Antuan de Sent-Ekzyuperi (1900 -1944). Mashhur yozuvchi, roman va esselar muallifi Antuan de Sent-Ekzyuperi bolalar adabiyotiga "Kichkina shahzoda" ertakona povesti bilan kirib keldi. Yozuvchi 1927 yilda "Janubiy pochtachi" romani bilan debyut (ilk asar, birinchi urinish) qilgan edi, ammo faqatgina 1939 yildagina Antuan de Sent-Ekzyuperiga uning "Tungi parvoz" asari shuhrat keltirdi. Muallif o`z shaxsiy tajribasidan ma`lum bo`lgan birinchi parvozlar hamda samolyotlar haqida yozgan edi. 1939 yili yozuvchini "Insonlar sayyorasi" kitobi uchun Fransuz akademiyasi "Romanning Katta premiyasi" degan unvon bilan taqdirladi. Ikkinchi jahon urushi yillarida Antuan de Sent-Ekzyuperi Harbiy uchuvchi bo`lib xizmat qildi va 1942 yili uning "H’arbiy uchuvchi" deb nomlangan kitobi bosmadan chiqdi. Uning "Tsitadel'" nomli asari tugallanmay qoldi; kunlarning birida Sent-Ekzyuperi jangovor topshiriqdan qaytib kelmadi. U qahramonona shaxs edi va bu narsa uning asarlaridan ham ufurib turardi. Fransuz yozuvchisining romanlari, ocherklari va esselari lirizm va chuqur falsafiy mazmun bilan yo`g’rilgan. "Yer bizlarga o`z-o`zimizni tushunimizga kitobdan ham ko`proq, yordam beradi. Ammo bizga Yer qarshilik ko`rsatadi. Inson o`zini, to`siqlarni yengib o`tishdagi kurashlarda anglaydi",- deb yozadi Antuan de Sent-Ekzyuperi o`zining "Insonlar sayyorasi" asarida. Ammo bu kurash uchun unga asbob-uskunalar kerak bo`ladi. Randa kerakmi yoki omoch. Samolyot ham shunday: havo yo`llarini ochuvchi uskuna, insonni abadiy savollarga undaydi". Uning asarlarining umumiy g’oyasi - bu yer yuzidagi eng asosiy narsa, inson bilan insonning bog’liqligidir. U birinchi parvozi taassurotlarida tepadan turib ko`rganlari, u yer bu yerda miltirab turgan kichik-kichik nurchalar – yorug’lik, har bir inson: shoir, yozuvchi, usta, ishchi uchun kerak bo`lgan yaqinlarning iliqligi, oila tafti, oila o`chog’i. Agar har bir yorug’likka kerakli vaqtda kerakli chaqiriq berilib, butun yer yuzidagi barcha yorug’liklarning birlashishi, katta yorug’likka aylanishi yozuvchi hamda uchuvchining ushalmas orzularidan biri edi. "Kichik shahzoda" 1943 yilda yozilgan va unga muallif tomonidan illyustartsiyalar (rasmlar) ishlangan. Yozuvchining o`zi olti yasharligida kattalarga tushunarsiz bo`lgan rasmlar chizishini eslaydi. Shuning uchun ham unga biror kishi bilan dildan suhbatlashishga imkon bo`lmagan. Povestidagi voqealar Sent-Ekzyuperining hayotida real sodir bo`lgan. Saxara cho`llarida qanday qilib samolyotini qo`ndirishga majbur bo`lganini so`zlay boshlaganidan, ertakona tus oladi. Tongda uchuvchini uyg’otgan Kichik shahzoda bilan tezda til topishib ketadi. Bolakay uchuvchiga o`zi uchib kelgan sayyora, u erdagi g’aroyib gulni meribonlik bilan parvarish qilishi haqida darrov so`zlab beradi. Uning sayyorasi - ertalablari o`zining nonushtasini uning vulqonlarida isitib oladigan, kichkinagina, shinamgina uychaga o`xshashi haqida so`zlab beradi. Kichik shahzoda mehmon bo`lgan, qo`shni sayyoralarda istiqomat qiluvchilarni va ularning hayotlarini tasvirlaydi va bu tasvirlar o`ziga xos pand-nasihat va o`gitlardan iborat: qanaqa g’alati xalq ekan bu kattalar , deb bola ularni zo`rg’a tushunadi. Bir qancha sang’ib yurishlardan so`ng Kichik shahzoda o`z yo`lida Tulkini uchratadi. Bu uchrashuv povest' ichida kichik novellani hosil qilgan. Kichik shahzoda, mening tulkim "yuz ming tulkilar ichida boshqa tulkilardan hech farq qilmasdi", ammo men u bilan do`stlashib qoldim, u endi butun dunyoda "yakkayu- yagona" deydi. Kichik shahzoda "Faqatgina bolalar nima izlayotganlarini bilishadi, - deydi u, - agar u latta qo`g’irchog’ini kuni bilan uynab o`tirsa, u unga eng kerakli va qadrdon narsaga aylanib qoladi, agar bolani qo`lidan qo`g’irchoqni tortib olishsa, ular yig’laydilar..." Muloqotga, hamdardlikka, mehrga, himoyaga ehtiyojmandlik bolalarga xos xususiyat, faqatgina bolalar o`zlarining soddadilliklari va sof yuraklari bilan ko`pincha kattalar yodidan chiqarib qo`yadigan bu xususiyatlarni ularning yodlariga solib turishadi. Kichik shahzoda va yo`qotilgan samolyotni uchuvchisi bilan sahrodan topishadi - bu esa yo`qotilgan haqiqatni topilganiga ishora edi: "Yurak bilan izlash kerak" degan xitob yangraydi unda.
Do'stlaringiz bilan baham: |