10
BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARINING OG‘ZAKI BAYONINING O‘SISHIDA
O‘QITUVCHINING O‘RNI
Yangiboyeva Komilaxon Abdulazizovna
Farg‘ona viloyati Bag‘dod tumani
39- umumiy o‘rta ta’lim maktabi boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi.
Annotasiya: Ushbu maqolada bilimlarning poydevori beriladigan davrdan boshlab o‘quvchilarni
keng fikrlashga,so‘z boyligini kengayishiga,so‘zlardan o‘rinli foydalanishga,so‘zlarni ma’nosini
tushunib uni og‘zaki bayon qilishga o‘rgatish haqida so‘z boradi.
Kalit so‘zlar: Og‘zaki bayon, nutq, mexanik xotira, mantiqiy xotira.
O‘zbekiston respublikasi mustaqillikka erishgandan buyon ulkan islohatlar va taraqqiyot
bosqichini bosib o‘tdi. XXI asr yoshlarini har tomonlama rivojlangan, yetuk,dunyoviy fikr
yuritadigan,bilimli,barkamol shaxs qilib,jahon ta’lim standartlariga mos ravishda tarbiyalash
dolzarb vazifalardan biridir.
Ona Vatanimizning kelajagi,xalqimiz,mamlakatimizning intellectual salohiyatiga, aql-
zakovatiga, milliy ta’lim – tarbiya tizimini jahon andozalari asosida takomillashtirishga, ta’lim
tizimini yangi zamonaviy pedagogic texnologiyalar asosida tashkil qilishga, kadrlar tayyorlashga
bevosita bog‘liq. Hozirgi kunda yangicha fikrlaydigan,zamonaviy bilimlarga ega bo‘lgan
barkamol, teran fikrli, tashkilotchi va zukko shaxslarga ega bo‘lish uchun avvalo ta’lim –tarbiya
beruvchilar tizimining o‘zishu xislatlarga ega bo‘lishi lozim.
O‘quv materiallarini o‘qituvchi og‘zaki bayonqilish metodi maktab ta’limi tizimida eng ko‘p
qo‘llaniladigan metodlardan biri bo‘lib hisoblanadi. Og‘zaki bayon qilish metodlarining asosiy
ifoda vositasi so‘zdir.O‘qituvchi mavzuni og‘zaki bayon qilar ekan,uning nutqi:
1)Jonli. 2)Obrazli. 3)Ravon. 4)Erkin. 5)Ifodali.6)Emosional bo‘lishi kekak.
Boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining nutqida stilistik, grammatik va fonetik nuqsonlarning
bo‘masligi,so‘z va iboralarni o‘rinli qo‘llash, nutqi tushunarli,ixcham,aniq,sodda,o‘quvchilarni
ng yoshiga mos bo‘lishi kerak. Agar o‘qituvchi shularga ahamiyat bersa,o‘quvchilar berilgan
materialni yaxshi o‘zlashtiradilar va og‘zaki nutqdachiroyli bayon qiladilar.
Boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi :
1. Aniq va ravon gapirishi
2. Pauzalarga rioya qilishi
3. Intonasiyaga ahamiyat berishi
4. Urg‘uga ahamiyat berishi
5. Nutqida so‘zlarni joida ishlatishi
6. Nutqida badiiy so‘zlarni to‘g‘ri ishlatish
7. Madaniyatli nutqga ega bo‘lishi lozim
1-sinfdan 4-sinfgacha boshlang‘ich sinflarda bitta o‘qituvchi rahbarlik qiladi. Sinfda 25 nafar
o‘quvchi bo‘lsa, shularga ayol ustoz bo‘lsa, onadek, yoki erkak ustoz bo‘lsa, otadek bo‘lib qoladi.
Shuning uchun ham o‘quvchining har birini xarakterini, ularning qobilyatini, intizomini, darslarni
o‘zlashtirish darajasini biladi. Shunga qarab dars o‘tadi.
O‘quv faoliyati boladan o‘tilgan o‘quv materiallarini esda saqlab qolishni talab etadi.O‘qituvchi
o‘quvchilarga nimani eslab qolish kerakligi haqida ko‘rsatma beradi.
O‘qituvchining nutqi tushunarli bo‘lsa, o‘quvchilarni o‘ziga tortadigan jozibaga ega bo‘lsa,
o‘quvchilar ham shunday aniq, obrazli, ifodali gapirishga harakat qilishadi.
Bolalar nutqining o‘sishida ularning maktabdagi o‘qish faoliyati ayniqsa, kata ro‘l o‘ynaydi.
Bola maktabga kelmasidan oldin o‘zi qanday gapirayotgani ustida o‘ylab o‘tirmasdan, o‘z nutqi-
dan faqat aloqa va bilish vositasi tariqasida foydalaniladi.Maktabda esa bola gaplashayotgan til
o‘qitiladigan va o‘rganiladigan fan bo‘lib qoladi.Maktabda o‘qiyotgan bola o‘z ona tilining gram-
matikasi bilan shug‘ullanishi natijasida, o‘z nutqini grammatika qoidalariga muvofiqongli rav-
ishda tuzishni o‘rganadi.
Boshlang‘ich sinflarda o‘qituvchi aytgan narsalarni, ma’lumotlarni o‘quvchilar ma’nosiga tus-
hunib esda qoldirish qobilyati o‘sib boradi.Bora-bora material hajmi kengayib boradi va tushunish
murakkablashadi.Ba’zan esa mazmuni tushunarli bo‘lgan materialni ham ma’nosiga e’tibor ber-
masdan, mehanik ravishda o‘rganib oladilar va bayon qiladilar.
694
10
O‘zbek psixolog olimi E.G‘.G‘oziyevning fikriga ko‘ra,buning sabablari quyidagilar: 1.Ularn-
ing mehanik xotirasi boshqa xotira turlariga qaraganda yaxshiroq rivojlangani uchun ham
ma’lumotlarni aynan, o‘zgarishsiz eslab qolish imkonini beradi.
2. O‘quvchilar o‘qituvchi qo‘ygan vazifani anglab yetmaydilar,natijada uning “to‘g‘ri
tushuntirib ber” degan talabini so‘zma-so‘z takrorlash deb biladilar.
3. Ularning nutq boyligini yetishmasligi materialni ijodiy to‘ldirish,unga qo‘shimcha qo‘shish
imkoniyati yo‘qligi uni so‘zma-so‘z qaytarishni osonlashtiradi.
4. O‘quvchilar matnni to‘g‘ri usullar bilan eslab qolishni bilmaydilar.
Mexanik esda qoldirish ko‘pincha o‘qituvchilar o‘quvchilarda mantiqiy xotirani o‘stirishga
yetarli e’tibor bermagan hollarda bo‘ladi.
Ta’lim jarayonida o‘quv materialining ma’nosini, mohiyatini,turli mulohazalarni,dalillarni, ilmiy
asoslarni eslab qolish va esga tushirish orqali o‘quvchilarda mantiqiy xotira takomillashadi. Shun-
ing uchun ham boshlang‘ich sinflarda o‘qituvchi har bir darsga puxta tayyorgarlik ko‘rishi,darsiga
ko‘rgazmali qurollar tayyorlashi,texnik vositalardan unumli foydalanishi o‘quvchilarning og‘zaki
bayon qilishining o‘sishiga yordam beradi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Yo. N. Rasulova. “Pedagogika fanidan Didaktika qismidan ma’ruzalar”. Toshkent-2001.
2. “Boshlang‘ich ta’lim “jurnali.2015.
3. F.Xaydarov.N.Xalilova. “Umumiy psixologiya “.Toshkent -2019.
695
Do'stlaringiz bilan baham: |