Nazorat savollari
C++da massiv qanday ishlaydi?
Massivga kutubxona kerakmi?
Rekursiv funksiya nima?
Rekursiv funksiya parametrlari.
for operatori funksiyada qanday ishlatiladi?
Matematik funksiyalar qanday ishlaydi?
Massiv elementlarini Funksiya parametrlarida uzatish nima uchun ishlatiladi?
Massivlarni qabday turlari mavjud?
Funksiya parametrlari orqali nima uzatiladi?
Massivning necha xil turi bor?
Massivlar nima uchun qo‘llaniladi?
6.2- MAVZU: IKKI O‘LCHAMLI MASSIVLAR
Reja:
Ko‘p o‘lchamli massivlarni tavsiflash, ularga ishlov berish;
Massiv elementlarini kiritish va chiqarish;
Ko‘p o‘lchamli massivlarni saralash. Misollar.
Annotatsiya: Ushbu mavzuda ko‘p o‘lchovli massivlar, ularning elementlariga murojaat, elmentlarning qiymatlarini chiqarish, elementlariga qiymat o‘zlashtirish va qayta ishlov berish yo‘llari haqaida ma’lumotlar keltirilgan.
Kalit so‘zlar: qator, ustun, elementlar, ichki, jadval, jadval katakchalari, katakchalar manzili.
C/C++ algoritmik tilida faqat bir o‘lchamli massivlar bilan emas, balki ko‘p o‘lchamli massivlar bilan ham ishlash mumkin. Agar massiv o‘z navbatida yana massivdan iborat bo‘lsa, demak ikki o‘lchamli massiv, ya’ni matrisa deyiladi. Massivlarning o‘lchovi kompyuterda ishlashga to‘sqinlik qilmaydi, chunki ular xotirada chiziqli ketma-ket elementlar sifatida saqlanadi. Ko‘p o‘lchamli massivlarni xuddi 1 o‘lchamli massivga o‘xshab e’lon qilinadi, faqat indeks toifasi sifatida massivning satrlari (qatorlari) va ustunlari toifasi ko‘rsatiladi va ular alohida [ ][ ] qavslarda ko‘rsatiladi. Masalan: A nomli butun sonlardan iborat 2 o‘lchamli massiv berilgan bo‘lsa va satrlar soni n ta, ustunlar soni m ta bo‘lsa: int a[n][m]
Ikki ulchovli massiv elementlarini kiritish-chiqarish, ular ustida amallar bajarish ichma-ich joylashgan parametrli takrorlashlar ichida bo‘ladi, ya’ni 1-takrorlash satrlar uchun, 2-takrorlash ustunlar uchun. Masalan:
for ( i=0; i<=3; i++)
for ( j=0; j<=3; j++)
cin >>a[i][j];
Agar ularni klaviaturadan kiritish kerak bo‘lsa, ya’ni cin operatori yordamida tashkil etilsa, quyidagicha kiritiladi:
Bundan tashqari massiv elementlarini e’lon qilish bilan birga ularni inisalizasiya ham qilish mumkin:
int a[3][3] = {{1,2,3},{4,5,6},{7,8,9}};
Natijalar chiroyli ko‘rinishda bo‘lishi uchun chiqarish operatorini quyidagicha qilib tashkil etish kerak:
for (int i=0; i<3; i++)
{ for (int j=0; j<3; j++)
cout <<”a[“<
cout <
getch ( );
}
1-misol. A va V matrisalari berilgan. Quyidagi formula orqali yangi S matrisasini hosil qiling: Sij = Aij + Bij; bu yerda i=1,3; j=1,2;
Do'stlaringiz bilan baham: |