10
BADIIY ASARNI TAHLIL QILISH KOMPETENTSIYASINI SHAKLLANTIRISH
YO‘LLARI
Sulaymonova Matluba Kursamurodovna
Sirdaryo viloyati Xovos tumani
5- umumta’lim maktabi boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi
Telefon: +99891 622 28 17
Annotatsiya. Mazkur maqolada boshlang‘ich sinf o‘qish darslarida badiiy asarni tahlil qilish
kompetensiyasini shakllantirish yo‘nalishlari tahlil qilingan.
Kalit so‘zlar: davlat ta’lim standarti, o‘qish, badiiy asar, kompetensiya.
Badiiy asarni tahlil qilish kompetentsiyasidagi birinchi talab matndagi so‘z va gaplarning
ma’nolarini tushuna oladi deb berilgan. Buni amalga oshirishda lug‘at ustida ishlash
yo‘nalishlaridan foydalanamiz:
Asar mazmunidan ta’sirlana oladi kompetensiyasini shakllantirishda bolalarda hikoyadan
ta’sirlanish jarayoni ”Chana” hikoyasida qahramonlarga bo‘lgan munosabatni ko‘rsata olishi
bilan baholaymiz.
O‘rganilgan asarlarning nomi, muallifi, mazmuni va qahramonlarini ajrata oladi
kompetensiyasida 4-sinf o‘qish fanidan ” Xatarli uchrashuv” Primqul Qodirov, mazmuni: Urush
vaqti edi. Biz Turkiston tizma tog‘ining etagida, shahardan yigirma besh chaqirim naridagi
kichkina qishloqda turar edik.Harbiy xizmatdagi akamning xotini qish kunlarida qattiq betob
bo‘lib qoldi-yu,shahardan oyimni chaqirib keling ,deb iltimos qildi.
U vaqtda mashina juda kam, ot-ulov xo‘jalik ishi bilan band edi. Men piyoda yo‘lga chiqdim.
Ancha yo‘l yurdim.Yog‘ib turgan qor pardasi ortidan uch-to‘rt g‘amgin chordevorlar ko‘rindi.
Ulardan narida qurib qolgan bir hovuz ham bor edi. Shunga yetsam yo‘lning yarmi qoladi… ;
Bu bilan bir qatorda “Matn tahlili” metodi asosida tahlil qilish ham mumkin:
Asar qahramonlariga munosabat bildira oladi kompetensiyasi bo‘yicha o‘quvchilar 3-sinf
”Tabiat bilan suhbat” ertagida tabiat hodisalarining tortishuvi va inson do‘stlik eng qudratli
ekanligini aytganligini muhokama qila oladi.
O‘qilgan asar mazmuniga doir savol va topshiriqlarga javob bera oladi kompetensiyasini
shakllantirishda 3-sinf “O‘qish” fanidan “Barakalla bo‘tam” hikoyasi asosidagi quyidagi savollarga
javob bera oladi:
1.Oila a’zolari nima haqda suhbat qilishdi?
2.Siz o‘rtog‘ingizga nima sovg‘a qilgansiz?
3.Sizga qanday sovg‘alar yoqadi?
Boshlang‘ich sinf o‘qish darslarida badiiy asarni tahlil qilish kompetensiyasini shakllantirish
jarayonida multimediadan, interfaol metodlardan, mantiqiy fikrlashga undovchi savol va
220
10
topshiriqlardan unumli foydalanish asosida o‘quvchilarda fanga oid kompetensiyalarni
shakllantirish imkonini yuzaga keltiramiz.
Foydalanilgan adabiyotlar
1. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 6-apreldagi “Umumiy o‘rta
va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limining davlat ta’lim standartlarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi №
187-sonli Qarori.
2. Umarova M va b. 3-sinf o‘qish darsligi T-2019.
3. Matchon S va b . 4-sinf o‘qish darsligi T-2017.
221
Do'stlaringiz bilan baham: |