int m[6]={1,4,-5,2,10,3];
float a[4];
Massiv statik va dinamik bo‘lishi mumkin. Statik massivning uzunligi oldindan ma’lum bo‘lib, u xotirada ma’lum adresdan boshlab ketma-ket joylashadi. Dinamik massivni uzunligi dastur bajarilish jarayonida aniqlanib, u dinamik xotiradagi ayni paytda bo‘sh bo‘lgan adreslarga joylashadi. Masalan,
int m[6];
ko‘rinishida e’lon qilingan bir o‘lchamli massiv elementlari xotirada quyidagicha joylashadi:
7.1-rasm. Bir o‘lchamli massivning xotiradagi joylashuvi
Massivning i- elementiga m[i] yoki *(m+i) - vositali murojaat qilish mumkin. Massiv uzunligini sizeof(m) amali orqali aniqladi.
Massiv e’lonida uning elementlariga boshlangʻich qiymatlar berish mumkin va uning bir nechta variantlari mavjud.
1) o‘lchami ko‘rsatilgan massiv elementlarini to‘liq initsializatsiyalash:
Do'stlaringiz bilan baham: |