Masofaviy ta’lim texnologiyalari kursi xaqida
Masofaviy ta’lim texnologiyalari kursi 5110700 – Amaliy matematika va informatika bakalavriat yo’nalishida tahsil olayotgan talabalar uchun tanlov fanlaridan biri sifatida o’quv rejasiga kiritilgan.
Masofaviy ta’lim texnologiyalari kursining asosiy mazmuni bo’lajak mutaxassislarda quyidagilar haqidagi bilimlarni shakllantirish va rivojlantirishga xizmat qiladi:
Masofali ta’lim va masofali o’qitish tushunchalari;
Masofali o’qitishning didaktik prinsiplari;
Masofali o’qitishning metodik asoslari va vositalari;
Masofali o’qitishning asosiy shakllari;
Masofali o’qitish metodlari va modellari.
Masofaviy ta’lim texnologiyalari fanini o’qitishdan maqsad - informatika o’qituvchisining kasbiy sohasida egallashi lozim bo’lgan masofali ta’lim va masofali o’qitish tushunchalari haqida ma’lumot berish, masofali o’qitishdagi didaktik prinsiplarni ochib berish, masofali o’qitishning metodik asoslari va vositalari haqida ma’lumot berish, Masofali o’qitishning asosiy shakllarini o’rgatish, Masofali o’qitish metodlari va modellari bilan tanishishtirish, masofaviy o’qitishning dasturiy va tashkiliy ta’minoti, masofaviy o’qitishda axborot almashinish shakllari va ularni tashkil etish texnologiyasi borasidagi bilimlar va amalda qo’llash uchun ko’nikma va makalalarni shaklantirish va rivojlantirishdan iborat.
Masofaviy ta’lim texnologiyalar» fanining vazifasi:
- «Masofaviy o’qitish» va «masofaviy ta’lim» tushunchalari, ularning maqsadi va vazifalari, funksiyalari, didaktik imkoniyatlari, pedagogik asoslari;
- masofaviy ta’lim tizimning tuzilmasi, tashkiliy shakllari va uni tashkil etishga qo’yiladigan talablar;
- masofaviy o’qitishning o’quv – metodik ta’minoti, masofaviy o’qitish uchun o’quv-metodik materiallar tayyorlash texnologiyasi;
- masofaviy o’qitishning texnik ta’minoti, masofaviy ta’lim tizimida yangi axborot texnologiyalari vositalari va maxsulotlaridan foydalanish;
- masofaviy o’qitishning dasturiy va tashkiliy ta’minoti, axborot almashinish shakllari va ularni tashkil etish va boshqalar haqidagi ma’lumotlarni berish hamda amaliy ko’nikmalarni hosil qilishdan iborat:
«Masofaviy ta’lim texnologiyalari» o’quv fanini o’zlashtirishga qo’yiladigan talablar:
«Masofaviy o’qitish» va «masofaviy ta’lim» tushunchalari, ularning maqsadi va vazifalari, funksiyalari; masofaviy o’qitishning o’ziga hos hususiyatlari va didaktik imkoniyatlari; masofaviy ta’limning pedagogik asoslari; masofaviy ta’lim tizimning tuzilmasi; masofaviy ta’limning tashkiliy shakllari; masofaviy ta’limni tashkil etishga qo’yiladigan talablar; masofaviy o’qitish texnologiyasi; masofaviy o’qitishning o’quv – metodik ta’minoti tarkibini bilishi kerak;
Masofaviy o’qitish uchun o’quv-metodik materiallar tayyorlash texnologiyasi; masofaviy o’qitishning texnik ta’minoti va ular yordamida axborot almashinuvini tashkil etish; masofaviy ta’lim tizimida yangi axborot texnologiyalari vositalari va maxsulotlaridan foydalanish; masofaviy o’qitishning dasturiy va tashkiliy ta’minoti; masofaviy o’qitishda axborot almashinish shakllari va ularni tashkil etish ko’nikmalariga ega bo’lishi kerak;
Masofaviy o’qitishning o’ziga hos hususiyatlari va didaktik imkoniyatlari; masofaviy ta’limning pedagogik asoslari; masofaviy ta’lim tizimning tuzilmasi; masofaviy ta’limning tashkiliy shakllari; masofaviy ta’limni tashkil etishga qo’yiladigan talablar; masofaviy o’qitish texnologiyasi; masofaviy o’qitishning o’quv – metodik ta’minoti tarkibi; va o’quv-metodik materiallar tayyorlash texnologiyasi; masofaviy o’qitishning texnik ta’minoti va ular yordamida axborot almashinuvini tashkil etish; masofaviy ta’lim tizimida yangi axborot texnologiyalari vositalari va maxsulotlaridan foydalanish; masofaviy o’qitishning dasturiy va tashkiliy ta’minoti; masofaviy o’qitishda axborot almashinish shakllari va ularni tashkil etish haqidagi bilim, ko’nikma va malakalariga ega bo’lish kerak..
“Masofaviy ta’lim texnologiyalari” fani umukasbiy fanlar doirasida tanlov fanlaridan biri hisoblanib, 5130200 - Amaliy matematika va informatika bakalavriat yo’nalishi 2-kurs talabalariga 4-semestrda o’qitiladi.
“Masofaviy ta’lim texnologiyalari” fanini o’qitishda 5130200 - Amaliy matematika va informatika bakalavriat yo’nalishi o’quv rejasida rejalashtirilgan umumkasbiy fanlardan “Informatika”, “Informatika va axborot texnologiyalari”, shuningdek, «Matematik modellashtirish modellashtirish», «Algoritm va dasturlash» va «Axborot texnologiyalar» fanlarining nazariy va amaliy xulosalarida foydalaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |