Mashinasozlik tехnologiyasi


-MA‟RUZA  KIRISH. MASHINASOZLIK BO‗YICHA MUTAXASSISLARNI  TAYYORLASHDA FANNING O‗RNI VA AHAMIYATI.  MAVZU REJASI



Download 2,34 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/188
Sana31.12.2021
Hajmi2,34 Mb.
#253435
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   188
Bog'liq
raqamli dasturda boshqariladigan texnologik zhixozlari va tizimlari

1-MA‟RUZA 
KIRISH. MASHINASOZLIK BO‗YICHA MUTAXASSISLARNI 
TAYYORLASHDA FANNING O‗RNI VA AHAMIYATI. 
MAVZU REJASI: 
1.1. 
KIRISH. 
RAQAMLI 
DASTURDA 
BOSHQARILADIGAN 
TEXNOLOGIK  JIHOZLARNING  TEXNIKA-IQTISODIY  ASOSLARI 
HAQIDA UMUMIY MA‟LUMOTLAR.  
1.2. 
STANOKLAR, 
ROBOTLAR 
VA 
TIZIMLARNING 
KLASSIFIKATSIYASI, 
STRUKTURASI 
VA 
TARKIBIY 
ELEMENTLARI. 
1.3.  TEXNOLOGIK  OPERATSIYALARNI  BAJARISH  VA  ISHLAB 
CHIQARISHNI TASHKIL ETISH BO„YICHA XUSUSIYATLARI. 
1.4. TURLI XILDAGI DETALLARGA ISHLOV BERISH XOSLIGI. 
1.5.  TIZIMLARNING  ISHONCHLIGI  VA  ANIQLIGINI  OSHIRISH 
YO„NALISHLARI.  
MA‟RUZA QISMI. 
1.1. KIRISH. RAQAMLI DASTURDA BOSHQARILADIGAN 
TEXNOLOGIK JIHOZLARNING TEXNIKA-IQTISODIY ASOSLARI 
HAQIDA UMUMIY MA‟LUMOTLAR. 
Ishlab    chiqarishning    teknik    saviyasini  va  sifat    ko‘rsatkichlarini  
oshirishda xalq  xo‘jaligi  barcha  sohalarining  asosi  hisoblangan  mashinasozlik  
juda muhim, asosiy  ahamiyatga  ega. Mashinasozlikni  rivojlantirishning  asosiy 
yo‘nalishlaridan biri  texnologik  jarayonni  avtomatlashtirishdir.  Dastur  bilan 
boshqariluvchi uskunalar  avtomatlashtirishning  eng  samarali  vositalaridan  biri 
bo‘lib,  ular  ishlov  berish    jarayonini    avtomatlashtirishni    ,  jihozni    sozlash  
vaqtini qisqartirishni , ko‘p stanoklarda  ishlash  imkoniyatini, mahsulot  sifatini, 
mehnat unumdorligi  va  ishlab chiqarish   madaniyatini  oshirishni  ta‘minlaydi. 
Dastur    bilan    boshqariluvchi    stanoklar    mashinasozlikning    deyarli  
barcha  sohalarida    buyumlarni    bittalab,  kichik    seriyalab    va    seriyalab    ishlab  
chiqarishda  keng    qo‘llanilmoqda.  Mikroprotsessor    bilan    jihozlangan  
uskunalar, RDB stanoklar,  ko‘p  vazifali  stanoklar  va  boshqalar  soni  ortib  
bormoqda.    RDB  stanoklarini    sanoat    robotlari    (  SR  )    bilan    birlashtirish  
asosida    odamsiz  texnologiya    rejimida    ishlovchi    robotlashtirilgan    texnologik  
komplekslar    (RTK)  yaratilmoqda.  Avtomatik    omborlari    bo‘lgan      RTK    ning  
rivojlanishi    (transport  sistemalari    yordamida  )    EHM  dan    boshqariluvchi    va  
yangi  buyum  tayyorlashga o‘tishda  uskunani  tezda  qayta  sozlash  imkonini  
yaratuvchi    moslanuvch  avtomatlashtirilgan    ishlab    chiqarishlar    yaratishga  
imkon  beradi.  RDB stanoklarini  yaratish  va  joriy  qilish  mashinasozlik  ishlab  
chiqarishini avtomatlashtirishning  asosiy  yo‘nalishidir. 


Bajaradigan  ishi  va  qo‘llaniladigan  kesish  asboblariga  ko‘ra  stanoklar 
to‘qqiz  gruppaga  bo‘linadi, bu  gruppalarning  har  biri  to‘qqiz  tipga  bo‘linadi. 
Seriyalab   ishlab    chiqarilgan    stanok    modelining    belgisi   uch-to‘rt    raqamdan 
iborat, zarur  bo‘lganda  bu  raqamlarga  harf  ham  qo‘shib  yoziladi. Birinchi 
raqam    stanok    gruppasini,  ikkinchisi  –  stanokning    tipini,  uchinchisi  – 
stanokning asosiy  parametrini  bildiradi. Masalan, 2H125  modeldagi  vertikal-
parmalash  stanogining    belgisi    bunday  o‘qiladi:    2-parmalash  stanogi;  H-
modernizatsiya  qilingan;  1-vertikal;  25-ana    shu    stanok  bilan  po‘latda  
parmalanadigan teshikning eng katta diametri, mm. 
Dastur    bilan    boshqariluvchi    stanoklar    modellarining    belgisiga  F harfi  
va  raqam  qo‘shib  yoziladi,  masalan:  F1  (raqamli  indikatsiyasi  va  dastlabki 
koordinatalar to‘plami bo‘lgan  stanoklar), F2  ( pozitsion va to‘rtburchak RDBQ 
li  stanoklar)  ,  F3  (  konturli    RDBQ  li    stanoklar  )  ,  F4  (pozitsion  -  konturli  
RDBQ  li  stanoklar)  .  Masalan,  6Ф13Ф3    modeldagi  stanok    uchinchi    tip  
o‘lchamli    stol    va  konturli    RDBQ    bilan    ta‘minlangan  konsolli  –  vertikal  
frezalash  stanogidir. Siklli dastur  bilan  boshqariluvchi  stanoklar  modellarining  
belgisiga  S  harfi, operativ RDBQ li stanoknikiga  esa T harfi kiritiladi. 
Ishlov  beriladigan detal  chizmasida berilgan  parametrli sirt hosil bo‘lishi 
uchun  asbob  bilan  zagatovkaning    harakati  o‘zaro    mos  bo‘lishi  kerak.  Dastur 
bilan  boshqariluvchi    stanok    bu    ikki  asosiy  harakat:  asosiy  va  surish 
harakatlarini amalga oshiruvchi  mexanizmga ega. 
Kesish  tezligi  v  ni  belgilovchi  harakat  asosiy  harakat  deyiladi,  tezligi 
uzatish  kattaligini belgilovchi harakat surish  harakati  S deyiladi. Asosiy  harakat 
aylanma  va  qaytma  -  ilgarilama  bo‘lishi  mumkin.  Har  bir  stanokda  yordamchi 
harakatlar:  zagatovkani  keltirish  va  mahkamlash,  asbobni  yaqinlashtirish  hamda 
uzoqlashtirish,  kesish  va  uzatish  tezliklari  qiymatini  o‘zgartirish  va  boshqa 
harakatlar ham bajariladi. 
Aniq ishlab chiqarish masalalarini hal etishda maqbul stanoklarni tanlash 
va  ularning  tехnik  darajasini  qiyosiy  baholash  uchun  qator  tехnik-iqtisodiy 
ko`rsatkichlardan  foydalaniladi.  Bunday  ko`rsatkichlarga  stanoklarning  ish 
unumi,  aniq  ishlov  bеrishi,  moslanuvchanligi  va  iqtisodiy  samaradorlik 
ko`rsatkichlari kiradi. 

Download 2,34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   188




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish