Issiqxona samarasi va uning oqibatlari
YUqorida atmosferaning quyi qatlami – troposfera haqida gapirib o’tgan edik.
Troposferada ob-havoning barcha hodisalari, shuningdek, suv va boshqa kimyoviy
elementlarning aylanma harakati sodir bo’ladi. Issiqxona samarasi (effekti) ham
aynan troposfera qatlamida ro’y beradi.
Atmosfera havosining o’rtacha harorati Quyosh radiasiyasi miqdori va Er
yuzasidan qaytgan (in’ikos bo’lgan) radiasiya miqdori bilan aniqlanadi. Shu bilan
birga troposferada mavjud bo’lgan turli moddalar (suv bug’lari, bulutlar, aralashma
chang zarrachalari, turli xil gazlar) ning miqdori issiqxona samarasini belgilaydi.
Masalan, troposferada karbonat angidrid (SO
2
), metan, xlor, uglerod, azot oksidlari
va ozon (O
3
)ning mavjudligi tufayli Erdan qaytgan radiasiyaning ma’lum miqdori
yana Erga qaytadi. Ayni shu moddalarning tropasferada mavjudligi sababli hozirgi
vaqtda atmosferaning quyi qismidagi havoning o’rtacha harorati 15° S ni tashkil
qilmoqda. Agar issiqxona samarasi bo’lmaganda harorat minus 30
0
S bo’lishi
mumkin edi.
Atmosferaning yuqori qatlamlarida Erdan qaytgan radiasiya hisobiga havo ma’lum
darajada isiydi va bu harorat qaytadan Erga qaytadi. Natijada sayyoramiz sathi
qo’shimcha miqdorda isiydi. Ushbu hodisa issiqxona samarasi deb ataladi.
Hozirgi paytda mana shu issiqxona samarasini belgilaydigan turli kimyoviy
moddalarning miqdorini atmosfera havosi tarkibida kamaytirish katta ekologik
muammoga aylanib qoldi. Chunki issiqxona samarasi tufayli iqlim o’zgarib
bormoqda. Iqlimning o’zgarishi esa yog’ingarchiliklarni va suv toshqinlarini
vujudga keltirmoqda.
103
Atmosfera havosida karbonat angadrid (SO
2
) gazi aslida 0,032% gina bo’lishi
kerak. Uning 1% ga ortishi biosferada “bug’li qobiqni” vujudga keltiradi va
ekosistemalarga, elektr va magnit maydonlariga katta ta’sir yetadi.
80-chi yillarning boshlarida elektr energiyasi ishlab chiqarish, po’lat quyish va
avtomobillarning harakati natijasida atmosferaga 5 mlrd. t uglerod oksidlari, qariyb
100 mln. t oltingugurt oksidlari va undan bir oz kamroq azot oksidlari chiqarildi.
Uglerod oksidining ko’p chiqarilishi asosan ko’mirni ko’plab yoqilishi bilan
bog’liq neft va tabiiy gazlardan uglerod oksidi nisbatan kam ajralib chiqadi.
Endilikda uglerod oksidlarining atmosferaga chiqarilgan umumiy miqdori 6 mlrd. t
ga etdi.
Tabiiy urmonzorlarning qisqartirilishi is gazi hajmini ko’payishiga sabab
bo’lmoqda. Hozirgi vaqtda yiliga atmosferaga 100 mln. t is gazi, metan va boshqa
moddalar chiqarib tashlanmoqda.
Shuni alohida ta’kidlash kerakki, uglerod gazining tabiatdagi aylanma harakatida
o’rmonlar muhim o’rin tutadi. Daraxtlarni kesilganda ularda to’plangan va
ularning ostidagi tuproqda mavjud bo’lgan uglerod achiydi. Natijada u havoga
ko’tarilib, havodagi is gazi miqdorini ko’paytiradi. Bu jarayon o’tinning yoqilishi
natijasida ham tezlashadi.
Faqat 1860 yildan 1980 yilgacha bo’lgan davr mobaynida atmosferaga 90-180
mlrd. t uglerod oksidlari qo’shilgan. Bu raqamlarni xuddi shu davr mobaynida
ko’mir, neft` va tabiiy gazni yoqish natijasida ajralgan 150-190 mlrd.t uglerod
oksqdlari bilan solishtirish mumkin. Hozirgi vaqtda o’rmonlarni yo’q qilinishi
natijasida yiliga o’rtacha 1,0-2,6 mlrd.t uglerod oksidlari atmosferaga
qo’shilmoqda. Atmosferaga chiqayotgan uglerod oksidlarining 40% i Amerikaga,
37% i Osiyoga va 23% i Afrikaning tropik mintaqalariga to’g’ri kelmoqda. Ushbu
raqamlar oxirgi vaqtlarda o’rmonlardagi daraxtlarning ko’plab kesilayotganligidan
darak beradi. 50-chi yillardan 70-chi yillarning oxiriga qadar dunyodagi
o’rmonlarning umumiy maydoni 2 baravar, ya’ni 60 mln km
2
dan 25 mln km
2
gacha qisqardi. Keyingi 40 yil mobaynida namtropik o’rmonlarning maydoni 2
baravar qisqargan. Buning asosiy sababi rivojlanayotgan davlatlarning 2/3 qism
aholisining uy-ro’zg’or ishlarida daraxtni o’tin qilib yoqib ishlatishidir. Birlashgan
millatlar tashkiloti oziq-ovqat komissiyasining ma’lumotlariga qaraganda, 1980
yilda taxminan 1,2 mlrd oholi o’tindan asosiy yoqilg’i sifatida foydalangan.
Hozirgi paytda o’tinga bo’lgan talabgorlarning soni rivojlanayotgan davlatlarda 2,4
mlrd kishiga yetadi. Ma’lumatlarga karaganda, Afrikada: Burkino-Faso (96%),
Tanzaniya (92%), Malayziya (93%), Nigeriya (82%), Sudan (74%), Keniya (71%);
Osiyoda: Nepal (94%), Indoneziya (50%) Hindiston (33%), Xitoy (25%); Lotin
Amerikasida: Paragvay (64%), Nikaragua (50%), Kosta-Rika (33%), Braziliya
(20%) davlatlari o’tin yoqilg’isidan keng foydalanadilar.
Bundan tashqari, ko’pgina mamlakatlar chorvachilikni rivojlantirish maqsadida
o’rmonlardagi daraxtlarni qirqib, yangi yaylovlar tashkil qilmoqdalar. Shu bilan
birga sanoat korxonalari va yo’l qurilishi maqsadlarida bir vaqtlar odam
o’tolmaydigan quyuq changalzorlar va o’rmonlar qirqilib, aholi yashaydigan
joylari va sanoat korxonalari bunyod qilinmoqda.
104
Shuni alohida ta’kidlash kerakki, xalqaro miqyosda Amazonka daryosi havzasidagi
o’rmonlar katta ekologik ahamiyatga ega. Bu havzada nam tropik o’rmonlar 5 mln
km
2
maydonni egallaydi. Amazoniya ulkan biologik va genetik xudud hisoblanadi.
Bu erda dunyoning 80% o’simlik va hayvonot turlari, 4 ming xil daraxt, 1000 xil
baliq turlari mavjud. Ko’pincha Amazoniyani “sayyoramizning o’pkasi” deb
ta’riflaydilar, chunki o’simliklar dunyosi nihoyat boy bo’lgan bu noyob mintaqada
inson uchun eng zarur kislorod ishlab chiqariladi. Ammo hozirgm paytda
“Amazoniyani qutqaring!” degan shior o’rtaga tashlandi. Gap shundaki, Braziliya
hukumati yangi yaylovlar tashkil kilish, Atlantika bilan Tinch okeanlarini
bog’laydigan transamazoniya tyemir va avtomobil yo’llari qurish, havzadagi yirik
tyemir ma’dani konini ishga tushirish va daryolarga GES qurish maqsadida
o’rmonlarni qirqishga va chet el firmalariga sotishga kirishdi. 80-chi yillarning
o’rtalarida havzada tashkil etilgan yangi yaylovlarning maydoni 10 mln gektarga
etdi. 1988 yilda Amazoniyada 13 mln gektar maydondagi o’rmonlar qirqish va o’t
tushish natijasida yo’q bo’lgan. Hozirgi kunda nam tropik mintaqalarda
o’rmonlarni qirqish yiliga 16-20 mln gektar maydonda sodir etilmoqda, yoki
minutida 34 gektar maydondagi o’rmonlar yo’q qilinmoqda.
Bundan tashqari, troposferadagi is gazi, shuningdek, metan, xlor, ftor, uglerod va
azot oksidlarining ortib borishi Er sharida “bug’li qobiq” yoki issiqxona samarasini
tobora ko’paytirmoqda. Is gazi miqdori 50-chi yillarning oxiriga nisbatan hozirda 2
baravar oshganligi havo haroratining ortishiga olib keldi. Olimlarning bashorat
qilishicha, 2030—2050 yillar orasida havoning o’rtacha harorati 1,5-4,5° S ga
ortishi ehtimoli bor. Agar issiqxona samarasini vujudga keltiruvchi gazlarning
hozirgi tezligi saqlanib qolsa, har 10 yilda harorat 0,2-0,5
0
S ga ortib borishi
mumkin. Bu esa turli ekologik va ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlarga olib kelishi
mumkin. Olimlarning fikricha, haroratning 1-2° S ga ortishi Evropada Arktika
kontinental tundraning to’liq yo’qolishi, Osiyoda esa uning janubiy chegarasi
sezilarli darajada shimol tomonga surilishi kutilmoqda.
Turkiston hududida harorat qishda 1° S ga, yozda 0,5-1,0° S ga o’zgarishi bashorat
qilinmoqda.
Shuni alohida ta’kidlash kerakki, dunyo okeani sathining ko’tarilishi havo
haroratining ortib borishi bilan bog’liq. Dunyo okeani sathining ko’tarilishida 2
jarayonni e’tiborga olish kerak:
1. Okean suvining issiqlik ta’sirida kengayishi.
2. Muzliklarning erishi.
Mutaxassislarning fikricha, keyingi 100 yil davomida okean satxi yiliga 1,2 mm
dan ko’tarilib borgan va uning sathi o’rtacha 17,5 sm ko’tarilgan. Uning yarmi
muzliklarning erishi, qolgan qismi okean suvlarining issiqlikdan kengayishi tufayli
yuz bergan. XXI asrning o’rtalarida okean sathining yana 30-100 sm ga ko’tarilishi
ehtimoli bor. Amerikalik olimlarning bashoratiga qaraganda, 2100 yilga borib
dunyo okeanining sathi 1,4-2,2 m ga ko’tarilishi taxmin qilinmoqda.
Okean sathining bunchalik ko’tarilishi quruqlikning katta qismini suv bosishiga
olib keladi. Xususan okeanlarga qo’yiladigan yirik daryolarning atrofida
joylashgan
mamlakatlar
(Bangladesh,
Fillipin,
Indoneziya),
Evropada
105
Niderlandiya, Daniya va dengiz bo’yidagi past tekisliklarda joylashgan boshqa
mamlakatlarning xududlari suv ostida qolishi ehtimoli bor.
Bundan tashqari, issiqxona samarasini yoki “bug’li qobiq” ni vujudga keltirishda
freonlar faol qatnashadi. Xlor, ftor va uglerod gazlari atmosferada 1950 yillardan
boshlab to’planib, yiliga 5-10% ga ko’payib borayapti. Buning asosiy sababi –
ishlab chiqarish korxonalaridan chiqindi va tashlamalarning atmosferaga
ko’tarilishidir.
Ma’lumotlarga qaraganda, bitta xlor atomi yuz ming ozon molekulasini yo’q
qilishga qodir ekan. Amerikalik olimlarning fikricha, atmosferaga chiqarilgan
texnogen chiqindilar tarkibidagi freon atomlari Er yuzasidan ko’tarilgan issiqlikni
is gaziga nisbatan 20 ming marotaba samaraliroq to’xtatib qolar ekan. Ular 100
yildan so’nt ham saqlanib qolish qobiliyatiga ega.
YUqorida batafsil qayd etilgan global muammolarni va xususan, ozon qatlamining
yemirilishining oldini olish maqsadida xalqaro ahamiyatga ega bo’lgan quyidagi
qarorlar qabul qilindi:
1. 1987 yilda Monreal shahrida 24 mamlakat vakillari tomonidan Monreal
qaydnomasi imzolandi. Unda 1999 yilga kelib barcha mamlakatlarda freon
mahsulotlari ishlab chiqarishni: 50% ga kamaytirishga kelishib olindi.
2. 1989 yil 5-6 martda Londonda “Ozon qatlamini qutqaraylik!” shiori ostida
o’tkazilgan xalqaro konferensiyada 120 mamlakat vakillari ushbu muammoni
tezroq hal qilish yo’llari haqida fikr almashdilar.
3. 1989 yil may oyida 81 mamlakat olimlari, mutaxassislari va davlat arboblari
qabul qilingan “Ozon qatlamini muhofaza qilish Xel`sinki deklorasiyasi” da 2000
yilga qadar freon gazlaridan ishlab chiqariladigan mahsulotlarni bosqichma-
bosqich kamaytirib borish chora-tadbirlari belgilab berildi.
4. Birlashgan Millatlar tashkilotining iqlim o’zgarishi to’g’risidagi Ramkaviy
konvensiyasi 1992 yil Rio-de-Janeroda o’tkazilgan atrof-muhit va rivojlanish
bo’yicha umumjahon konferensiyasida 155 davlatlar tomonidan shartnoma
imzolandi. Ushbu nufuzli shartnomanint asosiy maqsadi-atmosferadagi issiqxona
gazlari miqdorini iqlimga xavfli antronogen aralashuvini oldini oladigan darajada
barqarorlashtirishdan iborat. 1993 yilda O’z.Res. BMT ning iqlim o’zgarishi
Ramkaviy konvensiyasiga qo’shildi.
5. 1998 yil noyabr oyida O’z.Res. Kioto bayonnomasini imzoladi va u 1999 yil 20
avgustida Oliy Majlisning 15 chi sessiyasida ratifikasiya qilindi.
Shuni alohida ta’kidlash kerakki, Ramkaviy konvensiyaga ko’shilgan
mamlakatlarning asosiy majburiyatlari quyidagilardan iborat:
1. Issiqxona gazlari emissiyalari va oqimlari tug’risidagi axborotni berish.
2. Iqlimiy o’zgarishlarni o’rganish.
3. Tabiiy muhit va iqtisodiyot sektorlari zaifligini baholash.
4. Iqlim o’zgarishi oqibatlarni yumshatish va moslashish chora-tadbirlarini ishlab
chiqish.
5. Issiqxona gazlari emissiyasini kamaytirish bo’yicha tadbirlar o’tkazish.
Respublikamizda asosiy issiqxona gazlari SO
2
(66,3%), metan (27,1%) va azot
achimalari (6,6%) hisoblanadi. 1990 yildan 1994 yilgacha bo’lgan davrda
atmosferaga qo’shiladigan tashlamalarning miqdori 5,5% ga kamaygan.
106
Respublikamizda SO
2
ning asosiy manbai energetika (95,2%) hisoblanadi, qolgan
4,8% SO
2
sanoat ulushiga tug’ri keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |