Тўёна
Маслакдош, қуролдош дўстим Мансур Зоировга
Саксон саккизинчи йил-Сибир қаҳратон қиши,
Вишиллаб илондек олур тана кучин.
Этур давом Гарбачевнинг қайта қуриши,
Ҳар кун ўнлаб фармон,хеч ким тин.
Тақдир экан, дўстлашдик биз, изғирин совуқ,
Ойга етар балиқ, эрин этиб танаввул.
Танк миниб автомат, пистолетдан сачратиб ўқ,
Гувохдир Новасибирск четида юпун овул.
Вахимали,таҳликали кечсада кун, он,
Империя борар тугаб, қалтираб шовшаб.
Ёш эдикда, сезмасдик машаққат Чунон-
Куни билан зоғора, пиёз юрардик ковшаб.
Ўттиз беш йил кетди ўтиб, умр миллари,
Муйлов, сочга инди қиров, ўтмаслашди кўз.
Бўлайлик соғ, муқаддасдир дўстлик йиллари ,
Борди,келди, аловлашиш сўкмасин ҳаргиз !
Матонат уфурар мағрур нигоҳда,
Қарилик бўсағада очмоқда эшик.
Энтикиб эслармиз думбалоқ бола чоғда-
Мусаффо ўспиринлик, ҳам шаффоф бешик.
Манфаат,расмийликдан йироқмиз узоқ,
Самимият ришталари боғласин боқий.
Эй муғанний баландлат чал, юзга интил боқ,
Шул сабабки, бир пиёла қўй шароб соқий !
Har yili 9 – mart … Xamisha men uchun qadrli va mehribon insonimdan qo’ng’iroq keladi. Robiyajon tugilgan kuning muborak bo’lsin barcha ezgu niyatlaring ijobat bo’lsin bo’lsin deya tilak bildirishni hech qachon esdan chiqarmagan inson mehribonim Mansur akam bo’ladilar.
Hayotning tashvishlari, ro’zg’or yumushlari deb men hol-ahvol so’rashni unutsam ham, akam hech qacon bayram, tug’ilgan kunni esdan chiqarmasdan tabriklab, sog’lig’im, farzandlarim va oilam to’grisida ahvol so’rab turadilar. Akam biz uchun ham hanuz o’sha yosh singilni o’zlari o’qitib, tarbiyalab turmushga berganlari uchun farzandlari kabi holimizni so’rab turuvchi oilamizni mexriboni.
12 yoshimda otam og’ir xastalikdan vafot etganlar. Onajonim oqila, mehnatsevar va tadbirkor bo’lganliklari bois; hamda Mansur akamdek iste’dodli, bilimli, salohiyatli, mehribon to’ng’ich farzandlari bo’lganligi bois, hayotni bu zarbasiga qaramasdan 7 nafar uka va singillarini uylantirish uy-joy vatan qilish va 3 qizni o’qitib turmushga uzatish hayot yo’llarini to’gri tanlashda onamga yaqindan ko’makdosh bo’lganlar.
Akam meni o’zlari o’qigan Arxidekdura va qurilish institutiga o’qishga olib bordilar. Meni hech kimdan kam qilmay Institutga o’qitdilar. Ziyoli oilaga turmusga berdilar.
Institutga o’qib yurgan yillarim auditoriyaga kirgan o’qituvchimiz salomlashgandan so’rng shu kursda nizni institutimizni faxri salohiyatli, bilimli inson, hozirgi kunda Gagarin rayonida 2-sekretar lavozimida islaydegan Mansur Zoirovni singlisi o’qir ekan, Bu kursda Zoirova o’qimaydi-ku dedi. Men o’rnimdan turib otamni otalarini ismida ya’ni Nozimova bo’lib o’tganman dedim. O’sha kezlarda akamni Institutda obro’lari borligini bilganligim sababli akamni tanishtirib baho olisga andisha qilar edim.
Ustozimiz sizga va Surxondaryoliklarga havasim keladi Mansur Zoirovdek bilimli, salohiyatli insonni fazilatlarni yuksak qadrlovchi sizni akangiz va sizlar yurtdoshingiz borligiga havas qilaman dedi. O’qishingizdan faxrlaningizlar va ularga izdosh bo’ling dedi.
Men shu tobda shu qadar faxrlanib ketdim. Shunday akam bor ekanliklari Olloh meni singil etib yaratganiga beadat shukronalar aytaman.
Men Angor tumaniga turmushga chiqib Angor tuman ijroiya qo’mitasiga ishladim. Angor tumanida ham akamni hamma taniydi va xurmat qiladi. „ Zartepa“ maxalasida 14 yil maslaxatchi bo’lib ishlab nafaqaga chiqdim mahalla faxriylari oqsoqolari akamni elimizning yetuk qadri raxbari va faxriyi deb xurmat extirom bilan tilga olir edi. Ko’nglim osmon qadar ko’tarilar edi. Akam oilaga ham mexribom bolajon inson edilar. Akamning uylariga borib ukalarim Irodajon va Uchqunjonlarga qarashar edim. Bir kuni tong saxar uyqudan uyg’onib tashqariga chiqdim va akamning qo’lariga bir dasta gul ko’rdim ukalarimga qarashi maktabga borib duxtirxonaga yangamni ko’rgani bordim. Bu vaqida Itizorjon tug’ilgan edi. Men o’sha tong ko’gan bir dasta gullarni gul tuvaka yangamning kravatlari oldidagi shkafni ustiga turardi. Bu gullarni kim olib kelganini so’raganimda yanga yuzlarida tariflab bo’lmas quvonch bilan akangiz dedilar har bir farzandlari tug’ilganida ular uchun albatta she’r yozar edilar va farzandarini sizlab murojar qilar edilar. Akamni mexribonliklari oliy ma’lumotli bo’lib o’qitganliklari bois xozirgi kunda nafqadaman farzanlar va nabiralar, ardog’idaman baxtli hayot bo’sag’asida oloxdan akajonimga sog‘ salomatlikda yangam bilan qo’sha qarib farzandlar,nevaralar, chevaralarni baxti kamolini ko’rim, yuz bilan yuzlashib yurishlarini so’rab qolaman
Do'stlaringiz bilan baham: |