10
BOSHLANG‘ICH SINFDA ZAMONAVIY TA’LIM METODLARI ASOSIDA
O‘QITISHNING IJOBIY SAMARALARI
Avlayarova Gulbahor
Qashqadaryo viloyati Yakkabog‘ tumani
61-maktab boshlang‘ich sinf o‘quvchisi
Annotatsiya: Bugungi kun talabidan kelib chiqqan holda ta’limni innovatsion rivojlantirish
maqsadida boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini o‘qitishda zamonaviy ta’lim metodlaridan foydalanish
haqida tavsiyalar berilgan.
Kalit so‘zlar: matn, mantiqiy, nasriy, badiiy, qahramon, intonatsiya, ohang, xotira, hikoya,
metod, diqqat, tafakkur.
Boshlang‘ich ta’lim bu –o‘quvchining hayotni bilish, o‘rganish, tadqiq etish bilimining
poydevoridir. Shu nuqtayi nazardan olib qarasak, boshlang‘ich ta’limning ahamiyati benihoya
ustun. Ya’ni o‘quvchini o‘qitish emas o‘qishga o‘rgatish muhim masaladir. Birinchi sinf
o‘quvchilariga alifboni o‘rgatish davomida shuni kuzatish mumkinki, asosiy zehnli bolalar
kitobni yod olib qo‘yishadi. Ko‘pincha ota-ona yoki ustozlar bundan xavotir olishadi ko‘r-
ko‘rona o‘qiyapti deb. Aslida bolaning xotirasi kuchli ekanligi va kelajakda katta yutuqlarga ega
bo‘ladigan bolalar shunday qilishadi. Bu ham bir iqtidorning ko‘rinishi. Bunday vaziyatda bola
bilan ishlash, uni to‘g‘ri yo‘naltirish o‘qituvchining vazifasidir. O‘tmishdan bizga ma’lumki,
Imom al-Buxoriy minglab hadislarni yoddan bilgan,ya’ni ustozlarini diqqat bilan eshitib
hadislarni yod olib qolgan. Alisher Navoiy esa kichik maktab yoshidanoq Fariduddin Attorning
“Mantiq-ut tayr” asarini sevib o‘qib, ota-onasi yoshiga munosib emas deb olib qo‘yishganda,
yod olganligini xotirasida muhrlanib qolganligini bundan o‘zi benihoya xursand bo‘lganligini
eslab o‘tishimiz mumkin.
Boshlang‘ich ta’lim tizimida mantiqiy o‘qish, ya’ni matnni to‘g‘ri, tushunib, tez-me’yorida
o‘qish, va adabiy o‘qish mukammal o‘zlashtirilganidan so‘ng ifodali o‘qishga o‘tiladi. Bu yod
olingan she’riy asarlarni ifodali o‘qishni ham o‘z ichiga oladi. Ifodali o‘qishning muvaffaqiyati
o‘quvchilarning asar mazmuni, g‘oyaviy-badiiy hususiyatlari haqida muayyan tushunchaga ega
bo‘lishi bilan bog‘liq. Ohang va intonatsiya she’riy asarlarni ifodali o‘qishda qay darajada muhim
bo‘lsa, nasriy asarlarni o‘qishda ham muhim talablardan biridir. Nasriy asarlarni ifodali o‘qishdan
oldin unda qanday g‘oya ilgari surilayotganini aniqlash zarur. Masalan, 4-sinfda Normurod
Norqobilning «Xarita» hikoyasini ifodali o‘qishdan oldin o‘quvchilarga O‘zingizni qayerda eng
xotirjam xis qilasiz? Vatan deganda nimani tushunasiz? Kabi savollar beriladi? O‘quvchi o‘z
tushunchalarini bayon etadi. Asarni o‘qish jarayonida xis qilishadi. O‘quvchiga asarlardan xulosani
mustaqil chiqarishga o‘rgatish zarur. O‘qituvchi ularning fikrlashini nazorat qilishi, noto‘g‘ri izoh
berishganda ham urushmasligi va qayta o‘qishni taklif qilishi zarur. Sinfda 20 tadan 30 tagacha
ba’zi hollarda undan ko‘p o‘quvchilarni o‘qitish mumkin. Barcha bola indivudial xususiyatga,
psixik ruhga va oilaviy muhitga ega. Bularning barchasi fikrlash, tushunish qobiliyatida va xulosa
qilish jarayonida namoyon bo‘ladi. O‘qituvchining ijodkorligi, mahorati tufayli o‘quvchi ongining
shakllanishi, hayotsevarligi, vaziyatga to‘g‘ri baho berishi rivojlanadi. Ifodali o‘qish oldiga
qo‘yilgan bu talab M. Abdurashidxonovning «Har kim ekkanin o‘rar», Sh.Sa’dullaning «Laqma
it», A.Oripovning «Dehqonbobo va o‘n uch bolakay qissasi» kabi she’riy hikoyalarini o‘qishga
ham xosdir. Badiiy o‘qish ifodali o‘qishning yuksak bosqichi hisoblanadi. Unda so‘z san’atining
barcha komponentlari ishtirok etadi. U o‘quvchidan asar ruhiga batamom kirishni, san’atkorona
o‘qishni talab etadi. Badiiy o‘qishda asar qahramonlarining ruhiy holati, kechinmalari to‘la
anglab etilgandagina ta’sirchanlikka erishish mumkin. Badiiy o‘qishga tayyorgarlik ko‘rishda
aktyorlarning audio-video tasmalarga yozilgan ijrolaridan foydalanish yaxshi samara beradi.
Izlanish metodi. Bu metod asardagi voqea va tafsilotlar asosida o‘quvchilarga savol-topshiriqlar
tuzishda, qahramonlarga baho berishda keng qo‘llaniladigan usuldir. O‘qish darslarida reproduktiv
metoddan ham foydalaniladi. Masalan, o‘qituvchi dastlabki darslarda o‘zi asar matnini qismlarga
bo‘ladi, yozuvchi yoki shoirning aytmoqchi bo‘lgan muhim fikriga o‘quvchilar diqqatini jalb
qiladi, uni aniqlab ko‘rsatadi, o‘quvchilar bilan birga tasvir vositalariga yuklatilgan ma’noni ochib,
o‘quvchilarga ko‘maklashadi. Bularning bari o‘quvchilar uchun bir ko‘rsatma vazifasini o‘taydi.
Shundan so‘ng o‘quvchilar o‘qituvchining ko‘rsatmalari yordamida yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan
350
10
vazifalarni o‘zlari mustaqil ravishda bajaradilar. Yuqorida ta’kidlangan metodlardan tashqari,
boshlang‘ich sinf o‘qish darslarida ilg‘or pedagogik texnologiya usullaridan “Fikriy hujum”,
“Yalpi fikriy hujum”, “Fikrlarning shiddatli hujumi”, “6x6x6”, “Aqliy hujum”, “Klaster”, “Qora
quti”, “Beshinchisi (oltinchisi, ettinchisi ...) ortiqcha”, “3/3, (4/4, 5/5...)”, “Rasmlarning joyini
top”, “Qizil va yashil chiroq”, “Videtopishmoq”, “Yumaloqlangan qor” o‘yini, “Zakovatli zukko”,
“Qarama-qarshi munosabat”, “BBB”, “Zig-zag”, “Venn diagrammasi”, “Insert”, “Juftlikda ishla”,
“O‘zaro (bir-birini ) o‘qitish”, “O‘zaro savol-javob”, “Sinkveyn”, “Uch pog‘onali intervyu”,
“Arra”, “Mo‘jizalar maydoni”, kabilardan foydalanish yaxshi samara beradi.
Sinkveyn namunasi: “Xarita” hikoyasi uchun. O‘quvchida sinkveyn yozish natijasida fikrlarni
jamlash, umumlashtirish, xulosalash kabi tafakkuri rivojlanadi.
1. Vatanim
2. Vatan –bebaho
3. Vatanni sevmoq- iymondandir.
4. Vatanimning tinchligi uchun jonim fido.
5. Faxrim
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. G‘afforova T., Nurillayeva Sh., Haydarova O. Boshlang‘ich sinflar uchun ona tili va
o‘qishdan didaktik materiallar. Toshkent. 2004.14-b.
2. Qosimova K, Matchonov S, G‘ulomov X, Yo‘ldosheva Sh, Sariev Sh. Ona tili o‘qitish
metodikasi. – Toshkent: “Nosir”, 2009. – 352 bet.
3.Umumiy o‘rta ta’lim maktablari uchun 4-sinf O‘qish kitobi. T-2017.
351
Do'stlaringiz bilan baham: |