Masnaviy va ma’naviy



Download 31,65 Kb.
bet2/3
Sana07.01.2022
Hajmi31,65 Kb.
#329628
1   2   3
Bog'liq
1-seminar mashg'ulo

Rumiy Jaloliddin (1207, Balx — 1273, Koʻnya) — shoir va mutafakkir. Tasavvufdagi mavlaviya tariqatining asoschisi. Arab, fors va turkiy tillarida ijod qilgan. Otasi Bahouddin Valad sufiylar va fiqh donishmandi boʻlgan. Shu bois ham sulton Muhammad Xorazmshoh (1199—1220) saroyga taklif etgan. Pekin Valad uning taklifini rad etib, maktabdorlik hamda ilmiyijodiy ish bilan mashgʻul boʻlgan. Xorazmshoh bilan kelisholmagan Valad haj safari bahonasida oilasi bilan Balx shahrini tark etgan. R. Makka yoʻlida Farididdin Attor bilan uchrashgan. 1220-yil Rum sultoni Alouddin Kayqubod I ning daʼvati bilan Koʻnya (Kichik Osiyo) ga kelgan. Rumiy Halab, Damashq va Bagʻdod madrasalarida oʻqigan, mudarrislik qilgan.

Rumiy. sheʼriyati, asosan, ilohiy ishq bilan bogʻlangan. U oʻzining barcha asarlarida yeru koʻkning sohibi boʻlmish Alloh va uning zamindagi xalifasi hazrati insonni ulugʻlaydi. Rumiyning mashhur asari "Masnaviyi maʼnaviy"dir. Asarda Qurʼoni karim va Hadisi sharif maʼnolarini oʻziga singdirgan, inson hayoti bilan bogʻliq barcha masalalar badiiy yoʻsinda bayon etilgan. 6 jild (daftar)dan iborat asarning dastlabki qismlarini adibning shogirdi Hisomiddin Chalabiy ustozi ogʻzidan yozib olib, taxlildan oʻtkazgan. Chalabiy vafotidan soʻng muallif asarning davomini 10 yilda yozib tugatadi. Qurʼoni karim oyatlarining 70 foizi mohiyatini oʻzida mujassamlashtirgan, 270 dan ziyod hikoyalarni, yuzlab pandu hikmatlarni oʻz ichiga olgan bu kitob oʻz vaqtida va keyinchalik ham yozuvchi nomining dunyoga keng tarqalishiga sabab boʻlgan. Chunki Rumiy masnaviyda oʻzigacha boʻlgan Sharqu Gʻarb donishmandlarining falsafiy qarashlarini, islomiy farzlarni sodda bir uslubda, sheʼriy yoʻl bilan badiiy ifodalagan. Agar Rumiy "Har ertalab bemorlar shifo tilab Iso alayhissalom eshigiga borishgani", "Lochinning oʻrdaklarni sahroga chiqargani", "Zarvon ahli qissasi", "Majnun Layli koʻyida yurgan itni oʻpib, erkalagani", "Boʻyoqchining xumiga tushgan shaqalning tovuslik daʼvo etgani", "Xorut va Morut qissasi" singari qissa va hikoyalarida paygʻambarlar hayotidan turli moʻʼjizalar keltirib, islomiytasavvufiy gʻoyalarni targʻib etgan boʻlsa, boshqa turkum hikoyalarida bevosita insonning kundalik turmushi, ilmmaʼrifat kasb etishi, hunar oʻrganish yoʻlidagi riyozatlarini badiiy tasvirlab, chuqur falsafiy xulosa chiqarishga undagan.

Rumiy ijodi yuksak badiiyati bilangina emas, balki mantiq kuchi, falsafiy fikrlarga boyligi bilan ham katta taʼsir kuchiga ega. Uning tabiat va jamiyat hodisalarining doimiy oʻsish, oʻzgarishda ekani, eskining yoʻqolib, yangining paydo boʻlishi — "dunyoning ziddiyatlar birligidagi ziddiyatlar jangi"dan iboratligi toʻgʻrisidagi qarashlari, nemis faylasufi Gegelning eʼtiroficha, uning dialektik metodni yaratishiga yordam bergan.

2. “Ma’naviy masnaviy” ning yozilishi tarixi, uning tuzilishi va mavzular olami, o‘zbek tilidagi tarjimalari.

Jaloliddin Rumiydan jahon adabiyoti cheksiz minnatdor bo’lsa arziydi, negaki olti daftardan iborat ulkan «Ma’naviy masnaviy»day beqiyos asarning dunyoga kelishi va saqlanib qolishiga aynan shu Husomiddin Chalabiy sabab bo’lgan.  Rumiy sallasi qatidan 18 bayt she’r yozilgan bir qog’ozni olib unga uzatadi. Ana shu o’n sakkiz bayt yozilajak 25 ming 632 (boshqa bir manbaga ko’ra 26 ming 840) baytli, olti daftardan iborat «Ma’naviy masnaviy»ning keyinchalik shartli ravishda «Naynoma» deb nomlangan debochasi edi.

Aytishlaricha, Rumiyning o’z qo’li bilan yozgan yagona bobi xuddi shu «Naynoma»dir. Olti daftardan iborat ulkan asarning qolgan qismini esa…

Deydilarki, mavlono «Masnaviy»ni ko’pincha badiha tarzida qo’shiq qilib kuylagan. Husomiddin Chalabiy qog’oz-dovoti bilan mavlonoga soyaday ergashib yurgan: bu tun, bu kunduz, bu madrasa, bu ko’cha, bu zikr payti, bu hammom demagan, qaerdaki Rumiyga ilhom kelsa, qaerdaki u sukr holatiga tushsa, badiha aytsa, hamisha hoziru nozir Chalabiy darhol yozib olgan. Keyin uni Rumiyga o’qib bergan, shoir o’zgarishlar kiritgan, sayqallagan, tahrir qilgan, shundan so’ng Chalabiy uni oqqa ko’chirib qo’ygan. Ba’zan-ba’zan o’g’li Sulton Valad ham kotiblik ishida qatnashgan. Bu og’ir, mashaqqatli ijodiy mehnat o’n ikki yil davom etgan. Ma’lumotlarga ko’ra, Rumiy vafotidan oldin ham «Masnaviy»ni boshdan-oyoq tahrir qilib chiqqan: Husomiddin va o’g’li Sulton Valad navbati bilan asarni o’qib turgan, Rumiy esa noaniq o’rinlarga aniqlik kiritgan, u yoki bu oyatning tafsiridagi mavhumliklarni bartaraf etgan, o’rniga tushmagan, talaffuzi qiyin so’zlarni almashtirgan.

Do’sti va muridining sadoqatini qadrlagan Rumiy, chunonchi, «Masnaviy» ning bir necha joyida Husomiddinga murojaat qilib, uning nomini o’zgacha mehr bilan tilga oladi. Husomiddin Rumiy uchun ilhom manbai va «Masnaviy»ni o’qishning mahfiy tartibini bilgan yagona kishi bo’lgan. U Husomiddinni sevib, erkalab unga turli laqablar beradi. «Masnaviy»ning birinchi daftariga yozgan so’zboshisi – xutbada uni dinning qilichi (husom – qilich) deb atasa, «Masnaviy»ning boshqa bir joyida Husomiddin Shams Tabriziyning muridi bo’lganiga ishora qilib, uni «Ziyo ul Haq», ya’ni Allohning nuri deya sharaflaydi.

«Ma’naviy masnaviy» mohiyatan Qur’oni karimning o’ziga xos she’riy tafsiri va hadisi shariflarning sharhidan, talqinidan iboratdir. Asar «Xutba»sida mavlononing o’zi izohlashicha: «Bu yuraklarga malham bo’lguvchi, g’am-g’ussalarni ketkazguvchi, «ulug’, itoatli mirzolar (farishtalar) qo’llari» 1 bilan bitilgan, «tahoratli pok kishilar»dan2 boshqalarning ushlashi harom etilgan, «oldidan ham, ortidan ham (hech qanday) botil-nohaqlik kelmaydigan»,3 rizq-ro’zni mo’l-ko’l qilguvchi, axloqni poklaguvchi va yaxshilaguvchi Qur’oni karim ma’nolarini kashf etguvchi kitobdir». Bu asardagi deyarli har bir bayt yo muqaddas Qur’on oyati, yo hadisi sharif bilan asoslanganligini yoki, aksincha, biror oyat yoxud hadis ma’nosi biror voqea, hodisa va yo rivoyat yordamida ochilganligini, muqaddas kitobdan juda ko’p iqtiboslar olinganini ta’kidlaydi.

Rumiy asarlari tarjimasiga istiqlol yillarida yo’l ochildi. Bu ishga ilk daf’a Jumaniyoz Jabborov va Shoislom Shomuhamedov qo’l urdi. Ular shoirning ba’zi g’azallarini tarjima qildilar. Keyinchalik Sirojiddin Sayyid ham uning g’azallaridan bir dastasini o’girdi. Jamol Kamol avvaliga «Masnaviy» rivoyatlaridan ba’zilarini va ayrim ruboiylarni tarjima qilib, «Uchmoqqa qanot yo’q vale uchgayman» nomli kitobcha chiqardi, keyinroq esa «Masnaviy»ni o’quvchilar hukmiga to’liq havola etdi. Bu asarning birinchi daftaridan Asqar Mahkam ham kattagina parchani she’riy, lisoniy tarjimasi va sharhlari bilan alohida kitob holida e’lon qildi. Shu tariqa o’zbek kitobxoni ham o’z bobokaloni ijodi bilan tanishish imkoniga muyassar bo’ldi.

Jamol Kamol tarjimasi bir muncha silliqroq, lekin asl nusxadan uzoqroq tuyuldi, Rumiyda yo’q gaplar qo’shib-chatilgan, ma’no ters chiqqan o’rinlar son-sanoqsiz. Asqar Mahkam tarjimasi bir qarashda forscha matnga yaqinroqday, lekin badiiyati bo’sh, aksariyat baytlar tarjimasida no’noqlik, to’mtoqlik, tajribasizlik yaqqol ko’rinib qolgan. Har ikki tarjimada ham forsiy matndagi tasavvufiy ma’no aniqligi, tiniqlik yetishmaydi. Aksariyat baytlarda ma’no yo noto’g’ri, yo xira chiqqan. To’g’ri, hech bir tarjima asl nusxaning aynan o’zidek bo’lmaydi.


Download 31,65 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish