Masofaviy ta’lim – talabaning mustaqil o`qishiga asoslangan, yangi ta`lim berish jarayoni. O`qitish muhiti asosan o`quvchining o`qituvchidan masofaviy va (yoki) vaqt bo`yicha ajratilganligi bilan xarakterlanadi. Shu bilan birga ular ixtiyoriy vaqtda telekommunikatsiya vositalari yordamida muloqot qilish imkoniyatiga ega.
Masofaviy ta`limning ba`zi bir manbalari haqida ma`lumot.
SityUniversity
http://www.sity.edu/: Universitet dasturining alohida jihatlaridan biri dissertatsiya himoya qilish va ilmiy daraja olishni ko`zda tutuvchi hisoblanadi. Webni qo`llagan holda virtual universitetda ko`plab mamlakatlardan talabalar tahsil olmoqdalar. Serverda interfaol o`qitish bo`yicha ma`lumotlar olish mumkin.
https://ru.khanacademy.org/ Masofali o‘qitish metodlari va modellari, ularning turlari.
Masofaviy ta’lim modellari. Bu ta’lim turini bir necha modellari mavjud, ular masofaviy ta’lim tashkil kilinishiga sabab bulgan vaziyatlari bilan farklanadi: geografik sabablar (mamlakat maydoni, markazlardan geografik uzoklashgan regionlar mavjudligi), mamlakatni kompyuterlashtirish va informasiyalashtirish darajasi, transport va kommunikasiyalar rivojlanish darajasi, masofaviy ta’lim uchun mutaxasislar mavjudligi, ta’lim soxasida informasion va kommunikasion texnologiyalardan foydalanish darajasi, mamlakatning ta’lim soxasidagi odatlari. 1) Birlamchi model. Ushbu model fakat masofaviy o’quvchilar bilan ishlash uchun yaratiladi. Ularning xar bittasi virtual ukituvchiga biriktirilgan bulishadi. Konsultasiyalar va yakuniy nazoratlarni topshirish uchun esa regional bulimlar bulishi shart. Shunday o’quv kurslarda ukituvchi va o’quvchilarga o’quv shaklini va formasini tanlashda katta imkoniyatlar va ozodliklar beriladi. Bu modelga misol kilib Buyuk Britaniyaning Ochik Universitetidagi (http://www.ou.uk) ta’limni olish mumkin. 2) Ikkilamchi model. Ushbu model masofaviy va kunduzgi ta’lim o’quvchilar bilan ishlash uchun yaratiladi. Ikkala guruxda bir xil o’quv dasturi va darslar jadvali, imtixonlar va ularni baxolash mezonlari mavjud. Shunday o’quv muassasalarda kunduzgi kurslarning soni masofaviylarga karaganda kup. Ushbu masofaviy kurslar pedagogika va uslubiyotdagi yangi yunalishlarni izlanishlarida kullaniladi. Bu modelga misol kilib Yangi Angliya va Avstraliya Universitetidagi (http://www.une.edu.au) ta’limni olish mumkin. 3) Aralashgan model. Ushbu model masofaviy va kunduzgi ta’lim turlirini integrasiyalashtirish uchun yaratiladi. O’quvchilar o’quv kursning bir kismini kunduzgi, boshka kismini esa masofadan ukiydi. Shu bilan birga bu ta’lim turiga virtual seminar, prezentasiyalar va leksiyalar utkazish xam kiradi. Bu modelga misol kilib Yangi Zelandiyadagi Massey Universitetidagi (http://www.massey.ac.nz) ta’limni olish mumkin. 4) Konsorsium. Ushbu model ikkita universitetlarni bir biri bilan birlashini talab kiladi. Ushbu muassasalardan biri o’quv kurslarni tashkil kilib ishini ta’minlasa, ikinchisi esa ularni tasdiklab, kurslarga o’quvchilarni ta’minlaydi. Shu bilan birga bu jarayonda butun universitet emas balki bitta kafedra yoki markazi yoki universitet urnida ta’lim soxasida ishlaydigan korxonalar xam katnashishi mumkin. Ushbu modelda o’quv kurslarni doimiy ravishda nazorat kilish va muallif xukuklarini tekshirish zarur buladi. Bu modelga misol kilib Kanadadagi Ochik O’quv Agentligidagi (http://www.ola.bc.ca) ta’limni olish mumkin. 5) Franchayzing. Ushbu model ikkita universitetlar bir biri bilan uzlari yaratgan o’quv kurslar bilan almashishadi. Masofaviy ta’lim soxasida yetakchi bulgan o’quv muassasa bu soxada ilk kadam kuyadigan muassasaga uzining o’quv kurslarni takdim kiladi. Ushbu modelda ikkala muassasa o’quvchilari bir xil ta’lim va diplomlar olishadi. Bu modelga misol kilib Ochik Universitet Biznes maktabi va Sharkiy Yevropa Universitetlari bilan bulgan xamkorligi bulishi mumkin.