Tayanch so’zlar: 1. Aniqlik. 2. Sinov qirindisi. 3. O’lchash. 4. Xatolik. 5. Sozlash. Limb. 7. Aniqlikka avtomatik erishish.
Aniqlik tushunchasi
Tanavor yoki detalning aniqligi deb, ularning haqiqiy o’lchamlarini ishchi chizmadagi, nusxasidagi yoki etalonidagi o’lchamlariga mos kelish darajasiga aytiladi.
Mexanik ishlov berish natijasida turli omillar ta’siridan turlicha noaniqliklar va shakl xatoliklari kelib chiqadi. Masalan, bunday shakl xatoliklarni silindrik val tipidagi detallarda ko’rishimiz mumkin, silindrik sirtda bo’ylama kesimi yo’nalishi bo’yicha bochkasimon, egarsimon va konussimon shakl xatoliklari va ko’ndalang kesimi bo’yicha ovalsimon hamda ko’pqirralik shakl xatoliklari bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |