Масъул муҳаррир



Download 7,57 Mb.
Pdf ko'rish
bet93/584
Sana22.02.2022
Hajmi7,57 Mb.
#82747
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   584
Bog'liq
10.Pedagogika yonalishi

TA’LIMDA QO‘LLANILISHI
Sapayeva Intizor Abdullayevna
Хоrazm Viloyati, Хоzarasp tumani
 27-son maktab o‘qituvchisi, 
 gulim_1969@mail.ru 94 1159635
Annotatsiya: ushbu maqolada ta’lim texnologiyasining nazariy asoslarini boshlang‘ich 
ta’limda qo‘llanilishi va shu bilan birgalikda hamkorlikda o‘qitish mashg‘ulotlarining asosiy 
jarayonlari haqida yozilgandir. 
Kalit so‘zlar: hamkorlik texnologiyasi, konseptual g‘oya, pedagogik faoliyat, kasbiy 
muammolar, strategiya, yaxlit, o‘quv material, tizimlashtirish, didaktik parametrlari, tyutorlik.
Ta’lim jarayoni ta’lim texnologiyasining asosini tashkil etadi. hamda ta’lim maqsadi, 
ta’lim mazmuni, o‘quvchi, ta’lim shakli, metod, vositalari va ta’lim beruvchi kabi unsurlardan 
iborat tizim sifatida namoyon bo‘ladi. Tarkibiy unsurlar o‘zaro birlik va aloqadorlikda ta’lim 
jarayonining umumiy mohiyatini yoritishga xizmat qiladi.
Ta’lim texnologiyasining funksional tuzilmasi bevosita ta’lim jarayonining mohiyatini 
to‘laqonli yoritishga xizmat qiladi. Ya’ni, ushbu tuzilma o‘zida ta’lim jarayonining umumiy 
ko‘rinishi (tashkiliy shakli va ichki mohiyati), obrazini ifoda etadi.
Ta’lim texnologiyasining funksional tuzilmasini tasvir orqali quyidagicha aks ettirishga 
harakat qildik. Ijtimoiy raqobat mavjud bo‘lgan sharoitda mo‘tadil faoliyat yurtish, raqobatga 
nisbatan ishchanlik immunitetini hosil qilish manfaatlar to‘qnashuvida «omon» qolish, yuqori 
mavqeiga ega bo‘lish uchun imkoniyat yaratadi. Shu bois o‘quvchilarda ta’lim olish, nazariy va 
amaliy bilimlarni o‘zlashtirishga nisbatan ongli yondashuv hissi qaror topmoqda.
Ta’lim olishga bo‘lgan rag‘bat o‘quvchi hamda o‘qituvchi ishtirokidagi o‘quv-bilish faoliyati 
asosining shakllanishida ham muhim ahamiyat kasb etadi. Yaqin o‘tmishda o‘quvchining ta’lim 
jarayonidagi ishtiroki nazariy bilimlarni qabul qilib oluvchi va o‘zlashtirilgan nazariy bilimlar, 
amaliy ko‘nikmalarni namoyish etuvchi sub’ekt sifatidagi roli bilan kifoyalangan bo‘lsa, ta’lim 
texnologiyasi talablariga ko‘ra o‘quvchi ta’lim jarayonining etakchi sub’ekti, asosiy ijrochisi 
sifatida ko‘rinadi.
Endilikda o‘quvchi o‘qituvchi tomonidan uzatilayotgan axborot (bilim)larni qabul qilmaydi. 
Balki ta’lim beruvchining yo‘llanmasi, ko‘rsatmasiga muvofiq tavsiya etilgan o‘quv manbalari 
bilan mustaqil ravishda tanishish orqali nazariy bilimlarni o‘zlashtiradi, o‘qituvchining nazorati 
ostida amaliy ko‘nikma va malakalarni hosil qiladi. O‘quvchi mustaqil faoliyat yuritish, nazariy 
bilimlarni o‘zlashtirish asosida o‘zida fikrni ilgari surish, dalillar keltirish, o‘z fikrini himoya 
qilish layoqatini tarbiyalay olishi, o‘z-o‘zini tanqid qilish, o‘z-o‘zini baholash sifatlarini qaror 
toptira olishi talab etiladi. Davr talabi o‘quvchini ta’lim jarayonining sust tinglovchisi bo‘lishdan 
faol ishtirokchisiga aylantirishni taqozo etmoqda.
O‘quvchining faoliyat mazmunini to‘laqonli yoritilishida ta’lim shakli, metod va vositalarining 
ahamiyati katta. Zero, ular o‘quvchining imkoniyatlarini yuzaga chiqarish, bilim, ko‘nikma 
va malakalarini aslidek, mavjud darajasida yoritib berish uchun qulay shart-sharoit yaratib 
beradi. O‘z navbatida o‘quvchilarning yosh, psixologik, fiziologik xususiyatlari, bilim darajasi, 
dunyoqarashining ko‘lami hamda ularning faolligi samarali, ilg‘or, noan’anaviy ta’lim shakl, 
metod va vositalarini tanlash, ulardan maqsadga muvofiq foydalanish uchun turtki bo‘ladi.
Boshlang‘ich ta’lim o‘qituvchining samarali faoliyat ko‘rsatishga undovchi darsning metodik 
ishlanmasini puxta ishlab chiqishdan farqli o‘laroq, ta’lim texnologiyasi tinglovchilar faoliyatiga 
nisbatan yo‘naltirilgan bo‘lib, u tinglovchilarning shaxsiy hamda o‘qituvchi bilan birgalikdagi 
faoliyatlarini inobatga olgan holda, o‘quv materiallarini mustaqil o‘zlashtirishlari uchun zarur 
shart-sharoitlarni yaratishga xizmat qiladi.
Ta’lim texnologiyasining markaziy muammosi – o‘quvchini rivojlantirish orqali ta’lim 
maqsadiga erishishni ta’minlashdan iborat. Bundan tashqari hamkorlikda o‘qitish texnologiyasining 
konseptual g‘oyalaridan foydalanishimiz mumkin. Bunda pedagog va o‘quvchi (talaba)larning 
ta’limiy faoliyat jarayonida birgalikda rivojlanishlari, bir-birlarini tushuna olishlari, bir-birlariga 
nisbatan yaqinlikni his qilishlari, faoliyat bosqichlari va ularda erishilgan natijalarni hamkorlikda 


111
10
tahlil qilishdan iborat bo‘lib, ilg‘or, rivojlantiruvchi g‘oyalarni o‘zida aks ettirishi bilan alohida 
ahamiyat kasb etadi.
Hamkorlikda o‘qitish texnologiyalari pedagogik jarayonni takomillashtirish, uni o‘quvchi 
shaxsiga yo‘naltirishga asoslanganligi. Ijodkor shaxsni shakllantirishga yo‘naltirilgan ijodiy 
muhitni yaratish, ta’lim sifati va samaradorligini oshirishga xizmat qilishi.
Hamkorlikda o‘qitish mashg‘ylotlarining asosiy jarayonlari: hamkorlikda fikr almashish, 
suhbat, tahlil, munozara, muzokara, amaliy vazifalar bajarish, biror narsani qurish, yasash 
masalalar echish va boshqalar.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi PF-4947-sonli “O‘zbekiston 
Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi to‘g‘risida ” Farmoni. –T: 
O‘zbekiston Respublikasi qonun xujjatlar to‘plami, 2017 y.,
2. Ishmuhamedov R.J. va b.q. Ta’limda innovason texnologiyalar.-T.:2008.
3. Muslimov N.A. va boshqalar. Innovatsiya ta’lim texnologiyalari.– T.: “Sano standart”, 
2015
4. G.B Аbdiyeva. «Badiiy ijodkorlik va dizayn» Меtodik qo‘llanma-2020.,37 b.
5. Eduportal.uz – хаlq ta’limi vazirligi axborot ta’lim portali.


112

Download 7,57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   584




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish