Validasiya model. Masofali o’qitishning juda keng tarqalgan modeli bo’lib, bunda ta’lim muassasalari masofali o’qitish bo’yicha xizmatlarni barcha hamkorlari teng darajada bajarishlari haqida kelishuv imzolab oladilar. Ularning biri diplom validasiyasi, kurs va dasturlarni akreditasiyasini qiladi, rasman tan olinadigan diplom va sertifikatlarni berishga ma’sul bo’ladi, ilmiy darajalar beradi va x.k. Bosh oliygoh (davlat akreditasiyasiga ega bo’lgan taniqli oliygoh) va uning hududlardagi ko’p sonli filiallari orasidagi munosabatlar ham shu model asosida tashkil etiladi.
7) Uzoqlashgan auditoriyalar modeli, yoki Uzoqlashtirilgan auditoriyalar model ham deb ataladi. Ushbu modelda informasion va kommunikasion imkoniyatlar keng foydalaniladi. Bitta o’quv muassasada bo’lib o’tgan o’quv kurslar videokonferensiyalar, radiotranslyasiyalar va telekomunakasion kanallar orqali sinxron telekursatuvlar ko’rinishida boshqa auditoriyalarga uzatiladi. Aralashgan model bilan farqi shundaki, bu modelda o’quvchilar kunduzgi ta’limda qatnashmaydi.
Bu modelga misol qilib AQShning Viskonsing Universitetidagi va Xitoyning markaziy radio va televideniye Universitetidagi ta’limni olish mumkin.
Uzoqlashtirilgan auditoriyalar model. Bu modelda zamonaviy axborot texnologiyasi vositalari faol foydalaniladi. qandaydir oliygohda o’tkazilayotgan o’quv kurslar, ma’ruzalar, yoki seminarlar talabalar yig’iladigan uzoqlashtirilgan o’quv auditoriyalarga sinxron teleko’rsatuv, videoanjuman, radioeshittirish ko’rinishida telekommunikasiya kanallaridan uzatiladi. Bunda bir o’qituvchi bir vaqtni o’zida talabalarning katta auditoriyasi bilan ishlaydi. Ushbu model bo’yicha
AQSh ning Viskonsin universiteti (O’isconsin University, USA) da, shuningdek, Xitoyning markaziy radio va televedenie universiteti (China Central Radio and TV University) da masofali o’qitish tashkil etilgan.
8) Proyektlar modeli. Ushbu model davlat yoki ilmiy izlanish maqsadidagi dasturlarni bajarish uchun yaratiladi. Asosiy ish masofaviy ta’lim mutaxassislari va pedagoglar to’plangan ilmiy-metodik markazga tushadi. Ushbu modelda yaratilgan kurslar aholining katta qismiga namoyish qilinib o’z vazifasini bajargandan keyin to’xtatiladi.
Bu modelga misol qilib Afrika, Osiyo va Lotin Amerikadagi rivojlanmagan mamlakatlarida o’tkazilgan qishloq hujaligi, soliqlar va ekologiya haqidagi o’tkazilgan har xil kurslar bo’lishi mumkin.
9) Loyihalar modeli. Davlat ta’lim, yoki ilmiy-tadqiqot dasturi doirasida keng qamrovlik loyihani amalga oshirish uchun mo’ljallangan masofali o’qitish modelidan iborat. Ushbu modelda asosiy ahamiyat o’quv materiallarini ishlab chiquvchi asosiy mutaxasissis xodimlar, masofali kurslarni olib boruvchi o’qituvchilar va olimlar yig’iladigan ilmiy-uslubiy markazga qaratiladi. Markazda ishlab chiqiladigan masofali kurslar u, yoki bu davlat (hudud)ning katta auditoriyasiga uzatiladi. Bunday o’qitish vaqtinchali hisoblanib, loyihada mo’ljallangan ishlar bajarilgandan, yoki tugagandan so’ng tugatiladi. Bu modelga misol sifatida Afrika va Lotin Amerkasining rivojlanayotgan davlatlarida turli xalqaro tashkilotlar o’tkazgan qishloq xo’jaligi, agrotexnikaning yangi uslublari, ekologiya bo’yicha va h.k. Masofali o’qitish kurslari olish mumkin.
Chet el davlatlari ekspertlarining ma’lumotlariga ko’ra yaqin yillarda insoniyatni yashashi uchun zarur bo’lgan ta’limning minimal darajasi oliy ta’lim bo’ladi. Shunday ekan, ko’p sondagi talabalarni kunduzgi shaklida o’qitish uchun eng rivojlangan davlatlarning ham byudjet mablag’i chidamasa kerak. Shuning uchun ham oxirgi o’n yillikda kunduzgi bo’limlarda o’qiyotgan talabalarga qaraganda noan’anaviy texnologiya asosida o’qiyotgan talabalarning soni tezroq o’smoqda.
O’qitishning noan’anaviy shakliga o’tish tendensiyasi ana shunday texnologiyalarda kadr tayyorlanadigan va ularni qayta tayyorlaydigan ta’lim muassasalarining sonini ko’payishida ham ko’rish mumkin. 1900-1960 yillarda (60 yil mobaynida) ularning soni 79 ta edi,1960-1970 yillarda (10 yil mobaynida) 70 ta, 1970-1980 yillarda (10 yil mobaynida) 187 ta va 1980 – 1995 yillarda (15 yil mobaynida) 700 ta, 1995-2000 yillarda esa, mingdan oshib ketdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |