Mashinasozlik texnologiyasi fakulteti mashinasozlik texnologiyasi kafedrasi mashinasozlik texnologiyasi


Aniqlikni nuqtali diagrammalar qurish asosida tekshirish usuli



Download 0,95 Mb.
bet38/89
Sana31.12.2021
Hajmi0,95 Mb.
#253438
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   89
Bog'liq
Mashinasozlik texnologiyasi fakulteti mashinasozlik texnologiyas

5. Aniqlikni nuqtali diagrammalar qurish asosida tekshirish usuli

Tabiiy egri chiziq taqsimoti usuli berilgan texnologik amalni bajarilish aniqligiga ob’ektiv baho berishda yaxshi natijalar beradi. Biroq, bu usulni qo’llaganda kam sonli tanavorlarni ishlash ketma-ketligini hisobga olmaydi, qaysi detal oldin ishlangan, qaysi detal keyin ishlangan bundan qat’iy nazar detallar aralashmasiga hukm chiqariladi. Bundan tashqari, egri chiziq taqsimoti har bir xatolikni jarayonga ta’sir qilish sababini aniqlash imkonini bera olmaydi. Egri chiziqni qurib, tahlil qilib uning cho’qqisi qaysi tomonga siljib qolishiga qarab doimiy sistematik xatolikni (sozlash xatoligini) aniqlash mumkin. Biror qonuniyat asosida o’zgaruvchan xatoliklarga kelsak, ularni egri chiziqning shakl o’zgarishiga qarab bilamiz. Avval ko’rsatilganidek, keskichning intensiv eyilishi ta’siridan Gauss egri chizig’i yassi cho’qqi shaklidagi egri chiziqqa aylanadi. Biroq, o’rta kvadrat og’ishlarini hisoblashda qonuniy o’zgaruvchan xatoliklarni hisoblash tasodifiy xatolikni hisoblashdan farq qilmaydi.Bu holda, sistemani u yoki bu xatoliklari sabablarini tekshirishda va ularni yo’qotish imkoniyatlari kam.

Aniqlikni tekshirishning boshqa usuli nuqtali diagrammalar qurishga asoslangan. Gorizontal o’qi bo’yicha, stanokdan qaysi tartibda tayyor bo’lib chiqsa shu tartibda ishlanuvchi detallarning tartib nomerlari belgilab qo’yiladi, vertikal o’qi bo’yicha esa nuqtalar ko’rinishida detallarni o’lchash natijalari belgilab boriladi.

Bunga o’xshash diagrammalarni hox bir detal uchun hox ketma-ket ishlanuvchi partiya detallari uchun qurish mumkin (7.8, a-rasm).

Shunga o’xshash diagrammalar uzunligini qisqartirish mumkin, agarda, gorizontal o’qi bo’yicha detallarning tartib nomerini emas balki detallar guruhlari nomerlarini belgilasak, shuningdek bu guruhlardagi detallarning soni ham stanoklardan tushirilish tartibida bir xilda bo’ladi (7.8, b-rasm).

7.8, v-shaklda, vertikal o’qi bo’yicha har bir guruhga kiruvchi detallar o’lchamlarining o’rtacha arifmetik qiymati belgilangan diagramma ko’rsatilgan. Bu anglab olish ancha yaxshi bo’ladi.

7.8, v-shakldan, keskich eyilishini uzluksiz o’tishi va stanokni periodik sozlanishi natijasida o’lchamlar o’zgarishlarining periodikligi yaqqol ko’zga ko’rinib turibdi. Nuqtali diagrammalar xususiyatini, sanoatda mahsulotlarni statistik nazorat qilish usulini qo’llashning rivojlanishiga bog’liq holda batafsil o’rganila boshlandi.

Bu usulning mohiyati shu xulosaga olib keladiki, ya’ni berilgan mahsulotni tayyorlash jarayonida periodik ravishda soni ikkitadan o’ntagacha bo’lgan detallar olinadi.




7.8. Rasm. Nuqtali diagrammalar



7.9. Rasm. Statistik nazorat uchun nazorat diagrammasi

Universal asboblarda o’lchanuvchi bu detallarni o’lchash natijalari, tezlikda hisob-kitob qilinadi va maxsus (nazorat) diagrammaga kiritiladi. Bu diagrammada berilgan vaziyatda bajariluvchi o’lchamlarni umumiy o’zgarish tendensiyasini ikkita parallel a-a dopusk maydonini chegaralarini aniqlovchi va b-b to’g’ri chiziqlar guruxlar o’rtachalarini taqsimot maydonini aniqlovchi va nazorat to’g’ri chiziqlari deb ataluvchi chiziqlar ko’zda tutilgan (7.9-rasm). Bu shakl bo’yicha, avval ishlash jarayoni o’zgarishsiz normal o’tadi va siniq chiziq nazorat chiziqlaridan chetga chiqmaydi.

A guruhini nazorat qilinganda siniq chiziqning nazorat chizig’idan chetga chiqishi kuzatiladi. Bu stanok asbobini rostlash va almashtirish bilan yoki tayanchlarni holatini tekshirish bilan sozlash uchun signal bo’lib hizmat qiladi.

Nazorat diagrammalarida na faqat gruppaviy o’rtachalarigina, balki, ishlov berish jarayonini stabilligini tavsiflovchi boshqa parametrlar ham kiritilishi mumkin.

Hozirgi zamonda statistik nazorat usullari kompьyuter va avtomatik priborlarning keng qo’llanilishi natijasida yana ham takommillashtirilgan.

Avtomatlashtirilgan ishlab chiqarishda, jarayonni avtomatik boshqaruvchi va statistik o’lchab, tahlil qilib, bir zumda tuzatishlar kirituvchi avtomatik pribor va qurilmalar keng qo’llanilmoqda.

Statistik usullarni qo’llashda nazoratchilarning soni sezilarli darajada kamaymoqda, chunki faqat 5-10 % detallargina nazorat qilinadi xolos.

Texnik adabiyotlarda, yuqorida keltirilgan usullardan tashqari, detallar to’plamlari o’lchamlarining egri chiziq taqsimoti parametrlari bo’yicha o’zgaruvchan xatoliklarni ta’sirini aniqlovchi aniqlik diagrammasi deb ataluvchi diagrammalar qurish usuli ham bor. Ularning kamchiligi ham ko’p sonli detallarni o’lchab, statistik ma’lumot to’plash asosiga bog’liq bo’lgan murakkab jarayonlarni bajarishdan iboratdir.

Download 0,95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   89




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish