Масъул муҳаррир


BOSHLANG‘ICH SINFLARNI O‘QITISHDA ZAMONAVIY PEDAGOGIK



Download 7,57 Mb.
Pdf ko'rish
bet461/584
Sana22.02.2022
Hajmi7,57 Mb.
#82747
1   ...   457   458   459   460   461   462   463   464   ...   584
Bog'liq
10.Pedagogika yonalishi

10
BOSHLANG‘ICH SINFLARNI O‘QITISHDA ZAMONAVIY PEDAGOGIK 
TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISH SAMARADORLIGI
Valiyeva Nigora Abduxamedovna
Toshkent shahri Yunusobot tumani
21-maktab boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi
Annotatsiya: Zamonaviy sharoitda o‘quvchilarning o‘quv-bilish faolliklarini kuchaytirish, 
o‘qitish sifatini oshirish va samaradorligini yaxshilash maqsadida innovatsion xarakterga ega 
ta’lim shakllaridan foydalanish maqsadga muvofiqdir. Bugungi kunda amaliy o‘yinlar, muammoli 
o‘qitish, interfaol ta’lim, modul-kredit tizimi, masofali o‘qitish, blended learning (aralash o‘qitish)
va mahorat darslari ta’limning innovatsion shakllari sifatida e’tirof etilmoqda.
Kalit so‘zlar: pedagogik texnologiyalar, interfaol ta’lim, didaktik o‘yin, sinov darslari, 
muommoli ta’lim.
Pedagogik texnologiya o‘quvchiga ta’lim jarayonining subyekti — faol ishtirokchisi, 
o‘qituvchiga jarayonning tashkilotchisi, boshqaruvchisi sifatida qarashni talab etadi. Pedagogik 
texnologiyalar bo‘yicha o‘qitishda butun o‘quv vaziyati boshqaruv obyekti sanaladi. Ta’limni 
boshqarish maqsadli bo‘lib, o‘quvchining ma’naviytini yuksaltiradi. Ta’lim jarayoni demokratik, 
rag‘bat lantiruvchi uslubda tashkil etiladi. O‘quvchining shaxsiy tashabbusini qo‘llab-quvvatlash, 
o‘qituvchi shaxsining ochiqligi, ularning hamkorligi o‘zaro ishonchli munosabatni yuzaga 
keltiradi. Pedagogik texnologiya o‘ziga xos tamoyillarga ega:— muayyan dars, mavzu, qism, 
o‘quv predmetidan kutilgan asosiy maqsadni shakllantirib olish; — umumiy maqsaddan kelib 
chiqib, darsni yoki o‘quv predmetini modullarga ajratib, har bir moduldan kutilgan maqsadni va 
modullar ichida hal qilinishi lozim bo‘lgan masalalar tizimini aniqlab olish; — modul ichida 
yechiladigan masalalarning har biri bo‘yicha test savollarini tuzib chiqish; — maqsadga yetish 
usullari tanlanib, ularni ishlatadigan aniq joylarni belgilab olish;
— dars qismlari orasidagi zaruriy bog‘liqlikka va fanlararo aloqalarga alohida e’tibor qaratish. 
Yangi pedagogik texnologiyalarga oid adabiyot va maqolalarda bir qator innovatsion o‘qitish 
usullari haqida so‘z yuritilmoqda. Shulardan modulli ta’lim texnologiyasini tahlil qilamiz. 
Bu o‘quvchilarda darslik, ilmiy-ommabop va qo‘shim cha adabiyotlar bilan mustaqil ishlash 
ko‘nikmalari, ijodiy va mustaqil fikrlashni rivojlantiradi. Hamkorlikda o‘qitish texnologiyasining 
asosiy g‘oyasi o‘quv topshiriqlarini birgalikda bajarish emas, balki o‘quvchilarni hamkorlikda 
o‘qishga o‘rgatish, ular o‘rtasida o‘zaro yordam va fikr almashinuvini vujudga keltirish. 
Muammoli ta’lim texnologiyasi. Muammoli vaziyat yaratish, savollar qo‘yish, masalalar va 
topshiriqlarni taklif qilish, muhokama uyushtirish va xulosaning to‘g‘riligini tasdiqlashdir. 
Interfaol metod texnologiyasi. O‘quvchilarning ijodkorligiga tayanish, darsda erkin bahs-
munozara sharoitini tug‘dirishga qaratilgan. Buning uchun sinf kichik guruhlarga bo‘linadi va 
dars davomida shu guruhlar bilan ishlanadi.
Didaktik o‘yinlar texnologiyasi. Darsda turli didaktik o‘yinlarni qo‘llash orqali jonlanish, faol 
harakat va qiziqish uyg‘otish.
Sinov darslari. O‘quvchilarning muayyan bilim va ko‘nikmalarini test topshiriqlari yoki 
nazorat varaqlari orqali sinash maqsadida o‘tkaziladigan darslar.
O‘yinlar vositasida o‘quvchilarga yangi bilim berish, ko‘nikma hosil qilish, kichik guruh 
a’zolarining ijodiy qobiliyatini rag‘batlantirish mumkin. O‘yinlar maqsadiga ko‘ra, 7 turga 
ajratiladi:
1. Guruh bo‘lib ishlashga qaratilgan o‘yinlar guruh a’zolarining o‘zaro tanishishiga yordam 
beradi, guruh bo‘lib ishlash ishtiyoqini tug‘diradi, a’zolarning o‘zini erkin his etishlarini 
ta’minlaydi.
2. Umumiy qiziqishlarni aniqlashga yo‘naltirilgan o‘yinlar guruh a’zolarining ichki munosabatini 
tez tiklashga yordam beradi. Guruhning yangi a’zolari (o‘quvchilar) sharoitga moslashishiga
yordam beradi.
3. Guruhning birligini qo‘llab-quvvatlovchi o‘yinlar o‘zaro munosabat o‘rnatishga yordam 
beradi, birlik, jipslikni mustahkamlaydi.
4. O‘zaro bog‘lovchi o‘yinlar bir mavzudan ikkinchi mavzuga yengillik bilan, tabiiy o‘tishni 
ta’minlaydi. Turli tushunchalarni o‘zaro bog‘lash uchun xizmat qiladi.


664
10
5. Rag‘batlantiruvchi o‘yinlar guruh bo‘lib ishlashga rag‘batlantiradi, murakkab mavzularni 
muhokama qilishga yordam beradi.
6. Ijodkorlikni rag‘batlantiruvchi o‘yinlar ta’limda innovatsion metodlarni qo‘l lashga yordam 
beradi, o‘yin qatnashchilari o‘zlarining yangi qirralarini kashf etadi, yangilikni qabul qilish 
ko‘nikmasi shakllanadi.
7. Yakunlovchi o‘yinlar katta mavzularni o‘rganishni yakunlash, egallangan bilim va 
ko‘nikmalarni mustahkamlashga yordam beradi, ta’limning innovatsion metodlarini baholash va 
unga munosabat bildirishga o‘rgatadi.
Ta’lim jarayonida qo‘llangan har bir o‘yin yakunida o‘qituvchining sharhiga vaqt ajratiladi. 
Bunda u yoki bu o‘yin guruh a’zolari tomonidan qanday qabul qilingani, guruhda qanday g‘oyalar 
tug‘dirganini sharhlashga e’tibor beriladi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. G‘afforova T., Nurillayeva Sh., Haydarova O. Boshlang‘ich sinflar uchun ona tili va 
o‘qishdan didaktik materiallar. Toshkent. 2004.14-b. 
2. Qosimova K, Matchonov S, G‘ulomov X, Yo‘ldosheva Sh, Sariyev Sh. Ona tili o‘qitish 
metodikasi. – Toshkent: “Nosir”, 2009. – 352 bet.
3. “Pedagogik mahorat” A.Xoliqov Toshkent 2011


665

Download 7,57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   457   458   459   460   461   462   463   464   ...   584




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish