Литература:
1. Бухолида СОПЬЕВА, старший преподаватель Ташкентского государственного пе-
дагогического университета имени Низами http://marifat.uz/2.https://www.dissercat.com/
content/sistema-rabot-po-razvitiyu-ustnoi-monologicheskoko Речи-uchashchikhsya-1-Класс-на-
urokakh-а
2. Карима Косимова, Сафо М Ачонов, Х Олида Гуломова, Шарофат Юлдашева, Шарол-
джон Сариев МЕТОДОЛОГИЯ ОБУЧЕНИЯ МАТЕРИ ЯЗЫКАМ Начальное образование
Утверждено Министерством высшего и среднего специального образования Республики
Узбекистан
807
10
BOSHLANG‘ICH SINF MATEMATIKA TA’LIMIDA KOMPYUTERLI IJODIY
TOPSHIRIQLARDAN FOYDALANISHNING SAMARADORLIGI
Adizova Malohat Ibodullayevna
Sayfullayeva Saodat Baxodirovna
Navoiy viloyati Navoiy shahar
17-umumiy o‘rta ta’lim maktabi boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari
Telefon : +998(94)224 66 88
shokirova_188 @mail.ru
Annotasiya: O‘quvchini har bir topshiriqqa jiddiy yondashib, tirishqoqlik bilan bajarib, undan
tegishli xulosalar qilishga o‘rgatish.
Kalit so‘zlari: Yig‘indi qoidasi chekli to‘plamlar birlashmasidagi elementlar sonini topishni,
ko‘paytma qoidasi to‘plamlar dekart ko‘paytmasidagi elementlar sonini, masalalar yechish
usullari .
Boshlang‘ich sinflarda matematika o‘qitish jarayonida kompyuterli ijodiy topshiriqlar tizimini
tuzish va undan foydalanish yuzasidan tadqiqot olib borilib, bunday topshiriqlarni ta’limda
qo‘llashning holati o‘rganildi va matematikadan kompyuterli ijodiy topshiriqlar tizimini yaratish
metodik muammo ekanligi asoslanadi.
Boshlang‘ich sinfdanoq o‘quvchilarni misol bajarish jarayonida qandaydir qonuniyatni
aniqlash, umumiylikni bilish, tegishli xukm va xulosa chiqarishga o‘rgatish keyingi davr ta’lim
tizimida katta ahamiyat kasb etadi. O‘quvchini har bir topshiriqqa jiddiy yondashib, tirishqoqlik
bilan bajarib, undan tegishli xulosalar qilishga o‘rgatib borish zarur. Bunday mazmundagi o‘quv
topshiriqlari bilan o‘quvchini 1- sinfdan tizimli tarzda tanishtirib borish yaxshi samara beradi.
Quyidagi topshiriqlar o‘quvchi ijodiy faoliyatini oshirishga qaratilgan bo‘lib, ularni bajarish
natijasida o‘quvchida maqsadga intilish, qonuniyatni aniqlash, tegishli xulosa chiqara olish kabi
xislatlar tarbiyalanadi. Topshiriq: 1+1; 1+2; 2+2; 3+2; 3+3; 4+1; 4+2; 3+1; 4+4; 5+2. Qo‘shishga
doir bu misollardan qo‘shiluvchilari bir xil sonlardan tashkil topgan misollarni ajratib olib
yeching. Javoblarni taqqoslang.
1+1=2; 2+2=4; 3+3=6; 4+4=8. Har bir keyingi misol javobi oldingi misol javobidan 2 taga
oshyapti, chunki har bir qo‘shiluvchi 1 tadan oshganda, yig‘indi 2 taga oshadi.
Hayotda shunday masalalarga duch kelinadiki, unda u yoki bu chekli to‘plamning to‘plam
ostilarini qarashga to‘g‘ri keladi. Masalan, shaxmatchining qulay «yurish»ni tanlashi;
shofyorning qulay yo‘lni tanlashi; o‘quvchining topshiriqni bajarishda qulay usulni tanlashi kabi
masalalar shular jumlasidandir. Bunday masalalar kombinatorik masalalar bo‘ladi. Kombinatorik
mazmundagi masala-topshiriqlarni bajarishda o‘quvchi kombinatorikaning ikki qoidasi: yig‘indi
qoidasi va ko‘paytma qoidasiga asoslanadi. Yig‘indi qoidasi chekli to‘plamlar birlashmasidagi
elementlar sonini topishni, ko‘paytma qoidasi to‘plamlar dekart ko‘paytmasidagi elementlar sonini
topishni ifodalaydi. Boshlang‘ich sinf matematika darsliklarida kombinatorikaga oid masalalar
mavjud, ammo ular tizimli tarzda ifodalanmagan. Ko‘pgina topshiriqlar yig‘indi qoidasiga
asoslangan masalalardir. Shu bilan birga, o‘rinlashtirishlar, o‘rin almashtirishlar va guruhlashga
doir ayrim o‘quv topshiriqlari ham keltirilgan. 1- sinfdan boshlab o‘quvchilarni kombinatorik
masala-topshiriqlar bilan tanishtirish matematika ta’limi samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.
O‘quvchiga «kombinatorik masala», «kombinatorik topshiriq» degan atamalarni ishlatmay,
dastlab «yig‘indini topishga doir sodda masalalar»ni yechish jarayonida kombinatorikaning
yig‘indi qoidasini qo‘llab topshiriqlar bajartiriladi. Tartib raqamlari bilan tanishtirish jarayonida
o‘quvchilar o‘rin almashtirishlar tushunchasiga tayyorlanadi. Shu mavzuga o‘tish paytida
«Mening o‘rnim qayerda?» degan o‘yin tashkil qilinib, musobaqada ishtirok etuvchi 1-, 2-,
3-o‘quvchiga 1-,2,3-o‘rinlarni qanday taqsimlash mumkinligini amaliy, ya’ni o‘quvchilarning
o‘zlari ishtirokida ko‘rsatilsa, o‘quvchilar kichikroq sondagi chekli o‘rin almashtirishlar sonini
topadigan bo‘lishadi.
Boshlang‘ich sinflarda matematika darslarining 2-turi turli xildagi mashqlar yordamida bilim,
malaka va ko‘nikmalarni mustahkamlash darslaridir. Bunday darslarning asosiy qismlari ilgari
olingan bilimlarni mustahkamlashga yo‘naltirilgan bo‘ladi.
«Mashqlar, amaliy va mustaqil ishlar bilimlarni mustahkamlashning asosiy vositasi hisoblanadi.
Shu sababli mustahkamlash darslarining tarkibi taxminan quyidagicha bo‘lishi mumkin: 1) Dars
808
10
maqsadini qo‘yish; 2) Uy vazifasini tekshirish va o‘rganilgan materialni mashqlar, amaliy,
laboratoriya ishlari va mustaqil ishlar yordamida mustahkamlash; 3) Darsni yakunlash va uyga
vazifa berish».
Boshlang‘ich sinf o‘quvchisini berilgan to‘plam elementlaridan to‘plam ostilarni tuzishga doir
topshiriqlar bilan tanishtirib borish orqali ularda mustaqil fikrlash ko‘nikmasi tarkib topishi,
kombinatorik mazmundagi topshiriqlarni to‘g‘ri va to‘liq bajarish malakasi hosil bo‘lishini tajriba
ko‘rsatmoqda. I sinf o‘quvchisiga stol ustidagi 3 ta «Damas», «Tiko», «Neksiya» o‘yinchoq
mashinadan 2 tasini ajratib olishini so‘raganda, o‘quvchi turli variantlarni ko‘rsatadi: 1) «Tiko»,
«Damas»; 2) «Tiko», «Neksiya»; 3) «Damas», «Neksiya». To‘rtta turli xil rangdagi (sariq, yashil,
qizil, ko‘k) kubchalardan 2 ta kubchani ajratish so‘ralsa, o‘quvchi amaliy tarzda kubchalarni
ajratib ko‘rsatadi. Bunday o‘quv topshiriqlari o‘quvchini berilgan to‘plam elementlaridan ma’lum
qonuniyatga asoslangan to‘plam ostilarni ajrata bilishga o‘rgatadi.
O‘quvchilar xotirasiga mo‘ljallangan mustaqil ishlar ham ko‘nikma, malakalarni rivojlantirish
omilidir. Ular ham o‘quv topshiriqlari vositasida tashkil etiladi. Mustaqil ish to‘g‘risida quyidagicha
bilimlarni qayd etamiz: mustaqil ish ham o‘quv topshirig‘i asosida o‘tkaziladi; mustaqil ishni
bajarish talabini o‘qituvchi qo‘yadi; o‘quvchilar o‘qituvchi talabiga javob qaytarish uchun o‘z
faoliyatlarini tashkil etib, boshqarishadi; erishilgan natija o‘quvchining shaxsiy– induvidual
xatti-harakati mahsuli sifatida hosil bo‘ladi va faoliyatda saqlanadi.
Ma’lumotlari yetishmaydigan va ma’lumotlari ortiqcha bo‘lgan masala topshiriqlar boshlang‘ich
sinf matematika darsliklarida nihoyatda oz keltirilgan. II sinf matematika darsligida 1 ta shartida
ortiqcha ma’lumotli masala-topshiriq, III sinf matematika darsligida 9 ta shartida ma’lumotlar
yetishmaydigan masala topshiriq berilgan. Bu darsliklardagi o‘quv topshiriqlarining 0,2% ini
tashkil etadi. Tajriba va kuzatishlar shuni ko‘rsatadiki, oxirgi yillarda nashr etilgan darsliklarda
ma’lumotlari yetishmaydigan va ma’lumotlari ortiqcha bo‘lgan masala topshiriqlarning deyarli
kiritilmaganligi va matematika ta’limi jarayonida o‘qituvchilarning bunday mazmundagi o‘quv
topshiriqlari bilan o‘quvchilarni tanishtirmayotganligi amaliyotda uchrayotgan bu ko‘rinishdagi
masalatopshiriqlarni bajarishda o‘quvchilarning qiyinchiliklarga duch kelishlariga sabab
bo‘lmoqda. Albatta, bunday masalalar o‘quvchi fikrini charxlaydi, mantiqiy mulohaza yuritish
ko‘nikmasini tarkib toptiradi, masala matni to‘liq bo‘lishi uchun
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati
1. Karimov I.A. Ona yurtimiz baxtu-iqboli va buyuk kelajagi yo‘lida xizmat qilish – eng
oliy saodatdir. T: O‘zbekiston, 2015.
2. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining kompyuter va axborot texnologiyalarni
rivojlantirish, “Internet”ning xalqaro axborot tizimlariga keng kirib borishini ta’minlash dasturini
ishlab chiqishni tashkil etish chora tadbirlari to‘g‘risida”gi 2001-yil 23-maydagi 2001-2005
yillarda 230-sonli qarori.
3. Qomusiy lug‘at M,: 1979. 201-b.
4. Ravshanov O Axborot texnologiyaari afzalliklari // Boshlang‘ich ta’lim.─Toshkent, 2008.
─№ 6. ─ B 14-15 - bet.
809
Do'stlaringiz bilan baham: |