REDUKTOR CHIZISHNING 2 BOSQICHI 2-bosqichning maqsadi: tishli g’ildiraklar, vallar, korpus, podshipnik uzellarini konsruktiv rasmiylashtirish va val va shponkalarni tekshirish uchun ma’lumotkar tayorlashni o’z ichiga oladi.
Ishni bajarish tartibi
Yetaklovchi va Yetaklanuvchi g’ildiraklarni avval hisoblab topilgan (4- bo’lim) o’lchamlarimiz bo’yicha chizamiz. Yetaklovch val va g’ildirak bir butun chiziladi.
Yetaklovchi valni loyihalaymiz
Reduktor markazidan o’tuvchi o’qda L1 masofada o’q chiziqlar o’tkazamiz. Bu o’q chiziqlardan foydalanib podshipnik kesimini chizamiz (podshipnikning bir tomonini chizib ikkinchi tomon uchun gabarit o’lchamlarni qo’ysak ham bo’ladi;)
Podshipnik va ichki devor orasiga moy ushlovchi halqani chizamiz (9.39 rasm ) halqa ichki devordan 1-2 mm ichkariga kirishi kerak. Ushbu holatda bu halqalar moy qaytargich vazifasini ham o’taydi. Valdagi zinalar sonini kamaytirish maqsadida podshipnik o’tiradiga diametri (d40mm) ni tanlaymiz. O’q bo’ylab siljishini podshipnik yani va val yelkasi orqali fiksatsiyalanada Zichlovchi prokladkali (qalinligi~1mm) va boboltlarni chizamiz
valning &40dan &32 diametriga o’tishini qopqog’idan 10-15 mm masofaga qo’yamiz (muvta gupchagi podshipnik qopqog’ni maxkamlavchi boltga tiralib qolmasligi uchun) &32 qisim uzunligiga muvta gupchagi uzunligiga qarab tanlanadi. Yetalanuvchi valni ham shu ketma-ketlikda loyihalaymiz. Valni loyihalashda quyidagilarga etibor qilamiz:
G’ildirakni o’q bo’ylabfiksatsiya qilish uchun valni bir tomonini qalinlashtiramiz ikkinchi tomonga vtulka o’rnatamiz. Moy tutuvchi halqani vtulkaga siqilishini (val yelkasiga emas;) taminlash uchun &65 dan &60 ga otish masofasini siquvchi vtulka ichiga 2-3mm kiradigan qilib suramiz.
Reduktor o’q chizigidan L2= masofada o’q chiziq o’tkazib podshipnikni chizamiz, * (Agar alohida ko’rsatmalar bo’lmasa yetaklovchi va yetaklanuvchi vallar podshipniklari o’qlarini bir chiziqda joylashtirsak ham bo’ladi).
L3 masofani tashlaab zanjirli uzatma yulduzchasini chizamiz. Yulduzcha gupchagi bir tomonga chiqaramiz (valni reduktordan chiqish masofasini kamaytirish maqsadida) &60dan &55ga o’tish diametrini podshipnik ichiga 2-3 mm kiritamiz (Vtulkani podshionikning ichki halqasiga tiralishi uchun, valga emas;). Bu haqda yulduzcha gupchagiva podshipnik ichki halqasi orasiga o’rnatib gupchakning
Yulduzchani o’q bo’ylab surilishiga etek qo’yish uchun tetaklovchi valga yon tomondan maxkamlanadi. Shayba gupchak yoniga bir-ikki vint orqali siqiladi. Val cheti va shayba
orasida tortish uchun 2-3 mm joy qoldirilgan bo’lishi kerak. Yetaklovchi va Yetaklanuvchi vallarga ГОСТ 23360-78 ga Muvofiq chetki tomonlari aylanasimon prizmatik shponkalar qo’llaymiz. Gupchaklardan 5-10 mm qisqa qilib shponkalarni chizamiz o’lchash orqali tayanchlar va g’ildirak va yulduzcha orasidagi masofalarni aniqlashtiramiz. Bu masofalarning sezilarli o’zgarishida podshipniklarning ishlash muddatini qaytadan tekshiramiz
89-jadvaldan chetki tomonlari yumaloqlangan prizmatik shponkalarni ko’ndalang kesim o’lchamlarini tanlaymiz (ГОСТ 23360-78)
SHponka materiali PO’LAT-45, normalashtirilgan 8.22-formula bo’yicha mustahkamlik sharti va siqilishdagi kuchlanish: 00000000
Ruxsat etilgan siqilishdagi kuchlanish [r]=100-120 agar u po’lat material bo’lsa; cho’yan uchun esa [r]=50-70MPa. Yetklovchi val, d=32 mm bxh=10x8 mm; t1=5 mm shponka uzunligi L=70 mm(МУВП 500 mm bo’lganda u. 5-jadval). Yetaklovchi valdagibur momrnt T1=182.733*10^3N*mm 00000000
(Material –C420markalicho’yan). Yetaklan val. Tishli g’idirak va yulduzcha ostidagi shponkalardan ko’proq yuklanishga uchraydigani yulduzch ostidagisi chunki yulduzcha vali diametric kichikroq, shunga yarasha shponka o’lchami ham. Yulduzcha ostidagi shponkani tekshiramiz d=55 mm bxh=16x10 mm, t1=6 mm, shponka uzunligi L=80 mm (yulduzcha gupchagi uzunligi 85-mm ). Burovchi moment T3=2244*10^3 N*mm