Mashinasozlik texnologiyasi fakulteti mashinasozlik texnologiyasi kafedrasi mashinasozlik texnologiyasi


Donabay vaqt formulasi va uning tashkil etuvchilari



Download 1,59 Mb.
bet16/54
Sana06.07.2022
Hajmi1,59 Mb.
#748785
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   54
Bog'liq
MASHINASOZLIK

6. Donabay vaqt formulasi va uning tashkil etuvchilari
Operativ vaqt (top.) deb, asosiy va yordamchi vaqtlar yig’indisiga aytiladi.
top= ta + tyor (3.1)
Avtomatlashtirilmagan ishlab chiqarish uchun donabay vaqt quyidagi tenglik bo’yicha aniqlanadi:
tdb = ta + tyor + ttash + tteh + te (3.2)
bunda: ta - asosiy vaqt (mashina vaqti); tyor- yordamchi vaqt; ttash-ishchi joyga tashkiliy xizmat ko’rsatish vaqti; tteh-ishchi joyga texnik xizmat ko’rsatish vaqti; te - ishchining shaxsiy htiyoji uchun sarflanuvchi vaqt.
Asosiy vaqt, bevosita ishlanuvchi tanavor o’lchamlarini, shaklini, fizik-mexanik xossalarini yoki tashqi ko’rinishini o’zgartirish (dastgohlarda ishlash, bolg’alash, slesarlik va boshqa ishlov berishlar) yoki yig’uv ishlarida detallarni birlashtirish uchun sarflanadi.
Dastgohlarda tanavorlarga ishlov berilganda asosiy vaqtni hisoblash uchun quyidagi formuladan foydalaniladi,
ta = Lx x i / Sm, min. (3.3)
Bu erda: Lx - ishlov berishning hisobli uzunligi (keskich asbobni surish yo’nalishida bosib o’tuvchi yo’l masofasi), mm.; i - keskich asbob ishchi yurishlarining soni; Sm - keskich asbobning minutlik surilishi, mm / min.
Кeskich asbobning, tanavorga ishlov berishidagi hisobli uzunligi quyidagicha aniqlanadi (3.1-rasm):
Lx = Lke + Lk + Lz + Lch,
bunda: Lke- keskichni tanavorga urulishini hisobga oluvchi yaqin keltirish masofasi; Lk, Lch - keskichni tanavorga kirish va undan chiqish masofasi; Lz - tanavor uzunligi;
Yordamchi vaqt tyor - asosiy tehnologik vaqtni ta’minlashda qatnashuvchi vaqt bo’lib, bunga masalan tanavorni yoki yig’iluvchi birikmani o’rnatish va bo’shatib tushirish, dastgohni yoki yuk ko’targichni yuritish va to’xtatish, amalni bajarishda bir rejimdan ikkinchisiga o’tkazish, tanavorni o’lchash yoki yig’ilma birlikni sifatini nazorat qilish va boshqalar kiradi. Yordamchi vaqt qoplanuvchi yoki qoplanmovchi bo’lishi mumkin. Agarda, yordamchi vaqt ishlov berish jarayonida bajarilmasa (masalan: ishlov berilgan tanavorni tushirish va o’rniga boshqasini o’rnatish), bunday yordamchi vaqt qoplanmovchi vaqt deyiladi.
Qisman asosiy ish vaqtida bajarilsa, bunday yordamchi vaqtga qoplanuvchi deb yuritiladi.



a)

b) v)
4.2.Rasm. Asosiy (ta) vaqtni hisoblash uchun detallarga ishlov
Berish sxemalari: a)-tokarlik, b)-frezalash, v)-parmalash.
1-planshayba, 2- bikr markaz, 3- hamut, 4- val, 5- aylanuvchi
markaz, 6- ketingi babka, 7- Кeskich asbob.

Meyoriy vaqtini hisoblashda yordamchi vaqtning faqat qoplanmovchi bo’lagigina hisobga olinadi, qaysiki mashina vaqti bilan qoplanmaydi. Yordamchi vaqtni, shu korxonada mavjud bo’lgan normativ empirik formulalar asosida yoki hronometrik o’lchab, kuzatishlar asosida hisoblanadi.
Ishchi joyga tashkiliy hizmat ko’rsatish vaqti ttash,- smena almashish vaqti ichida ishchi joyga qarab turish (dastgoh, mexanizmlarni tozalash va moylash, smena almashish boshlanishi va oxirida asboblarni taxlash va tozalash, ishchi joyni tozalash va boshqalar) uchun sarflangan vaqtlarni o’z ichiga oladi.
Ishchi joyga tashkiliy hizmat ko’rsatish vaqtini normativlar asosida belgilanadi va ko’p hollarda amal uchun sarflanuvchi operativ top-vaqtining foyizi hisobida (0,6 - 8%) olinadi.
Ishchi joyga texnik xizmat ko’rsatish vaqti tteh, - asosan keskich asbobni bir necha bor charxlab o’tkirlab kelish, uni bir-necha bor sozlash va singan-ishga yaroqsiz bo’lganini yangisiga almashtirib kelish uchun sarflanuvchi vaqt bo’lib, u ham operativ vaqtning foizi sifatida normativlardan olinadi yoki aniqrog’i quyidagi formula bilan hisoblanadi:
tteh = (tch*kch + ts*ks + T) / n, min. (3.4)
Bu erda: tch - keskich asbobni charxlash uchun sarflanuvchi vaqt; kch - keskich asbobni charxlashlar soni; ts - keskich asbobni kerakli o’lchamga sozlash vaqti; ks - keskich asbobni sozlashlar soni; T - ishga yaroqsiz bo’lgan keskich asbobni yangisiga almashtirib kelish uchun sarflanuvchi vaqt; n - keskich asbob bilan ishlangan detallar soni.
Ishchini shaxsiy ehtiyoji uchun sarflanuvchi vaqt te, ishlab chiqarishdagi gimnastika mashg’uloti qonun bilan belgilanib, operativ vaqtning foizi hisobida olinadi. Mexanika sexlari uchun te, operativ vaqtning 2,5% atrofida olinadi.

Download 1,59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   54




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish