«mashinasozlik texnologiyasi» fakulteti «Texnologik mashinalar va jihozlar»



Download 4,18 Mb.
bet1/62
Sana26.05.2022
Hajmi4,18 Mb.
#609827
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   62
Bog'liq
Payvandlash jarayonlari nazariyasi maruza




O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O`RTA MAXSUS TA'LIM VAZIRLIGI
ANDIJON MASHINASOZLIK INSTITUTI
«MASHINASOZLIK TEXNOLOGIYASI» fakulteti

«Texnologik mashinalar va jihozlar»
kafedrasi

Payvandlash jarayonlari nazariyasi”


fanidan

MARUZALAR KURSI




5320300–Texnologik mashinalar va jihozlar (mashinasozlik va metalga ishlov berish). ta’lim yo‘nalishi talabalari uchun

















Tuzuvchi:
Abdulhakimov Sh.A. "Texnologik mashinalar va jixozlar" kafedrasi katta o‘qituvchisi


Andijon-2020





MUNDARIJA

Bet




Fizikaviy kimyoning asoslari




1

Fizikaviy kimyoning elementlari




2

Fizik-kimyo konstantalari.




3

Gaz aralashmalarida kimyoviy reaksiyalar .




4

Yuqori haroratda kechadigan reaksiyalar uchun entalpiyaning, entropiyaning va erkin energiyaning o`zgarishi.




5

Reaksiya izotermasi tenglamasi.




6

Dissotsiatsiya reaksiyalari uchun dissotsiatsiya darajasi tushunchasi. Molekulyar vodorodning parsial bosimi.




7

Suyuq va gaz fazalari orasidagi fizik kimyoviy muvozanat to`g`risidagi ta’limot asoslari. Gazlarning eruvchanligi




8

Metallarning gazsimon kislorod bilan oksidlanishi jarayonlari




9

Metallning vodorod bilan o`zaro ta’sirlashuvi




10

Metallning azot bilan o`zaro ta’sirlashuvi







Elektr yoy nazariyasi




11

Elektr yoyining elektrod va payvandlash metallariga ta’siri




12

Gazlar va bug`larning ionlanishi




13

Termik ionlanish darajasi




14

Yoy razryadida fizik jarayonlar




15

Katoddan elektronlar emissiyasi




16

Yoyning energetik balansi




17

Elektr yoyning harorati va volt-amper tavsifi




18

Elektrodning qizishi va erishi




19

Yoyda metallni ko`chirishni tadqiqoti usullari va ko`chirishni asosiy shakllari




20

Yoyda amal qiluvchi kuchlar Og`irlik kuchlari.




21

Elektrodinamik kuch.




22

Payvand tokining ko`chirilishiga ta’siri




23

Payvand kuchlanishining ko`chirilishiga ta’siri




24

Payvandlash texnologiyasida payvandlash unumdorligini hisoblash.




25

Kompozitli mikrolegirlangan payvandlash simlari.




26

Payvandlash va eritib qoplash uchun kukunli simlar.







Payvandlashda metallurgik jarayonlar




27

Karbonat angidrid muhitida kam uglerodli po`latlarni elektr yoyi bilan payvandlash usuli




28

Aktiv oksidlarning o`zaro munosabatlari nazariyasi




29

Qoplangan elektrod bilan payvandlash metallurgiyasi




30

Flyus ostida payvandlash metallurgiyasi




31

Payvand shlaklarining fizik-kimyoviy xossalari




32

Kislorodni erigan metalldan chiqarish (qaytarish) nazariyasi




33

Metallarni kisloroddan tozalash.




34

Chok metalini legirlash




35

Payvandlanayotgan choklar metallarini modifikatsiyasi (Birlamchi tuzilmasini maydalash).




36

Kristallanish to`g`risida asosiy nazariy ma’lumotlar.







Jami:________7-semestr'>Jami:







7-semestr




37



Payvandlash vannasi uning hosil bo`lishi va asosiy tavsiflari




38

Payvand choklari birlamchi krisstallanishini tartibga solish metodlari




39

Issiq darzlarning hosil bo`lishi tabiati va mexanizmi




40

Ayrim boshqa omillarning issiq darzlarining paydo bo`lishiga ta’siri.




41

Metallarda gazlar va g`ovaklarning paydo bo`lish mexanizmi




42

Chok metallida shlakli kirishmalar




43

Yuqori legirlangan po`latlarning payvandlanuvchanligi




44

Shefflerning tuzilmaviy diagrammasi.




45

Ferritli yuqori xromli po`latlarni payvandlash




46

Metallning mo`rtlanishga moyilligi.




47

Metall donining o`sishga moyilligi.




48

Austenitli xrom-nikelli po`latlarni payvandlash jarayoni




49

Korrozion mustahkamlik. Mo`rtlanish.




50

Alyuminiy va uning qotishmalarini payvandlash metallurgiyasi va texnologiyasi




51

Oksidli pardani yoy bilan yemirilishi. Payvand chokli metallni modifikatsiyalash. G`ovakliklarga moyillik.




52

Titan va uning qotishmalarini payvandlash metallurgiyasi va texnologiyasi







Jami:





1-MARUZA
Fizikaviy kimyoning asoslari
Fizikaviy kimyoning elementlari
Reja:
1. Gazlarning fizik xossalari va tenglamasi.
2. Botsman doyimiysi.
3. Dalton qonuni.
Asosiy metall qirralarining, qo‘shimcha metallining erishidan va hosil bo‘lgan payvand vannaning kristallanishidan iborat payvand chokining hosil bo‘lishining tez kechuvchi jarayonlari qaytmas jarayonlar xisoblanadi.
Payvandlash xududida yangi moddalar metall va muhit o‘rtasidagi kimyoviy reaktsiya mahsulotlari paydo bo‘lishi mumkin, chunki o‘zining etarlicha yuqori erish temperaturalarida metallar juda katta kimyoviy aktivlikni namoyon etadi.
Elektr yoy yoki gaz payvandlashda chok metallning tarkibini o‘zgartiruvchi payvandlash xududidagi kimyoviy reaktsiyalar yuqori va tez o‘zgaruvchi haroratlar sharoitida yuz beradi.
Payvandlashdagi murakkab metallurgik jarayonlarni o‘rganish va payvandlash xududida yuz beradigan jarayonlarning moxiyatini tushunish uchun fizik kimyo soxasida bilimlarga ega bo‘lishni talab etadi.
Fizik kimyo moddiy tizimlarning tarkibi va xossalarini ular sodir etiladigan fizik sharoitlarga bog’liq holda moddiy tizimlarning tarkibi va xossalarning o‘zgarishi jarayonini ko‘rib chiqadi.
Gazlarning fizik xossalari va tenglamasi
Gazning fizik xolati uchta kattalik: harorat T, bosim P va hajm V tavsiflanadi. Bu kattaliklar bir-biri bilan gaz xolati tenglamasi deb ataluvchi munosabat bilan bog’langan.
Gaz xolati tenglamasi uchta qonun asosida keltirib chiqarilgan:
Boyl-Moriott qonuni, PV = const;
Gey Lyussak qonuni, P = const;
Avogadro qonuni, bu qonunga ko‘ra teng bosim va hatoratlarda barcha gazlarning teng xajmlari bir xil miqdordagi molekulaga ega bo‘ladi.
Bir atmosferaga teng bosimda va selsiy bo‘yicha nol gradusga teng haroratda bir molekula (mol) Vo = 22,4l xajmni egallaydi.
Bir moldagi molekulalar miqdori Avogadro soni yoki doimiysi deyiladi:
No=6,023·1023 ; NА = 6,02·1023
Bu uch qonunni qanoatlanuvchi holat tenglamasi quyidagi ko‘rinishga ega:
PV= nRT (1)
Bunda P –gaz bosimi, atm. xisobida;
V –gaz xajmi, l xisobida; n –gaz mollari miqdori; R –gaz doimiysi.
Gaz doimiysi gazning o‘zgarmas bosimda uni bir gradus isitganda gazning kengayishi ishini ifodalaydi.
Agar tenglamaga molyar xajm kiritilsa:
V= ,
u holda p =RT (2)

tenglamani olamiz, R=8,31


Agar gaz doimiysini gaz bitta molekulasiga nisbatini olsak Boltsman doimiysi deb ataluvchi yangi doimiyni hosil qilamiz:
=1,38·10-16 ; K=1,38·10-23
Berilgan temperaturada gaz molekulasining ilgarilanma xarakati o‘rtacha kinetik energiyasi quyidagiga teng:
(3)
Dalton qonuni
Gaz bir-biri bilan aralashtirilganda bir jinsli aralashmani hosil qiladi. Aralashmadagi xar bir gaz shu xajmda boshqa gazlar bo‘lmagandagi xossalarni saqlab qoladi. Bundan kelib chiqib, Dalton qonuni bunday ifodalanadi: gaz aralashmasining umumiy bosimi aralashmaga kiruvchi barcha gazlarning partsial bosimlari yig’indisiga teng:
Pаr = ∑Pi (4)
Pi –aralashmadagi aloxida gazning partsial bosimi.

Download 4,18 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   62




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish