Texnologik jarayonlarni loyihalash vazifasi kо’p variantli turli echimlarga еga. Hatto bitta oddiy berilgan detalь uchun bir-nechta variantda texnologik jarayon loyihasi yaratilishi mumkin. Bu yaratilgan loyihalar texnik talablarini qondirishi ham mumkin. Bularni еffektivliligini va rentabelliligini solishtirib teng baholi bitta yoki bir-nechta variantini tanlab olinadi.
Texnologik jarayonlarni loyihalash murakkab va ish hajmining og’irligi bilan ajralib turadi. Boshqa turli loyihalarga о’xshash texnologik jarayon loyihalash ham bir-necha еtaplarni о’z ichiga oladi. Boshida texnologik jarayonning dastlabki varianti tuziladi, keyingi еtaplarda texnologik hisoblashlar asosida aniqlanib konkretlashtiriladi. Boshlang’ich yaratilgan texnologik jarayon ketma-ket aniqlanishi natijasida oxirgi tugallangan varianti yaratiladi. Tо’g’ri natijaga bir-necha marta urinib aniqlashlardan keyingina yaqinlashiladi. Texnologik jarayonning qanchalik chuqur va tо’g’ri tuzilganligi ishlab chiqarish turiga bog’liq bо’ladi.
Ommaviy ishlab chiqarishda texnologik jarayon mahsulotning (buyumning) har bir detali uchun puxta va batafsil ishlab chiqiladi.
Yakkalab ishlab chiqarishda qisqartirilgan texnologik jarayon ishlab chiqish bilangina cheklaniladi, chunki bu sharoitda batafsil ishlab chiqish iqtisodiy jihatidan о’zini oqlamaydi. Murakkab va qimmat baho detallar bundan istisno, ayniqsa og’ir mashinasozlikda. Bunday detallar uchun texnologik jarayon batafsil ishlab chiqiladi.
Seriyalab ishlab chiqarish sharoitida turli mahsulotlar ishlab chiqilishi sababli kо’pincha guruhli texnologik jarayonlar yaratiladi. Shuningdek kam miqdordagi bir-biriga о’xshash tipdagi detallar uchun tiplashtirilgan texnologik jarayonlar yaratiladi.
Loyihalash jarayoni bir-biriga bog’liq bо’lgan bir qancha еtaplarda bajariladi. Bularga: 1.Detalning ishchi chizmasini va texnik talablarini texnologik nazorat qilish. 2. Ishlab chiqarish turini tanlash. 3.Tanavor olish usulini tanlash va ularga texnik talablar о’rnatish. 4. Bazalar tanlash. 5. Detallarning alohida yuzalariga ishlov berish uchun marshrut tanlash. 6. Detalga tо’la ishlov berish marshrutini tuzish. 7. Amallar mazmunini birlamchi belgilash. 8. O’tuvlararo yoki amallararo qatlamlarni hisoblash, texnologik dopusklar о’rnatish va tanavorlarning texnologik о’tuvlararo (amallararo) chegaraviy о’lchamlarini aniqlash. 9. Amallar mazmunlarini aniqlab olish va amallarni konsentrasiyalash darajasini aniqlash.10.Jihozlar, moslamalar, keskich va о’lchagich asboblar tanlash.11. Ishlov berish rejimlarini о’rnatish. 12.Sozlash uchun muhim о’lchamlarni aniqlash. 13.Tanavorni о’rnatish sxemasini aniqlash va maxsus moslama loyihalash uchun vazifa tuzish. 14.Vaqt normalarini о’rnatish va bajaruvchi ishchilar malakaviy razryadlarini tayinlash. 15.Texnologik hujjatlarni rasmiylashtirishlar kiradi.