Mas’ul muharrirlar: Olimjon Tojiyev



Download 3,59 Mb.
Pdf ko'rish
bet91/240
Sana20.03.2022
Hajmi3,59 Mb.
#502566
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   240
Bog'liq
Тилшуносликдаги муаммо ва ечимлар 2022 3

Tilshunoslikdagi zamonaviy yo

nalishlar: muammo va yechimlar
156 
kommunikantlar orasidagi munosabat va teng bo‘lmagan kommunikantlar 
munosabati tarzida ajratish mumkin. Bu Sh. Iskandarovaning tadqiqotida simmetrik 
va assimmetrik munosabat deb qayd etiladi
1
. Bunda, simmetrik muomalada mavqeyi 
jihatdan kommunikantlarning ikkisi ham bir xil o‘rin tutsa, assimmetrik muomalada 
esa kommunikantlarning biri boshqaruvchi bo‘ladi. “O‘tkan kunlar” davri 
jamiyatining ijtimoiy strukturasini quyidagicha ajratishni lozim deb topdik: 
a) yuqori tabaqa (podshoh, uning xonadoni va yuqori mansabdor shaxslar: 
Hudoyorxon, Musulmonqul, Nurmuhammad devonbegi, O‘tabboy qushbegi, 
Azizbek…);
b) o‘rta tabaqa (savdo-sotiq shug‘ullanuvchi hamda yirik hunarmandlar; 
Qutidor, Otabek, Akram hoji, Ziyo shohichi,);
c)hunarmand-dehqonlar (to‘quvchi va turli xil hunar egalari; Usta Alim, Usta 
Farfi…);
d) quyi tabaqa (qullar, cho‘rilar: Hasanali, Oybodoq, To‘ybeka).
Ijtimoiy muhitning, xususan, jamiyatning tilga ta’sirini romandagi saroy 
amaldorlari, savdogarlar, oddiy xalq nutqi orqali ham kuzatganimizda, turli soha 
yoki tabaqa vakillari orasida saroy a’yonlari nutqi ham o‘ziga xos ifodalari, undash, 
buyruq ohangi bilan alohida ajralib turadi. Ular nutqida jamiyatning siyosiy hayotiga 
tegishli bo‘lgan so‘zlar, atamalar qo‘llanilishi kuzatiladi. ― “O‘tkan kunlar” 
romanida kommunikantlarning yoshi, mavqeyi, jinsi bilan bog‘liq holatlarda ham 
ijtimoiy muhitning o‘rni va ta’siri kuzatiladi. Romanda kommunikantlarning nutqi 
muhit, sotsial omillar asosida shakllantirilgan bo‘lib, saroy muhitiga xos hayot tarzi, 
muloqot shakli kommunikantlar nutqida yaqqol namoyon bo‘lgan.
Til qurilishida jinsiy farqlilik uning kaliti va mexanizmini beradi. Gender tilni 
tahlil qilishda bir qancha yo‘nalishlarga murojaat qiladi:
a) sotsiolingvistika – tilning ijtimoiy mohiyati, ijtimoiy vazifasi, tilga sotsial 
omillarning ta’siri, til taraqqiyotida til siyosatining roli kabi qator masalalarni 
o‘rganadi 
2

b) psixolingvistika – nutqning vujudga kelish mexanizmini, bolalar nutqining 
shakllanishi jarayonini, nutqning axborot tashish funksiyasi kabi masalalarni 
o‘rganadi
3

v) etnolingvistika – tilning shu til egasi bo‘lgan etnos madaniyatiga bo‘lgan 
munosabatini, tilning funksiyalanish va rivojlanish jarayonida etnomadaniyat, 
etnopsixologik omillar o‘rtasidagi aloqani o‘rganadi 
4
;
1
Iskandarova Sh. O‘zbek nutq odatining muloqot shakllari: fil.fan.nomz.diss. avt.ref. –Toshkent, 1993, 19-bet 
2
А.Нурмонов, Б.Йўлдошев. Тилшунослик ва табиий фанлар. – Т. “Шарқ”, 2001, 70-бет. 
3
. А.Нурмонов, Б.Йўлдошев. Тилшунослик ва табиий фанлар. – Т. “Шарқ”, 2001, 68-бет. 
4
А.Нурмонов, Ш.Искандарова. Тилшунослик назарияси. – Т., “Фан”, 2008, 158-бет. 


Tilshunoslikdagi zamonaviy yo

nalishlar: muammo va yechimlar
157 
g) neyrolingvistika – nutqiy faoliyat bosh miyaning mahsuli ekanligi, miya 
kasallanishining nutqiy faoliyatga ta’siri kabi masalalarni o‘rganadi
1
;
d) mentalingvistika – ob’ektiv olam qismlari va uning til tasavvurlari 
o‘rtasidagi munosabat o‘rganiladi
2
.
Ma’lumki, muloqot kishilar o‘rtasidagi o‘zaro fikr almashinuv jarayoni bo‘lib, 
muloqotga kirishuvchi shaxslar ma’lum jins vakillari sanaladi. Muloqot dastlab 2 
turga bo‘linadi: og‘zaki va yozma. “O‘tkan kunlar” romanida muloqtning har ikki 
turini uchratishimiz mumkin. Personajlar o‘rtasidagi muloqot og‘zaki va yozma 
(maktublar ko‘rinishida) uchraydi. Nutqiy muloqotda paralingvistik vositalarning 
o‘rni, ularning madaniyatlararo xoslanishi hamda erkaklar va ayollarga xos bo‘lgan 
paralingvistik vositalarning pragmatik tahlilidan olingan xulosalar shuni 
ko‘rsatadiki, “O‘tkan kunlar” romani boshdan to asar yakuniga qadar xoh ayollar 
nutqni olaylik xoh erkaklar, tom ma’noda o‘zbekona milliy ruhga yo‘g‘rilgan desak 
mubolag‘a bo‘lmaydi. Ota-ona va farzand o‘rtasidagi muloqot odobi, ayniqsa, 
diqqatga sazovordir. Masalan, Otabek va Yusufbek hoji o‘rtasidagi dialogni olaylik.
Anchagina so‘zsiz o‘lturg‘andan so‘ng hoji muloyimona so‘z ochdi.
— O‘g‘lim, hali san eshitdingmi, yo‘qmi haytovur biz saning ustingdan bir ish 
qilib qo‘ydiq... Otabek ma’lumki, ularning «qilib qo‘ygan yoki qilmoqchi bo‘lg‘an 
ishlarini» albatta bilar edi. Shundoq ham bo‘lsa bilmaganga solindi: 
— Aqllik kishilarning o‘g‘ullari ustidan qilg‘an ishlari, albatta, noma’qul 
bo‘lmas, — dedi.
Otabekni Toshkentdan uylantirish fikri bilan aytilgan gapga javoban ehtimol, 
boshqa millat vakil farzandi bo‘lganda o‘z ota-onasiga keskin e’tiroz bildirar, balki 
o‘z hayotini o‘zi hal qila olishini eslatib o‘tar, ammo Otabek o‘zbek xonadonida, 
o‘zbek mentalitetiga xos tarzda tarbiya topgan yigit, javobi ham shunga munosib 
bo‘ldi. Shu tarzda berillgan Otabekning javobi ta’sirsiz qolmadi, muallif 
aytganlaridek: Hoji o‘g‘lining bu javobidan yerga qaradi va nima deb davom qilishni 
bilmay qoldi. Istehzo aralash xotinig‘a qarab oldi.
Onasi O‘zbek Oyimnng Marg‘ilonlik sehrgar «andi» o‘z sehru jodusiga olgan 
deb koyiganda ham ota-onasiga qarshi gap aytishni o‘ziga munosib bilmaydi. Ota-
ona orzusiga bir jonsiz haykal kabi rozilik bildiradi.
Romanda nafaqat o‘zbek yigitiga xos xulq-atvor, balki o‘zbek qiziga xos 
sharm-hayo ham tasvirlangan bo‘lib, bu orqali adib bizni sof o‘zbek oilasi muhitiga 
olib kiradi.
Ahmedov B. R. o‘z dessertatsiyasida bu haqida shunday deydi: Xususan, 
Islom dini ta’sirida iffat va hayo ruhida tarbiya topgan o‘zbek ayollari noverbal xatti 
harakatlari, 
jumladan, 
so‘zlashayotgan 
paytda 
kommunikatlar, 
ayniqsa, 
1
А.Нурмонов, Ш.Искандарова. Тилшунослик назарияси. – Т., “Фан”, 2008, 165-бет. 
2
А.Нурмонов, Ш.Искандарова. Тилшунослик назарияси. – Т., “Фан”, 2008, 164-бет. 



Download 3,59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   240




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish