ATK dagi zararli moddalar
ATK da radiator va benzobaklarni kavsharlashda, akkumulyator
plastinalarini tayyorlash va taьmirlashda qo‘rg‘oshin ishlatiladi.
Qo‘rg‘oshindan zaharlanish surunkali shaklda bo‘ladi. Akkumulyator
tsexlarda yoshi 18 ga yetmagan o‘smirlar va ayollar ishlashi taqiqlangan. Uning
CHREM –0,01 mg/ m
3
, xavflilik sinfi – 1.
Tetraetilqo‘rg‘oshin (TEQ) – kuchli va xavfli zahar, toza holida
ishlatilmaydi etil suyuqligi – antidetonator tarkibiga kiradi; nafas yo‘li va teri
orqali organizmga singadi; CHREM- 0,005mg/ m
3
,xavflilik sinfi– 1.
~ 49 ~
Etillangan benzin ham TEQ singari zaharlaydi, qonga o‘tib , sog‘liqni
umumiy yomonlashtiradi, markaziy asab tizimiga ta’sir etadi.
O‘tkir zaharlanish belgilari bir necha soat yoki sutkadan so‘ng bilinadi . Tez-
tez zaharlanish surunkali tus olib ketishi mumkin. Zaharlanish og‘ir va o‘tkir
darajada bo‘lganida odam xushidan ketadi, nafas olish reflektorlari to‘xtaydi,
tomirlari tortishadi, oyoq-qo‘llar titraydi, balg‘amli yo‘tal paydo bo‘ladi. Surunkali
zaharlanish nevrosteniya, vegetonevroz bilan birga kechadi; CHREM- 100 mg/ m
3
,
xavflilik sinfi– 4.
Uglerod oksidi- SO rangi, mazasi va hidi yo‘q gaz ; odam organizmiga
singib , karboksigemoglobin hosil qiladi; bu hosilaning kislorod tashish xususiyati
yo‘q bo‘lgani sababli kislorod yetishmovchiligi ro‘y beradi; havo tarkibidagi
miqdori 2,5 mg/l dan ortiq bo‘lsa yoki 1,8 mg/l
bo‘lsayu, odam bu muhitda bir soat
davomida nafas olsa, o‘tkir zaharlanib qoladi; CHREM- 20 mg/ m
3
, xavflilik sinfi–
4; oqibatlari: markaziy asab tizimi ishining buzilishi, xotira yo‘qolishi, diqqat
qilolmaslik, funktsional nevrozlar, falajlik, ko‘z pardasiga qon quyilishi.
SO miqdori 0,65 mg/l
bo‘lgan bino ichida uzoq vaqt ishlaganda xushdan
ketish mumkin. Havoda SO ning miqdori katta bo‘lishi hayot uchun xavfli.
Havoda SOning miqdori kam bo‘lsa ham tez-tez va uzoq vaqt nafas olinsa
surunkali zaharlanish sodir bo‘ladi. Buning belgilari: bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi,
uyqusizlik bo‘shashish, xotira buzilishi, befarqlik (anatiya) , uyqu bosish.
SO bilan zaharlanishga qarshi kurash choralari :
- karbyuratorli dvigatellar siyraklangan aralashma bilan ishlashini ta’minlash;
- karbyuratorli va dizelli dvigatellarni qurama neytrallagichlar bilan
jihozlash;
- karbyuratorli dvigatellarni bosim pasayishini rostlagichlar bilan jihozlash;
- dvigatellarning texnik holatini ishonchli nazorat qilib chiqindi gazlardagi
zaharli moddalar miqdorini eng kam miqdorga tushirish.
Akrolein (akroilli adьdegid – SN
2
SNSNO) ATK sining ishlab chiqarish
binolari ichida dizel dvigatellarning chiqindi gazlari bilan birga kiradi; rangsiz,
kuygan yog‘ hidiga o‘xshaydi, kuchli qo‘zg‘atuvchi.
~ 50 ~
Uning hidi taxminan 0,004 mg/l
miqdordan boshlab bilinadi. Yuqori nafas
yo‘llarini qattiq qo‘zg‘aydi, ko‘zni nimpardalarini keskin yallig‘latadi, bosh
og‘rig‘iga, boshga qon ko‘p quyilishiga sabab bo‘ladi. Odam organizmi, akrolein
miqdori 0,007 mg/l
bo‘lganda bir minutdan ortiq chidab turolmaydi, uning
CHREM- 0,2 mg/ m
3
, xavflilik sinfi– 2.
Akrolein ajralib chiqishiga qarshi kurash choralari:
- avtomobillarga texnik xitzmat ko‘rsatish zonalarida ularni konveyer yoki
elektrokaralar yordamida joydan - joyga ko‘chirish;
- mahalliy , havo so‘ruvchi shamollatishni qo‘llash.
Azot oksidlari chiqindi gazlarda oz miqdorda bo‘ladi: NO – oksidi, NO
2
–
ikki oksidi, odam organizmiga yuqori nafas yo‘llari bilan kiradi; zaharlanish
belgilari 6 soatdan keyin yo‘tal, nafas (havo) yetishmasligi, bo‘g‘ilish bilan, ba’zan
o‘pkaning oqishi bilan boshlanadi. Qondagi nitratlar va boshqa nitritlar
oksigemoglobinni metagemoglobinga aylantiradi.
Bosh og‘rig‘i bilan birga kechadigan surunkali zaharlanish ham ehtimol,
CHREM- 5 mgm
3
, xavflilik sinfi– 2.
ATK binolari ichida kuchli mahalliy va umum almashinuv shamollatishi
bo‘lishi kerak.
Benzol (S
6
N
6
) benzinga, hajmi bo‘yicha ko‘pi bilan 25% qo‘shilib,
avtomobil yonilg‘isi sifatida ishlatiladi; o‘tkir va surunkali zaharlashi mumkin;
surunkali zaharlaganda qon tomir devorlarida o‘zgarishlar bo‘ladi, ilikning qon
hosil qilish faoliyati buziladi; boshlanishida bemorlar bosh og‘rig‘i va
aylanishidan, charchoq, uyqu bosishi, asabiylashish, quvvatsizlikdan shikoyat
qiladilar, ba’zan qo‘l terilarida dermatit yoki ekzemalar paydo bo‘ladi. Kuchli
zaharlanishda bosh aylanadi, quloqlar shang‘illaydi, mushaklardan quvvat ketadi,
mast holat seziladi.
Benzolni zich berkitiladigan metall idishda shamollatiladigan omborda yoki
usti berk ochiq ayvonlarda saqlash kerak.
~ 51 ~
Benzin-benzol aralashmasini faqat mexanizatsiya yordamida tayyorlash
ruxsat etiladi; tashqi havo harorati + 40 º S dan ortiq bo‘lganda faqat ochiq havoda
tayyorlash kerak.
Benzolni og‘iz bilan so‘rib tortish qat’iyan man qilinadi. Uni sifonlash
uchun ishchilar rezina ichakli sifon-nasos bilan ta’minlanishi kerak. CHREM- 5
mg/ m
3
, xavflilik sinfi– 2.
Xrom kislotasi (N
2
Sr
3
O
4
) elektrolitik xromlashda ishlatiladi; ko‘p
miqdordagi bug‘lari burun va tomoqning shilliq pardalarini shikastlaydi, burun
ichida yallig‘langan to‘siqlar paydo bo‘ladi. Tomoq shilliq pardalari
kasallanganda kuchli yo‘tal keladi. Xrom kislotasi qo‘l va yuz terilariga zarar
yetkazadi – yo‘qolishi qiyin ekzema toshadi, ko‘rish yomonlashadi. Xrom angidrid
aralashtirishda , oltingugurtli kislota quyayotganda himoyalanuvchi ko‘z oynak
taqish zarur.
Xrom angidriddan kasallanmaslik uchun uni bino ichidan mahalliy
shamollatish yordamida tashqariga chiqarib tashlash kerak; uning CHREM 1 mg/
m
3
, xavflilik sinfi– 2. Xromli eritma ko‘zga sachraganda tezlik bilan natriy
giposulьfidning 1% li eritmasi bilan yuvish kerak. Ishchilar rezina qo‘lqop va
respirator bilan ta’minlanishi kerak. Ishchilar ishga tushishdan oldin burun ichining
shilliq qavatlariga vazelin, qo‘llariga parafin, lanolin va ozgina finon
aralashmasidan tayyorlangan malham surkab olishlari lozim. Ish tugagach, sulьfit
natriyning 5%li eritmasi bilan yuvib tashlash kerak .Har oyda tibbiy ko‘rikdan
o‘tish zarur.
Kislotalardan eng kuchli ta’sir etadigani sulьfat kislota(H
2
SO
4
) , kamrog‘i –
azot kislota (HNO
3
) va vodorod xlorid kislota (HCℓ ). Kislotalar tekkan joyini
kuydirib , terini dermatit hosil qiladi. Buning oldini olish uchun ishdan oldin teriga
yog‘liq malxam surtiladi, kislota tekkan joylarga paxta yo latta bosib
shimdiriladi, so‘ngra suv bilan yuvib tashlanadi. Kislotalar bilan ishlaganda rezina
yo xlorvinil qo‘lqop, movutdan kostyum kiyiladi. Sulьfat kislotaning CHREM - 1
mg/ m
3
, xavflilik sinfi– 2; vodorod xlorid (tuz kislotasi) ning CHREM - 5 mg/ m
3
,
xavflilik sinfi– 2.
~ 52 ~
O‘yuvchi ishqorlar: natriyli (NaON) va kaliliy (KON) avtomobil detallaridan
moyni ketkazib, yuvish uchun ishlatiladi. Ular kuydiruvchi ta’sir o‘tkazadi.
Uzoq vaqt ishlaganda va xavfsizlik texnikasi buzilganda dermatit, terini
qurishi va yorilishi kuzatiladi. Texnologik jarayonlarni mexanizatsiyalash va
avtomatlashtirish zarur.
Kalьtsiylangan soda (Na
2
SO
3
) ham o‘yuvchi ishqorlarga o‘xshab ta’sir etadi,
faqat, kuchsizroq.
Ishdan oldin qo‘llarga yog‘liq malham surtib ish tugagach, iliq suv bilan
sovunlab yuvib tashlanadi. Ishqorlarning CHREM- 0,5 mg/m
3
, xavflilik sinfi– 2.
Atseton (SN
3
SOSN
3
) – efir hidli rangsiz suyuqlik, narkotik xususiyatga ega,
terini qichishtiradi; zaharlanganda boshni og‘ritadi; bosh aylanishi, quvvatsizlik,
yengil mastga o‘xshash holat bo‘ladi.
Atseton taьsiridan saqlanish uchun shamollatish qurish kerak, buning imkoni
bo‘lmasa, shaxsiy himoya vositalarini qo‘llab nafas yo‘llarini va ko‘zni saqlash
kerak..
Bo‘yash tsexining ishlari maxsus kiyimlar, xalat. Kostyum yoki
kombinezon, matodan tikib, polivinilxlorid shimdirilgan pishiq va elastik
qo‘lqopdan foydalanish kerak; CHREM- 200 mg/m
3
,xavflilik sinfi– 4.
Antifriz – sovuqqa bardoshli suyuqlik, etilenglikolning suvli eritmasi sifatida
ishlatiladi.
Etilenglikol (SN
2
ON – SN
2
ON) va uning suvli eritmasi juda zaharli,
markaziy asab tizimi va buyrakka taьsir etadi; ozginasi tasodifan ichga ketib qolsa,
o‘limga olib kelishi mumkin.
Antifizrizdan faqat qatьiy belgilangan maqsadlarda foydalanish kerak;
saqlash va tashish uchun qopqog‘i jips yopiladigan metall bidonlardan va tiqini
burab mahkamlanadigan bochkalardan foydalaniladi. Saqlash va tashish idishlariga
yirik harflar bilan “ZAHAR” deb yozib qo‘yiladi va zaharli moddalar belgisi
tushiriladi. Antifrizni rezina ichak orqali boshqa idishga quyish uchun, havoni
so‘rib tortish mumkin emas. Antifrizli idishlar quruq va isitilmaydigan bino ichida
saqlanadi.
~ 53 ~
Saqlash va tashishda idishdagi barcha teshik qopqoqlari (to‘kish, quyish,
havo) plombalanadi. Hatto antifriz solingan bo‘sh idishlar ham plombalanadi.
Antifriz bilan ishlagandan keyin qo‘llarni sovunlab yuvish kerak. Antifriz
bilan ishlaydigan xodimlar shu ishlar uchun yozilgan qoidalar bilan tanishgan
bo‘lishi shart.
Surkov moylar normal sharoitlarda deyarli bug‘lanmaydi, shuning uchun
ularning odam organizmiga zararli taьsiri terininng ochiq joylariga tegishli, moy
tegaverib eskirgan kiyimni kiyib uzoq vaqt ishlash, moy tarkibidagi yengil neft
mahsulotlarining bug‘ini va moyli tumanda uzoq vaqt nafas olish orqali sodir
bo‘ladi.
Surkov moylari teriga muttasil tegaversa o‘tkir va surunkali teri kasallikgi
yuzaga kelishi mumkin. Moy tarkibida oltingugurtli birikmalar ko‘p bo‘lsa
(oltingugurt va moy biriksa serovodorod – N
2
S hosil bo‘lib, odam juda tez
hushidan ketishi mumkin) o‘tkir zaharlanish holatlari ko‘p uchraydi.
Terini himoyalash uchun ish oldidan, quruq lanolin va provans moyidan
tengma – teng miqdorda aralashtirib tayyorlangan surkamani shimdirish kerak. Ish
tugagach qo‘lni sovunlab yuvib, qurigan qo‘lga yana o‘sha, lanolin aralashmasini
ishqalab shimdirish lozim.
Surkov moylari bilan muttasil ishlaydiganlar har yili tibbiy ko‘rikdan
o‘tishlari kerak.
Epoksid smola ATK larda sirtlarni tekislash, teshik va darzlarni surkab
tashlash uchun ishlatiladi. U teriga tegsa teri kasalligi (ekzema, dermatit) keltirib
chiqarishi mumkin, ayniqsa, ko‘zga tegishi xavfli. Dibutilftalat (DTF) va
polietilenpoliamin (PEPA) ning bug‘lari zaharlanishga olib keladi. DTF ning
CHREM- 0,5 mg/m
3
,xavflilik sinfi– 2.
Epoksid smolalar bilan ishlanadigan, hamma ishlarni havosi tashqariga
so‘rilib turadigan shkaf ichida, qo‘lqop, yenglar va himoya ko‘zoynaklardan
foydalanib bajarish kerak. Smola jips yopiladigan idishda saqlanadi.
Epoksid smola teriga tegsa, qog‘oz salfetka bilan olib tashlash kerak, so‘ng
o‘sha joyni issiq suv bilan sovunlab yuvish, quriguncha artib, vazelin, kanakunjut
~ 54 ~
(kastor) moy yoki maxsus pasta surish kerak. Epoksid smola bilan doim
ishlaydiganlar 2 – yilda 1 – marta, dermatovenerologdan esa – har yarim yilda 1 –
marta tibbiy ko‘rikdan o‘tishi kerak.
~ 55 ~
Do'stlaringiz bilan baham: |