Масъул муҳаррир


BOSHLANG‘ICH SINFDA ZAMONAVIY TA’LIM METODLARI ASOSIDA



Download 7,57 Mb.
Pdf ko'rish
bet251/584
Sana22.02.2022
Hajmi7,57 Mb.
#82747
1   ...   247   248   249   250   251   252   253   254   ...   584
Bog'liq
10.Pedagogika yonalishi

10
BOSHLANG‘ICH SINFDA ZAMONAVIY TA’LIM METODLARI ASOSIDA 
O‘QITISHNING IJOBIY SAMARALARI
Avlayarova Gulbahor 
Qashqadaryo viloyati Yakkabog‘ tumani 
61-maktab boshlang‘ich sinf o‘quvchisi 
Annotatsiya: Bugungi kun talabidan kelib chiqqan holda ta’limni innovatsion rivojlantirish 
maqsadida boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini o‘qitishda zamonaviy ta’lim metodlaridan foydalanish 
haqida tavsiyalar berilgan. 
Kalit so‘zlar: matn, mantiqiy, nasriy, badiiy, qahramon, intonatsiya, ohang, xotira, hikoya, 
metod, diqqat, tafakkur.
Boshlang‘ich ta’lim bu –o‘quvchining hayotni bilish, o‘rganish, tadqiq etish bilimining 
poydevoridir. Shu nuqtayi nazardan olib qarasak, boshlang‘ich ta’limning ahamiyati benihoya 
ustun. Ya’ni o‘quvchini o‘qitish emas o‘qishga o‘rgatish muhim masaladir. Birinchi sinf 
o‘quvchilariga alifboni o‘rgatish davomida shuni kuzatish mumkinki, asosiy zehnli bolalar 
kitobni yod olib qo‘yishadi. Ko‘pincha ota-ona yoki ustozlar bundan xavotir olishadi ko‘r-
ko‘rona o‘qiyapti deb. Aslida bolaning xotirasi kuchli ekanligi va kelajakda katta yutuqlarga ega 
bo‘ladigan bolalar shunday qilishadi. Bu ham bir iqtidorning ko‘rinishi. Bunday vaziyatda bola 
bilan ishlash, uni to‘g‘ri yo‘naltirish o‘qituvchining vazifasidir. O‘tmishdan bizga ma’lumki, 
Imom al-Buxoriy minglab hadislarni yoddan bilgan,ya’ni ustozlarini diqqat bilan eshitib 
hadislarni yod olib qolgan. Alisher Navoiy esa kichik maktab yoshidanoq Fariduddin Attorning 
“Mantiq-ut tayr” asarini sevib o‘qib, ota-onasi yoshiga munosib emas deb olib qo‘yishganda, 
yod olganligini xotirasida muhrlanib qolganligini bundan o‘zi benihoya xursand bo‘lganligini 
eslab o‘tishimiz mumkin.
Boshlang‘ich ta’lim tizimida mantiqiy o‘qish, ya’ni matnni to‘g‘ri, tushunib, tez-me’yorida 
o‘qish, va adabiy o‘qish mukammal o‘zlashtirilganidan so‘ng ifodali o‘qishga o‘tiladi. Bu yod 
olingan she’riy asarlarni ifodali o‘qishni ham o‘z ichiga oladi. Ifodali o‘qishning muvaffaqiyati 
o‘quvchilarning asar mazmuni, g‘oyaviy-badiiy hususiyatlari haqida muayyan tushunchaga ega 
bo‘lishi bilan bog‘liq. Ohang va intonatsiya she’riy asarlarni ifodali o‘qishda qay darajada muhim 
bo‘lsa, nasriy asarlarni o‘qishda ham muhim talablardan biridir. Nasriy asarlarni ifodali o‘qishdan 
oldin unda qanday g‘oya ilgari surilayotganini aniqlash zarur. Masalan, 4-sinfda Normurod 
Norqobilning «Xarita» hikoyasini ifodali o‘qishdan oldin o‘quvchilarga O‘zingizni qayerda eng 
xotirjam xis qilasiz? Vatan deganda nimani tushunasiz? Kabi savollar beriladi? O‘quvchi o‘z 
tushunchalarini bayon etadi. Asarni o‘qish jarayonida xis qilishadi. O‘quvchiga asarlardan xulosani 
mustaqil chiqarishga o‘rgatish zarur. O‘qituvchi ularning fikrlashini nazorat qilishi, noto‘g‘ri izoh 
berishganda ham urushmasligi va qayta o‘qishni taklif qilishi zarur. Sinfda 20 tadan 30 tagacha 
ba’zi hollarda undan ko‘p o‘quvchilarni o‘qitish mumkin. Barcha bola indivudial xususiyatga, 
psixik ruhga va oilaviy muhitga ega. Bularning barchasi fikrlash, tushunish qobiliyatida va xulosa 
qilish jarayonida namoyon bo‘ladi. O‘qituvchining ijodkorligi, mahorati tufayli o‘quvchi ongining 
shakllanishi, hayotsevarligi, vaziyatga to‘g‘ri baho berishi rivojlanadi. Ifodali o‘qish oldiga 
qo‘yilgan bu talab M. Abdurashidxonovning «Har kim ekkanin o‘rar», Sh.Sa’dullaning «Laqma 
it», A.Oripovning «Dehqonbobo va o‘n uch bolakay qissasi» kabi she’riy hikoyalarini o‘qishga 
ham xosdir. Badiiy o‘qish ifodali o‘qishning yuksak bosqichi hisoblanadi. Unda so‘z san’atining 
barcha komponentlari ishtirok etadi. U o‘quvchidan asar ruhiga batamom kirishni, san’atkorona 
o‘qishni talab etadi. Badiiy o‘qishda asar qahramonlarining ruhiy holati, kechinmalari to‘la 
anglab etilgandagina ta’sirchanlikka erishish mumkin. Badiiy o‘qishga tayyorgarlik ko‘rishda 
aktyorlarning audio-video tasmalarga yozilgan ijrolaridan foydalanish yaxshi samara beradi. 
Izlanish metodi. Bu metod asardagi voqea va tafsilotlar asosida o‘quvchilarga savol-topshiriqlar 
tuzishda, qahramonlarga baho berishda keng qo‘llaniladigan usuldir. O‘qish darslarida reproduktiv 
metoddan ham foydalaniladi. Masalan, o‘qituvchi dastlabki darslarda o‘zi asar matnini qismlarga 
bo‘ladi, yozuvchi yoki shoirning aytmoqchi bo‘lgan muhim fikriga o‘quvchilar diqqatini jalb 
qiladi, uni aniqlab ko‘rsatadi, o‘quvchilar bilan birga tasvir vositalariga yuklatilgan ma’noni ochib, 
o‘quvchilarga ko‘maklashadi. Bularning bari o‘quvchilar uchun bir ko‘rsatma vazifasini o‘taydi. 
Shundan so‘ng o‘quvchilar o‘qituvchining ko‘rsatmalari yordamida yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan 


350
10
vazifalarni o‘zlari mustaqil ravishda bajaradilar. Yuqorida ta’kidlangan metodlardan tashqari, 
boshlang‘ich sinf o‘qish darslarida ilg‘or pedagogik texnologiya usullaridan “Fikriy hujum”, 
“Yalpi fikriy hujum”, “Fikrlarning shiddatli hujumi”, “6x6x6”, “Aqliy hujum”, “Klaster”, “Qora 
quti”, “Beshinchisi (oltinchisi, ettinchisi ...) ortiqcha”, “3/3, (4/4, 5/5...)”, “Rasmlarning joyini 
top”, “Qizil va yashil chiroq”, “Videtopishmoq”, “Yumaloqlangan qor” o‘yini, “Zakovatli zukko”, 
“Qarama-qarshi munosabat”, “BBB”, “Zig-zag”, “Venn diagrammasi”, “Insert”, “Juftlikda ishla”, 
“O‘zaro (bir-birini ) o‘qitish”, “O‘zaro savol-javob”, “Sinkveyn”, “Uch pog‘onali intervyu”, 
“Arra”, “Mo‘jizalar maydoni”, kabilardan foydalanish yaxshi samara beradi. 
Sinkveyn namunasi: “Xarita” hikoyasi uchun. O‘quvchida sinkveyn yozish natijasida fikrlarni 
jamlash, umumlashtirish, xulosalash kabi tafakkuri rivojlanadi.
1. Vatanim
2. Vatan –bebaho
3. Vatanni sevmoq- iymondandir.
4. Vatanimning tinchligi uchun jonim fido.
5. Faxrim
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. G‘afforova T., Nurillayeva Sh., Haydarova O. Boshlang‘ich sinflar uchun ona tili va 
o‘qishdan didaktik materiallar. Toshkent. 2004.14-b. 
2. Qosimova K, Matchonov S, G‘ulomov X, Yo‘ldosheva Sh, Sariev Sh. Ona tili o‘qitish 
metodikasi. – Toshkent: “Nosir”, 2009. – 352 bet.
3.Umumiy o‘rta ta’lim maktablari uchun 4-sinf O‘qish kitobi. T-2017.


351

Download 7,57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   247   248   249   250   251   252   253   254   ...   584




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish