Taqrizchilar:
1. T.Almatayev – Andijon mashinasozlik instituti ―Avtomobilsozlik‖
kafеdrasi mudiri, t.f.n., dotsеnti.
2. A.S.Ahunjonov - ―Andijon energota‘mirlash‖ M.CH.J. direktor
o`rinbosari.
KIRISH
Xozirgi mashinasozlikni jadallashtirish, uning samaradorligini oshirish va
chiqariladigan maxsulotning raqobatlasha olishini ta‘minlash uchun ishlab
chik.arish unumini va texnologik usullarning anik.ligini jiddiy oshirish
shuningdek uni keng kulamda avtomatlashtirish talab etiladi.
Xozirgi
mashinasozlikda
ishlab
chiqariladigan
maxsulotlarning
konstruksiyasi uzluksiz murakkablashib, turi ortib bormoqda, ishlab chiqarish
ob‘ektlari tez-tez almashinib, yangi maxsulotni o‗zlashtirish muddatlari
qisqarmoqda. Yuqorida keltirilgan tadbirlarni amalga oshirish uchun
moslanuvchan ishlab chiqarish sistemalarini keng ko‗lamda qo‗llanish talab
etiladi. Bunday sistemalar EXM bilan boshqarilib, turli buyumlarni ishlab
chiqarishga tezda moslana oladi.
Mazkur texnik siyosat, sanoati rivojlangan mamlakatlarda davlat
arboblarining, sanoat raxbarlarining va ilmiy-texnik jamoatchilikning diqqat
markazida turadi.
Mashinasozlik sanoatida metall va metalmas materiallardan xilma – xil
detallar tayyorlash uchun zamonaviy metall kesish dastgohlaridan foydalaniladi.
Ular yo‗nish, teshish, teshiklarni kengaytirish, randalash, jilvirlash, rezba
qirqish va tish qirqish kabi dastgohlardir. Endilikda zamon talabi va fan
texnikaning rivojlanib borishi bilan sonli dasturda boshqariladigan (SDB)
avtomat dastgohlar yaratildi. Vaholanki bunday tezkor, katta quvvatli, o‗ta
aniqlikdagi avtomatik liniyalar uchun aniq konstruksiyadagi kesuvchi asboblar
layihalansagina, ishlab chiqarilgan detalning sifati yaxshilanib, narxi
arzonlashadi.
Malumki, har bir mexanik va konstruktorlar oldidagi asosiy vazifa u
yaratayotgan detal yoki uskuna yuqori sifatli, uzoq muddat ishlay oladigan, juda
puxta va mustahkam bo‗lishi bilan birga uni tayyorlash qulay va arzon
bo‗lishidir. Bu kabi talablarga javob izlash uchun eng birinchi kesib ishlashda
qo‗llaniladigan kesuvchi asboblarning geometriyasini to‗g‗ri tanlab,
ishlanadigan detal materialining xossalarini o‗rganib chiqib, kesuvchi asbob
konstruksiyasi loyihalanadi.
Mashinasozlik sanoatining rivojlanganlik darajasi unda ishlatilayotgan
texnologik
jarayonlarning
samaradorligi
bilan
belgilanadi.
Ishlab
chiqarilayotgan mahsulotning sifat va tannarxi, uning konstruksiyasini
puxtaligi, ishlab chiqarish madaniyati va boshqa faktorlar qatorida ishlab
chiqarish texnologyasiga ham ko‗p jihatdan bog‗liq. Texnologiyaning
mukammalligi tanlangan dastgohlarning hozirgi zamon talablariga javob
berishiga, ularda fundamental fanlarning eng oxirgi yutuqlarini qo‗llashga va
ularning tejamkorligiga bog‗liq.
Dastgohsozlik va asbobsozlik sanoati mashinasozlikning yuragi
hisoblanadi. Ishlab chiqariladigan kesuvchi asboblarni yuqori sifatli asbobsozlik
materiallaridan tayyorlashni ta‘minlash, eyilishga chidamli materiallarni
asbobsozlikda keng ko‗lamda qo‗llash, kesuvchi asboblarni ishlab chiqarishda
soddalashtirilgan texnologiyalarni qo‗llash va asboblarni tayyorlashda
mahkamlashning zamanaviy texnologiyalarni qo‗llash asbosozlik sanoatini
rivojlantirishda asosiy yo‗nalish sifatida namoyon bo‗lib turibdi.
Metallarni kesib ishlash jarayonlarini haqiqiy ilmiy tekshirishi 1870
yilda I.I.Timening ―Soprotivlenie metallov i dereva rezaniyu‖ kitobini nashr
etilishidan boshlangan. Bu kitob kesish jarayonining fizik asoslarini nazariy
o‗rganishga asos soldi. I.A.Timening nazariy xulosalari rus olimlari Malыshev
(1877), P.A.Afanasev (1884), A.V.Gadolin (1888), K.A.Zvorikin (1893),
A.A.Briks (1896), tomonidan to‗ldirilgan, aniqlangan va rivojlantirilgan.
K.A.Zvorikin shu fanni o‗rganishga ko‗p hissa qo‗shgan. Uning 1893 yilda
―Rabota i usiliya, neobxodimыe dlya otdeleniya metallicheskix strujek» kitobi
nashrdan chiqib, allohida diqqatga sazovor bo‗ldi.
Eng yirik ilmiy ishlardan 1880 – 1906 yillarda o‗tkazilgan F.Teylor
tadqiqotlari bo‗ldi. Teylorning metallarni kesish va ishlab chiqarishni tashkil
etish bo‗yicha qilgan ishlarining natijalari hozirgi paytda ham kesish
maromlarini va kesish kuchlarini aniqlash u yaratgan bog‗liklardan
foydalanilmoqda. XX asr boshlarida kesish kuchini o‗rganish bilan bir qatorda
kesuvchi asbobning turg‗unligi va kesishdagi issiqlik hodisalarini tekshirish
ham o‗rganila boshlandi.
Mashinasozlikni barcha soxasida keng avtomatlashtirilgan qo‗llanishi,
mashinasozlik yo‗nalishida o‗qiyotgan bakalavrlarni mashinasozlikda
texnologik jarayolarni avtomatlashtirishni amalga oshirish yo‗llari va yangi
texnologik mashinalarni bilishlari muximdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |