Massiv bu — bir turdagi o’zgaruvchilarni o’zida saqlovchi biror nom bilan nomlangan o’lchami chegaralangan o’zgaruvchilari guruhi ya’ni oddiyoq qilib aytganda maxsus idishdir. Bitta yoki ikkita o’zgaruvchi ustida amalarni bajarmoqchisiz, bununig uchun bir yoki ikkita o’zgaruvchi yaratib olib xohlagan amalni bajarish mumkin. Lekin bu o’zgaruvchilar ko’p bo’lsachi? Agar har bir ishlatmoqchi bo’lgan o’zgaruvchi uchun har safar yangidan o’zgaruvchilarni yarataversak bu bir muncha noqulayliklar tug’diradi. Bu vaziyatda esa massivlarni ishlatish qo’l keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |