus 
tiliga koʻplab ilmiy tushunchalar nomlari kirib keldi va buning natijasida Rossiyadan 
oʻzbek tilshunosligiga ham qator atamalar kirib kelgan.
Ta’kidlash joizki, bu bosqichda oʻzbek tibbiy atamashunosligi oʻzlashishning 
kuchli ta’siriga kirib qoldi, milliy madaniyatga nafaqat ayrim leksik birliklar va 
sintaktik konstruktsiyalar, balki alohida soʻz yasovchi morfemalar ham koʻchdi, ular 
yangi tilda yuqori mahsuldorlikka ega boʻldi, oʻzlashma soʻzlar tub oʻzbek tili 
asoslari bilan birikdi, bu umuman oʻzbek tibbiy atamashunosligining boyishiga va 
rivojlanishiga sabab boʻldi.

Download 3,59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   206   207   208   209   210   211   212   213   ...   240




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish