O modul o‘quv elementlarini o‘zlashtirish darajasi;
O o‘quvchi bilimining mustahkamlik koeffitsienti. Bu tezkor nazoratlar orqali aniqlanadi.
O o‘quvchining o‘quv materialini o‘zlashtirishga sarflagan vaqti.
Fan bo‘yicha elektron ta’lim resurslarini yaratish uslubiyoti
“Resurs” iborasi hozirgi vaqtda juda keng ma’noda ishlatiladi. “Ta’lim resursi” deganda esa o‘quv jarayoni davomida bilim olishda foydalaniladigan turli xil ko‘rinish va shakllardagi o‘quv materiallari manbasi tushuniladi.
Boshqacha aytganda ta’lim resursi -o‘quv jarayonida foydalaniladigan axborotlar manbasidir. Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda ta’lim resurslarini quyidagi guruhlarga ajratishimiz mumkin:
Matn, rasm, sxema va jadvallarni o‘z ichiga olgan an’anaviy nashr materiallari (darslik, o‘quv qo‘llanma, ma’ruzalar matni va kursi, laboratoriya va amaliy mashg‘ulotlar bo‘yicha qo‘llanmalar, masalalar to‘plami, lug‘atlar, katologlar, ma’lumotnomalar, tarqatma materialalr, o‘quv-vizul materiallar, turli xil uslubiy qo‘llanma va ko‘rsatmalar, savol va topshiriqlar va b.).
An’anaviy audio va video materiallar: musiqiy va nutq materiallari (ma’ruzalar yozilgan disklar, audiokitoblar, o‘quv videofilmlari va b), namoyish roliklari, prezentatsiya lavhalari, kinematografik mahsulotlar.
Zamonaviy (raqamli) elektron resurslar: turli xil axborot tashuvchi vositalar (disk, fleshka va b.)ga yozilgan fayllar, 1 va 2 guruhdagi axborotlarning zamonaviy maishiy elektron vositalari yoki kompyuterlar yordamida eshitish va ko‘rish imkoniyati yaratilgan raqamli elektron materiallar.
O‘qish, mustaqil ta’lim olish va olingan bilimlarni tekshirish uchun maxsus dasturlar: o‘quv mazmuni yoritilgan va o‘quvchi bilan o‘zaro muloqatga yo‘naltirilgan hamda ma’lum pedagogik vazifalarni yechish uchun mo‘ljallangan dasturlar, dasturlar majmui yoki tizimlari.
Saqlash va tarqatishga mo‘ljallangan uchinchi guruh resurslari asosan an’anaviy nashr va audio-video materiallarni zamonaviy kompyuter texnikalari yordamida eshitish va ko‘rishga mo‘ljallangan elektron shakllarga aylantirilgan ko‘rinishi hisoblanadi.
Elektron resurslarni saqlash va ma’lumotlarni taqdim etish formatiga ko‘ra quyidagicha tasniflash mumkin:
Alohida fayllar - 1-guruhdagi an’anaviy resurslarning
faylli ekvivalentlari (jadvallar va grafik illustrasiyalardan iborat matnli hujjatlar, illustrasiyalarning grafik fayllari, audio-video formatli fayllar va b.).
Gipertekst materallar- o‘z ichiga matn, grafiklar, multimedia elementlari kabi elektron o‘quv adabiyotlarining elementlaridan tashkil topgan elektron o‘quv adabiyotlari va 1-2 guruhdagi an’anaviy resurslarning elektron ekvivalenti.
Elektron resurslar ichida “an’anaviy ta’lim resursi”, ya’ni maxsus o‘qituvchi dasturlash vositasi muhim rol o‘ynaydi. Eng keng tarqalgan bunday resurslarga elektron testlash dasturini misol qilish mumkin
3 va 4 guruhdagi resurslar birgalikda “Elektron ta’lim resurslari” deb ataladi. Masofaviy ta’lim tizimida o‘quv jarayonini avtomatlashtirishda 1-2 guruh resurslarning quyidagi dasturiy elektron ekvivalentini yaratish muhim rol o‘ynaydi:
kompyuterda o‘qitish dasturlari;
kompyuter darslik va o‘quv qo‘llanmalar;
o‘rganiladaigan fan bo‘yicha avtomatlashgan o‘qitish tizimi;
bilimni test nazoratidan o‘tkazish avtomatik tizimi;
kompyuter trenajyorlar;
yordamchi vositalar (laboratoriya ishlarini bajarishda, kompyuter ensiklopediyalar va lug‘atlardan foydalanishda vizul muhitni ta’minlovchi dasturlar;
avtomatlashgan o‘quv kurslari.
Elektron ta’lim resurslari deganda foydalanuvchi, ya’ni o‘quvchining shaxsiy xususiyatlarini hisobga olgan holda avtomatik rostlanish imkonini beruvchi, egallangan bilimni avtomatik nazorat qilish tizimi bilan birlashgan o‘quv materiallarini uzatish (yetkazish) tizimi tushuniladi.
O‘quv resursining namunaviy tarkibi quyidagilardan iborat bo‘lishi tavsiya etiladi:
O‘quv materiallari:
Darslik, o‘quv qo‘llanmalar
Elektron o‘quv kursi
Ma’ruzalar matni (ma’ruzalar kursi)
Test savollari, nazorat savollari.
O‘quv-uslubiy materiallar:
O‘quv rejasi
O‘quv dasturi
Mashg‘ulot rejasi
Uslubiy ko‘rsatmalar
Ma’lumotnoma materiallari
Ensiklopediya
Lug‘at
Ma’lumotnoma
Ma’lumotlar bazasi
Geoaxborot/kartografik tizim
Illustrativ va namoyish materiallari
Atlas
Kolleksiya
Karta
Ko‘rgazmali qo‘llanmalar
Qo‘shimcha axborot materiallari
Xrestomatiya
Nashr materiallari (kitoblar)
Ilmiy-ommabop xarakterdagi Internet nashrlari
Reklama-axborot xarakterdagi materiallar
Bibliografiya
Me’yoriy hujjatlar
Ta’lim standarti
Yo‘riqnoma, me’yoriy dalolatnoma
Ilmiy materiallar
Dissertatsiya avtoreferatlari
Dissertatsiya
Maqolalar
Monografiyalar
Tahliliy materiallar
Elektron davriy nashrlar
To‘liq matnli nashrlar
Ta’lim saytlari
Dasturiy mahsulotlar
Ta’lim muassasalari uchun dasturiy kompleks
Fan bo‘yicha elektron o‘quv-uslubiy majmualar yaratish uslubiyoti
Elektron ta’lim resursining asosiy tarkibiy qismi -fan bo‘yicha o‘quv uslubiy majmua hisoblanadi. Hozirgi kunda o‘quv-uslubiy majmua tarkibi bo‘yicha turli xil tavsiyalar mavjud bo‘lib, ularda majmuaning turli komponentllari yoritilgan. Lekin, bizning fikrimizcha o‘quv-uslubiy majmua tarkibining to‘liq, mukammal varianti asoslanmagan.
Do'stlaringiz bilan baham: |