10
SHARQ ALLOMASI ABU ALI IBN SINONING XALQ O‘YINLARI VA
BADANTARBIYA TO‘G‘RISIDAGI ILMIY FIKR VA QARASHLARI
Alimova Madina Abdixalilovna
Navoiy shahar MTB tasarrufidagi
23-son “Barchinoy” MTT tarbiyachisi.
NDPI pedagogika va psixologiya yo‘nalishi 3-kurs talabasi
Eshqobilova Madina Shuhratovna
23-son “Barchinoy” MTTjismoniy tarbiya yo‘riqchisi.
Telefon: +998919861989
Annotatsiya: Ushbu maqolada sharqning buyuk allomasi, tabib Abu Ali ibn Sinoning sport
o‘yinlari, badantarbiyaning inson salomatligini tiklashda ularning ahamiyati haqida so‘z yuritilgan.
Kalit so‘zlar: Xalq o‘yinlari, badantarbiya, sport.
Buyuk alloma Abu Ali ibn Sino nafaqat mashhur shifokor, faylasuf, shoirgina bo‘lib qolmasdan,
balki xalq o‘yinlariga doir g‘oyat rang-barang nodir meros qoldirgan allomadir. U xalq o‘yinlari
haqida fikr yuritar ekan, ayniqsa badantarbiyaning kishi uchun naqadar katta ahamiyatga ega
ekanligini ham nazariy, ham amaliy jihatdan isbotlab berdi.
Ibn Sino inson organizmini sog‘lomlashtirish va kasallikni davolash nuqtai nazaridan qarab,
xalq o‘yinlaridan biri bo‘lgan badantarbiyani beshta asosiy qismga ajratadi. Jumladan:
1. Tez harakatlar;
2. Nozik va engil harakatlar;
3. Kuchliroq harakatlar;
4. O‘rta kuchli harakatlar;
Gavda uchun maxsus harakatlar. U badantarbiyani tez harakatlar turiga kiritadi, ular asosan,
milliy xalq o‘yinlari yoki ularning ayrim unsurlaridan iborat. Masalan:
- O‘zaro tortilish; - Musht bilan turtishish; - Yoydan o‘q otish; - Tez yurish; - Nayza otish;
- Yuqoridagi bir narsaga irg‘ib osilish; - Bir oyoqda sakrash; - Qilichbozlik; - Nayzabozlik; -
Otda yurish; ikki qo‘lni silkitish, bu vaqtda odam oyoq uchida turib, qo‘llarini oldga va orqaga
cho‘zib, tez harakat qiladi. Olim o‘yin turlari va unsurlarini shunchaki sanab o‘tmasdan, balki xalq
donishmandligi asosida o‘zining kuchli bilimi bilan ularni boyitib, inson kamoloti uchun qaysi
tarzda foydali ekanligini tushuntiradi.
Ulug‘ hakim isitmadan holsizlangan, ko‘krak va qorin to‘sig‘i kasalligidan zaiflashgan
kishilarga, asab tizimining charchashidan kelib chiqqan parishonxotirlik, ishtaha bo‘g‘ilishi kabi
kasallardan qiynalayotganlarga o‘yinlarning quyidagi nozik va engil turlari:
- Arg‘imchoqlarda uchish;
- Belanchaklarda til holda o‘tirib yoki yotib uchish;
- Qayiq yoki kemalarda sayr qilish,
Kuchliroq o‘yinlardan esa:
- Ot va tuyaga minish, - Kajava va aravalarga tushishni tavsiya qiladi.
Xalq o‘yinlarining kuchli turlariga maydonda bajariladigan quyidagi harakatlarni kiritadi:
- Kishining o‘z soyasi bilan olishishi;
- Chapak chalish;
- Sakrash;
- Nayza uchi bilan sanchish;
- Katta va kichik kurralar bilan chavgon o‘yini;
- Koptoklarni o‘ynash;
- Kurash;
- Tosh ko‘tarish;
- Quvlashish;
- Chopayotgan otni jilovidan tortib to‘xtatish.
Xalq o‘yinlarining ajoyib bilimdoni bo‘lgan Ibn Sino xalqimizning milliy sport turi bo‘lgan
milliy kurashimiz (Buxorocha va Farg‘onacha kurash turi) haqida ham etarlicha ma’lumot
qoldirgan.
Kurashning turlari ham bir nechadir, – deydi u. Ulardan biri ikki kurashuvchining har biri o‘z
73
10
raqibining belbog‘idan ushlab o‘ziga tortadi, shu bilan birga kurashuvchi o‘z raqibidan qutulishning
chorasini qiladi. Ikkinchisi esa uni qo‘yib yubormaslikka harakat qiladi.
Boshqa turi: ikki kurashuvchidan biri ikkala qo‘li bilan ikkinchisini mahkam quchoqlab o‘ziga
tortadi va erga ag‘daradi, bu vaqtda birinchi kurashuvining o‘ng qo‘li ostidan o‘tkazilishi kerak,
kurashuvchilar goh gavdalarini tiklab, goh egiladilar.
Badantarbiyaning birinchi turi “Gavda uchun maxsus harakatlar” hisoblanib, ularning har birida
ma’lum darajada o‘yin unsurlari mavjud, ya’ni:
1) qo‘l va oyoq harakatlari; 2) ko‘krak va nafas a’zolarining harakatlari; 3) butun tanaga oid
harakatlardir.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Кошбахтиев И.А. “Основы оздоровительной физкультуры молодёжи”. Т., 1994. ст. 69.
2. Ziyonet.uz ta’lim portali
74
Do'stlaringiz bilan baham: |