Масъул муҳаррир


UMUMTA’LIM MAKTABLARIDA MILLIY HARAKATLI O‘YINLARNING



Download 7,57 Mb.
Pdf ko'rish
bet354/584
Sana22.02.2022
Hajmi7,57 Mb.
#82747
1   ...   350   351   352   353   354   355   356   357   ...   584
Bog'liq
10.Pedagogika yonalishi

10
UMUMTA’LIM MAKTABLARIDA MILLIY HARAKATLI O‘YINLARNING 
IJTIMOIY-PEDAGOGIK ASOSLARI
Najmiddinova Zamira 
Namangan viloyati Namangan shahar
18-maktabning Jismoniy tarbiya o‘qituvchisi
Annotatsiya: Maqolada milliy harakatli o‘yinlar orqali bolalar nutqini o‘stirishda ularning aqliy 
estetik va emotsional holatlari ko‘rib chiqilgan. Shuningdek, ijtimoiy pedagogik xususiyatlari va 
uni takomillashtirishning muammo va yechimlari yoritilgan.
Kalit so‘zlar. Jismoniy mashqlar, milliy harakatli o‘yinlar, tarbiya turlari, emotsional holatlar, 
ommaviy axborot vositalari.
Jahondagi barcha davlatlar, xalqlar, eng avvalo, salomatlikni saqlash, jismonan baquvvat bo‘lish, 
uzoq umr ko‘rish va ular bilan bog‘liq ijtimoiy-iqtisodiy hamda umummadaniy jarayonlarga jiddiy 
e’tibor bilan qarashadi. Bu tabiiy bir holdir.
Salomatlikni yaxshilash va jismoniy barkamollikni yuksaltirishda harakatli va xalq milliy 
o‘yinlarining xususiyatlari, fazilatlari va tarbiyaviy mohiyati muhim ahamiyatga ega.
Shu bois pedagogik ta’limning muhim bosqichlaridan biri – jismoniy tarbiya hisoblansa, uning 
zamirida xilma-xil mashqlar sport turlari, sayohatlar, tabiatning sog‘lomlashtiruvchi (quyosh, 
suv, havo, gigiyenik talablar) omillari qatorida harakatli o‘yinlar mustahkam o‘rin egallaydi.
Bolaning o‘sishi va rivojlanishi bilan o‘yinlarning mazmuni o‘zgaradi: o‘yin faoliyati dastlabki 
bosqichlarda oddiy xarakterda bo‘lsa, keyinchalik u boyib boradi.
Iqtisodiyotda va mehnat jarayonidagi o‘zgarishlar o‘yinlarning mazmuniga ta’sir ko‘rsatadi. 
Bunda eski o‘yinlar qayta ishlab chiqiladi va yangilari paydo bo‘ladi. 
Harakatli o‘yinlarning mazmuni va tarbiyaviy jihatlarini hisobga olgan holda ularni quyidagi 
guruhlarga ajratish mumkin:
1. Jamoaviy o‘yinlar.
2. Umumiy ishtirokchilar o‘yini.
3. Yolg‘iz (yakka) tartibdagi o‘yinlar.
Onglilik, ko‘rish, eshitish, his etish kabi tuyg‘ularni rivojlantirishga xizmat qiladigan o‘yinlar 
bugun ko‘pchilikni tashkil etadi. Masalan, tunda oy yorug‘ida “Oq suyak” o‘yinini yoshlar va 
katta yoshdagi kishilar aralashib o‘ynashgan. Bunda ko‘z yumuq holda uzoqqa otilgan suyakning 
yerga tushishini eshitish, his etish talab etiladi. Suyakni topib manzilga yetkazishda tezlik
epchillik va kuch zarur bo‘ladi. Chunki suyakni raqiblar tortib olishi mumkin.
“Ovchilar”, “G‘ozlar”, “Kartoshka ekish”, turli estafetali o‘yinlarda hatto harakatlar yugurish, 
yiqilishlar, to‘p tushirib qo‘yish va uni ushlab olish kabi holatlar raqiblarning zavqini oshirsa, 
jamoa a’zolarining jahlini qo‘zg‘aydi. Tomoshabinlarda esa ko‘tarinki kayfiyatni yuzaga 
keltiradi. “Oq terakmi, ko‘k terak”, “G‘ozlar” kabi o‘yinlardagi qo‘shiq, she’rlarning kuylanishi 
va aytilishi o‘yinchilarda nutqni o‘stirish, tomoq yo‘llarini chiniqtirishda o‘ziga xos tarbiyaviy 
jihatlar kasb etadi.
Ko‘rgazmali, ya’ni didaktik tamoyillar (prinsip) va usullar, harakatli o‘yinlarni o‘rganish, 
ularni o‘tkazishda ko‘p qo‘llaniladi. Maydon yoki o‘yin joylarini chizib ko‘rsatish, qoidalarni 
qo‘llar bilan ifodalash, o‘yinchilarning texnik harakatlarini chizishda (rasm-sxema) ifodalashlar 
muhim ahamiyatga ega. Jadvallar, chizmalar (sxema), slaydlar, videotasvirlar va boshqa texnik 
vositalardan foydalanishda harakatli o‘yinlarning ijrosi to‘liq aks ettiriladi. Bu holatlarni bo‘lajak 
jismoniy tarbiya o‘qituvchilari izchil va mukammal egallashlari lozim bo‘ladi.
O‘yinlarning ijtimoiy-pedagogik xususiyatlarini mazmuniy jihatdan o‘rganish va tahlil qilish 
ularni o‘quvchi-yoshlar, talabalar va katta yoshdagi kishilar o‘rtasida tashkil qilishda ana shu 
maqsadlarni belgilab beradi. 
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Usmonxo‘jayev T.S., Xo‘jayev.F. Harakatli o‘yinlar. – T., 1992. 2. Usmonxo‘jayev T.S, 
Meliyev X. Milliy harakatli o‘yinlar. – T., 2000.3. Xo‘jaev F, Raximqulov K.D, Nigmanov B.B. 
Sport va harakatli o‘yinlar va o‘qitish metodikasi. Elektron versiya, 2008.


505

Download 7,57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   350   351   352   353   354   355   356   357   ...   584




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish