To`liq bo`lmagan sovuq deformatsiya deb rekristallizatsiya bo`lmagan, biroq
qaytish jarayoni bo`lib ulgurgan holatga aytiladi. To`liq bo`lmagan sovuq
deformatsiya natijasida metall rekristallizatsiya izlarisiz yo`l-yo`l mikrotuzilish,
katta deformatsiyada esa - deformatsiya teksturasi oladi. Uning plastik xossalari
qaytish
bo`lmaganda
deformatsiyalangan
metallga
qaraganda
yuqori,
mustahkamlik xossalari esa bir muncha past.
To`liq bo`lmagan sovuq deformatsiya qaytish boshlanish temperaturasiga
nisbatan katta deformatsiya temperaturalarida bo`lishi mumkin; bunda
deformatsiya tezligi qaytish to`liq ro`y berib ulguradigan bo`lishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |