841
10
maqsadga muvofiqdir.O‘qituvchi bu jarayonda shaxs va sinf jamoasini rivojlanishi mavzuni qay
darajada anglab tushunganliklari, rivojlanishi , qabul qilishini tahlil qilib borsa maqsadga to‘g‘ri
keladi. O‘z navbatida ma’lum vaqt oralig‘ida savol javob o‘tkazishi o‘quvchi yoshlarning xotirasini
mustahkamlash va uzoq vaqt saqlab qolishiga turtki buladi. Ko‘pchilik yoshlar hozirgi paytda
o‘tilgan dars jarayonini tezda esdan chiqarib qo‘yishlari, unutishlari xotirada saqlay olmasliklari
achinarli ahvol, bunda yanada o‘qituvchini o‘z ustida ko‘proq ishlashga o‘sha o‘quvchiga qay
tarzda mavzuni yo‘ritib berishi qay darajada yetkaza olishi uchun yangi texnologiyalar yoki
individual jarayonni ko‘proq talab qiladi. Bir sinfga darsga kirsangiz
bemalol vaqtdan ham
foydalanasiz qo‘shimcha variantlar va yana yangi pedagogik texnologiyalardan foydalanasiz
darsni bir keng tarzda tushuntirib fikrlashib olasiz. Ayrim sinflarda esa aksincha ….bunday
paytda o‘yin yo‘llaridan ayrim paytda qiziqarli videorolik va mediata’lim juda asqotadi. Dars
jarayonida tajribalar shuni ko‘rsatadi ki har dars jarayonida ,, O‘ZINI O‘ZI BAHOLASH’’ usulu
juda yaxshi natija bermoqda.masalan har bir fan o‘qituvchisi sinf yoki guruh a’zolarini ism
va familiyalari yozilgan plakat yoki qog‘ozni sinf doskasiga ilib qo‘yadi va dars jarayonidagi
baholash tizimini aytib ogohlantiradi. Tashkiliy qismdan boshlangan savol javob dan keyingi
bosqichlarda o‘quvchi o‘zi intiladi,savolga javob bergan o‘quvchi o‘zini o‘zi baholab boshlaydi.
Qiziqtirish orqali shaxsni shakllantirishda uning faolligini oshirishda zarur omildir.Fanga
qiziqtirishda barcha jarayonlar ishlatiladi , bilish uchun yaratuvchanlik uchun muammoli
vaziyatlardan chiqib ketishda o‘qituvchi
mahorati ish beradi, ta’sir etuvchanlik qobiliyati juda
muhim sanaladi.Shunday qilib fanni chuqur o‘rganish,rag‘batlantiruvchi omillar shaxsi o‘quv
materialini mazmuni o‘quv jarayonini tashkil qilish mexanizmi yaxshi bo‘lishi o‘quvchiga yetib
boradigan qobiliyat asosida yetkaza olishi zarur.
Ta’limda innovatsion texnologiyalar va interfaol metodlar haqida tassavvurlar juda ko‘p.
Har bir o‘qituvchi mustaqil ravishda yangilik kiritishi va yaratishi mumkin. Innovatsion
texnologiyalar o‘qituvchi o‘z dars faoliaytidan qoniqmasligi asosida kelib chiqadi deyish mumkin
,chunki yangilikni sevadigan biron bir g‘oyalar ustida ishlaydigan tahlil qiladigan ,maqsadi bor
Ustozlar orqali yangilik yaratiladi.( A. Nikolskaya ta’rifida shunday berilgan: rejalashtiriladi,
tayyorgarlik ko‘riladi va amalga oshiriladi.) dars jarayonida o‘quvchilar toliqqanda yoki zerikish
hosil bo‘lganda turli metod yoki o‘yinlardan foydalanish zarur, bu o‘quvchini darsga qiziqishini
orttiradi.
Masalan ; Chet tili fanidan ,,Farqlash’’ deb nomladik va guruh o‘quvchilarini 3 guruhga
ajratiladi har bir guruhga A- 4 qog‘ozi berib chiqiladi ( rang –tasvir ifodalanadi)
unda gapni
davom ettirish yoki rang tasvirni ifodalash tushuntiriladi:
I- Guruh L’e`le`fant est…..
( noir, rouge, gris)
II- Guruh Le chat est….
( blanc, brun, vert)
III- Guruh La vache est…
( gris, noire, brune)
Tarjimasi ; 1) FIL ( qora, qizil. kul rang) 2) Mushuk….( oq, jigar rang, yashil) 3) Sigir… (
kul rang, qora, jigar rang) .Bunda so‘z tarjimasini bilgan o‘quvchi to‘g‘ri javobni tez topa oladi.
Hozirgi zamon ko‘proq AKT lardan foydalanish jarayonlarida ko‘p xilma xillik uslublar
orqali qiziqtirish mumkin.O‘qituvchi innovatsion texnologiyalarga asoslanib tashkil qilar ekan
kompyuter, proekt, elektron doskalardan foydalnib yanada chuqurroq va qiziqarliroq dars
o‘tkazishi mumkin.Dars mazmunini yuqori darajada bo‘lishi o‘qituvchining tajribasi va yangilik
yaratishiga bog‘liq.Axborot almashinuv tezligi tez sur’atlarda o‘smoqda shuning uchun dars
samaradorligini pastlashib ketmasligiga yangilik yaratish izlanish va qiziqtirish muhim omil
hisoblanadi.
Kimyo darsida ,, Maqsad’’ deb nomlangan o‘yin uslubida o‘qituvchi sinf o‘quvchilarini guruhga
ajratadi va mavzuga doir bo‘lmagan rasm iladi unda kimyoviy elementlar o‘quvchilarning
xotirasida saqlab qolish qoiliyatini namoyon qilish imkoni bo‘ladi:
I-
Guruhga ,, UY’’ 2- guruhga ,, Maktab’’ 3- guruhga ,,Ko‘cha’’ ( sharti: Qanday kimyoviy
elementlardan foydalanasiz?)
O‘quvchilarga berilgan vaqt oraligida formulalarni yozish topshirig‘i beriladi, va kuzatib qaysi
guruh faolligi aniqlanadi . Ammo o‘quvchilar ruhiyatiga ta’sir qilmasligi , balki ko‘tarinki ruhiyat
bag‘ishlash lozim.
Hozirgi davr rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlar qatorida O‘zbekistonning ta’lim
sohasida ham ta’limni zamon talablariga muvofiqlashtirish-yangilash asri hisoblanadi. Zamonaviy
ta’lim sistemasining maqsadi puxta bilim olish ,dunyoviy bilimlarni egallash, rivojlangan
842
10
mamlakatlar bilan teng darajada o‘z bilimlari bilan raqobatlasha oladigan kuchli bilimli aql
zakovatli yoshlarni tarbiyalashdir.Hozirgi yoshlarimiz bilimga chanqoq ,puxta bilim olish uchun
harakat qiladigan yoshlardir. Ommaviy axborotlardan internet xabarlaridan bilamiz-ki O‘zbekiston
yoshlari har jabhada o‘zlarini ko‘rsatmoqdalar,ilm –fan sohasida buyuk cho‘qqilarni zabt etishga
harakat qilmoqdalar.
Bilim olish- bu katta kuch ,g‘ayrat, iroda va qunt talab qiluvchi aqliy mehnatdir.Shuning uchun
o‘sib ulg‘ayib kelayotgan yoshlarning qiziqishini so‘ndirmasdan ularda irodani mustahkam qilish,
qiyinchiliklardan qo‘rqmasdan to‘sqinlarni yengib o‘tish uchun zarur bo‘lgan
ruhiy madadni
,zakovat va bilimni har bir fan o‘qituvchisi dars jarayonlarida tushuntirib o‘rgatib borishi zarur.
O‘qituvchi innovatsion yangilik kiritishi ,ijodiy faollikni talab qilib, yangiliklar yaratishi
va metodlar ishlab chiqishi zarur,o‘z ornida o‘z o‘quvchilarini ham o‘z ustida ishlashga biron
bir g‘oya yoki ijodini ko‘rsatishga
undashi ,rejalari bor ammo ruhiy dalda berishni istaydigan
,,ichimdagini top’’ deydigan qobiliyatini chiqara olmaydigan yoshlar bilan ko‘proq ishlash va
shug‘ullanish kerak,chunki bunday yoshlar umidsizlikka ko‘proq tushib qolishadi ularni ma’nan
va ruhan qo‘llash ,komaklashish zarur.
Aniq bir yo‘nalishga qiziqqan bilim oluvchini o‘qituvchi anglab olishi zarur va bunda juda
ko‘p rol o‘ynaydi va yo‘naltirishi , izlanishi va o‘z o‘rnida o‘z maslahatini ayamasligi kerak
bo‘ladi,negaki o‘quvchi nazarida o‘qituvchi ,,daho‘’ hisoblanadi va undan madad kutadi…
Adabiyotlar:
1. Uzluksiz ta’lim sifatini va samaradorligini oshirish yo‘llari haqidagi konferensiya
materiallari. Samarqand sh. SamDu nashri.
2. I.Karimov,,Yuksak ma’naviyat- yengilmas kuch’’ Toshkent. Ma’naviyat .2008
3. A. Abduqadirov ,, Ta’limda Innovatsion texnologiyalar’’ T.2008