Mashinasozlik tехnologiyasi


-rasm. Zagotovkalarni avtomatik uzatish sistemasi



Download 2,34 Mb.
Pdf ko'rish
bet143/188
Sana31.12.2021
Hajmi2,34 Mb.
#253435
1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   ...   188
Bog'liq
raqamli dasturda boshqariladigan texnologik zhixozlari va tizimlari

9-rasm. Zagotovkalarni avtomatik uzatish sistemasi 
 


4-MAVZU: RDB STANOKLARNING KOORDINAT TIZIMI.  
RDB  stanoklarning  koordinata  o‗qlari  va  ularning  musbat 
yo‗nalishlarini tanlash. Approksimatsiya va interpolyasiya usullari.  
RAQAM DASTURLI BOSHQARILUVCHI (RDB) DASTGOHLAR 
UCHUN DASTUR TUZISHDAGI ASOSIY TUSHUNCHALAR 
Horijiy  davlatlar  mashinasozlikni  rivojlantirishga  katta  e‘tibor  beradilar. 
Mashinasozlikning  rivojlantarishning  asosiy  yo‗nalishi  texnologik  jarayonlarni 
avtomatlashtirishdir. 
RDB  qurilmalari  ishlab  chiqarish  jarayonini  avtomatlashtirish  bilan  bir 
qatorda  ishlab  chiqarish  unumdorligini,  mahsulotning  sifatini  oshiradi, 
qurilmalarni  sozlash  va  rostlash  vaqtini  keskin  kamaytiradi.  Keyingi  paytda 
RDB  metall  kesish  dastgohlarini  yaratishga  katta  ahamiyat  berilyapti.  RDB 
dastgohlarini  effektiv  ishlatish  uchun  dastgohning  ishlash  prinsipi,  boshqarish 
qoidalari,  kesish  tartibi,  asbob  va  moslamani  tanlash,  boshqarish  dasturini 
tayyorlash va h.k. larni bilish kerak. 
Zamonaviy  RDB  dastgox  -  bu  yuritmalardan,  holat  datchiklaridan, 
tezliklardan,  asboblarni  avtomatik  joylashtirish  qurilmasidan,  zagotovkadan  va 
mikroprotsessorli  RDB  qurilmasidan  tashkil  topgan  murakkab kompleks. RDB 
stanoklarda  boshqariladigan  har  bir  koordinatalarida  hamma  ishchi  (asosiy  va 
surish)  harakatlari  uchun  avtonom  yuritmalar  qo‗llaniladi.  RDB  qurilma 
boshqarish  dasturida  berilgan  qonun  (algoritm)  bo‗yicha  ishchi,  asbob  va 
zagotovkaning  shakl  hosil  qiluvchi  harakatlarining  mosligini  ta‘minlaydi. 
Shuning  uchun,  yuritma  bilan  tashqi  kinematik  bog‗lanish  mikroprotsessorli 
hisoblash  texnikasi  va  dastgohlar  orqali  ta‘minlanadi,  boshqarish  dasturi  esa 
organlarni sozlash funksiyasini bajaradi. 
Shunday qilib, raqam dasturli boshqariladigan dastgoh bu avtomatik tizim 

AT

  bo‗lib,  ikkita  o‗zaro  bir-biri  bilan  bog‗langan  qismdan  iborat:  raqam 
dasturli boshqariladigan qurilma (RDBQ) va boshqariladigan ob‘ekt-dastgohdan 
iborat. 
 
RDB dastgoh tizimining funksional sxemasi. 
bu  yerda:  БД-boshqarish  dasturi;  ДЮ-dastur  yurituvchi;  БA-boshqarish 
axborotlari; У-boshqaruvchi axborot; AT-avtomatik tizim. 


Metall  kesish  dastgohlarida  ishlov  berilganda  detal  va  kesuvchi  asbob 
o‗zaro  muvofiq  harakat  qiladi.  Kesuvchi  asbobning  markazi  detalga  nisbatan 
ma‘lum  traektoriya  bo‗yicha  harakat  qiladi.  Asbobning  markazi  deb,  harakati 
dasturlanadigan  asbobning  nuqtasiga  aytiladi.  Shakliy  frezerlashda  frezaning 
markazi  yoki  tokarlik  keskich  uchining  markazi  ekvidistanta  deb  ataladigan 
traektoriya bo‗yicha harakat qiladi. 
Ekvidistanta – detal shaklidan bir xil masofada bo‗lgan traektoriyadir. U 
ayrim  o‗zaro  ulanuvchi,  geometrik  elementlardan-to‗g‗ri  chiziq,  yoy,  ikki  va 
yuqori  darajali  egri  chiziqlardan  tuzilgandir.  Elementlarning  ulanish  nuqtalari 
tayanch  yoki  hisoblash  nuqtalari  deyiladi.  Mashinasozlikda  dastgohlarni 
boshqarishda raqam dasturli boshqarish tizimlari qo‗llanilyapti. Ularni RDB deb 
atalishiga  sabab,  dastgoh  ishchi  organlarining  siljish  qiymati  raqam  bilan 
beriladi. Bunda har bir axborot birligida ishchi organi ma‘lum miqdorga siljiydi, 
buni  impuls  miqdori  yoki  diskretasi  deyiladi.  RDB  tizimining  diskretasi 
dastgohning  aniqligini  belgilaydi.  Ishchi  organini  diskretaga  bo‗linuvchi  har 
qanday miqdorga siljitish mumkin.  
RDB dastgohi – dastgoh ishchi organlarining harakatini, tuzilishi, ishlash 
ketma – ketligini, kesish tartibini, asboblarni avtomatik almashtirish, yordamchi 
funksiyalarni dastur bo‗yicha boshqarish demakdir. RDB dastgohi – dastgoh va 
RDB  qurilmasidan  iborat.  RDB  qurilmasi  boshqarish  dasturiga  asosan 
dastgohning  ishchi  organlariga  boshqaruvchi  ta‘sir  ko‗rsatadi.  Boshqaruvchi 
dasturda  geometrik  va  texnologik  axborot  bo‗ladi.  Boshqaruvchi  dastur 
dasturnomaga 
yoziladi. 
Geometrik 
axborotda 
tayanch 
nuqtalarining 
koordinatalari,  texnologik  axboroti,  asbobning  turi  (raqami),  tezligi,  surish  va 
h.k.  bo‗ladi.  Dasturnoma  sifatida  asosan  sakkiz  qatorli  qog‗oz  perfolenta 
ishlatiladi. Dasturnomaga axborot kadrlar ketma – ketligi tarzida yoziladi. 
Tekislikdagi har – bir nuqta X, Y koordinatalari qiymati bilan aniqlanadi, 
bu  esa  dastgoh  ishchi  organlarining  shu  koordinatalar  bo‗yicha  siljishini 
ko‗rsatadi.  Dasturda  nuqtalarning  koordinata  qiymatlarini  ko‗rsatuvchi 
(diskretada)  raqamlar  oldida,  albatta,  manzil  X,  Y,  Z  va  h.k.  harflari  va  ishora 
(«+» yoki «-») yoziladi. Masalan, agar raqamlar oldida X harfi bo‗lsa, raqamlar 
X  o‗qi  bo‗yicha,  agar  Y  bo‗lsa,  raqamlar  Y  o‗qi  bo‗yicha  va  h.k.  siljishlar 
miqdorini ko‗rsatadi. 
Texnologik  axborot  ham  manzil  –  lotin  harflari,  hamda  harfdan  keyin 
raqamlar  yordamida  dasturnomaga  yoziladi.  Masalan:  F0612.  F  harfi  surishlar 
manzili, 0 – raqami surish tartibi, qolgani surish tezligini ko‗rsatadi. 
N009 – N – kadr raqami manzili, 009 – 9 – kadr. 


TOZ – T – asbob manzili, 03 – 3 – asbob. 
S – harfi shpindelning aylanish chastotasi manzili va boshqalar. 
Respublikamizda manzillarning harflar bilan belgilanishi xalqaro standart 
bilan bir xildir. 
Dastgoh ishchi organlarining ikki tayanch nuqta oralig‗idagi siljish uchun 
kerakli axborot bitta kadrda yoziladi. Kadr so‗zlardan iborat bo‗lib, har bir so‗z 
bitta ishchi organga tegishli axborotdir. Kadr bitta yoki ko‗p so‗zlardan tashkil 
topadi. 
Kadrning tarkibiga misol: 
N001 G01 X+002000 V-020000 PS 
1 – so‗z 2 – so‗z 3 – so‗z 4 – so‗z 
1 - so‗z kadrning raqami, 
2 – so‗z chiziqli interpolyasiya, 
3 – so‗z X o‗qi bo‗yicha +20 mm siljish, 
4 – so‗z Y o‗qi bo‗yicha -200 mm siljish, 
PS – kadr oxiri simvoli (belgisi). 
SHu  kadrning  dasturnomaga  yozilishi  1  –  rasmda  keltirilgan.  Eng  ko‗p 
axborot  yozilishi  mumkin  bo‗lgan  kadrning  strukturasi  kadrning  formati 
deyiladi. Format so‗zlarning axborot hajmi, soni va ketma – ketligini aniqlaydi. 
Odatda  RDB  qurilmasi  qo‗llanmasida  kadrda  manzillarning,  ya‘ni  so‗zlarning 
tartibi,  kadrda  so‗zlarning  eng  ko‗p  mumkin  bo‗lgan  soni,  har  bir  so‗z  uchun 
dasturnomada ajratilgan satrlar soni, ya‘ni kadrning formati keltiriladi. 
Format quyidagicha yoziladi: 
N3; G2; X±6(5,4); Y±6(5,4); Z±6(5,4); I+6(5,4); J+6(5,4); K+6(5,4); F5; 
S3; T3; M3; L2; D+6(5,4);PS. 
Harfdan  keyingi  raqamlar  so‗zning  raqamlar  bo‗lagining  razryadini 
ko‗rsatadi. Masalan: N harfidan keyin uch razryad (N001, N002,…, N999), G 
dan keyin ikki razryad (G01,G02…., G99). 
RDB  dastgohlarida  ishlov  berish  dasturlari  uchun  bir  qator  kodlar 
yaratilgan.  RDB  raqam,  harf  va  boshqa  belgilar  sistemasini  taqdimlash 
dasturlash  kodi  deyiladi.  Kod  raqamlar,  xarflar  va  boshqa  belgilar  bilan 
dasturnomada  tezliklar  kombinatsiyasi  orqali  yozilgan  dastur  orasidagi 
bog‗lanishni  o‗rnatadi.  Eng  ko‗p  qo‗llaniladigan  xalqaro  standart  talablariga 
to‗g‗ri keladigan kod ISO – 7bit dir (1 - jadval). 


 
1 – rasm. Dasturnoma bo‗lagi. 

Download 2,34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   ...   188




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish