130
1-rasm. Gorizontal chang cho’ktirish kamerasi
CHang cho’ktirish kameralari changli havoning tozalashning quruq usuliga
mansub bo’lib, havoni yirik chang zarrachalaridan tozalashda birinchi boskichda
ishlatiladi.
CHang cho’ktirish kameralari paxta tozalash zavodlarida, to’qimachilik va ip
yigiruv fabrikalarida havoni kum, chang, barg va kalta tolalardan tozalashda,
yog’ochni qayta ishlash korxonalarida havoni yog’och kipiklaridan tozalashda,
tsement, oxak, marmar, granit va boshqa qurilish materiallari ishlab chiqarish
korxonalarida havoni changlardan tozalashda keng ishlatiladi. CHang cho’ktirish
kameralari dagal tozalash qurilmalari guruhiga kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: