Uglerod temir bilan ximiyaviy birikma xosil qilib, sementit (Fe3C) xolda va erkin xolda, ya’ni grafik xolda bo’lishi mumkin. Sementitni parchalanishi natijasida xam grafit xosil bo’ladi. Temir-uglerod qotishmalari ikki tizimda: sementitli (Fe- Fe3C) va grafitli (Fe-C) bo’ladi. Fe-C tizimi barqaror («Stabil»), Fe3 - C tizimi- metastabil. Stabil tizimda jarayonlarning xammasi oxirigacha boradi. Lekin Fe3C temir-uglerod qotishmadan foydalanish sharoitida parchalanmaydi.Fe -Fe3C diagrammasidan (2.15-rasm) po’lat va oq (qayta ishlanuvchi) cho‘yanlarni o’rganishda keng foydalaniladi. Fe-C tizimidan tarkibidagi uglerod grafit tarzida bo’ladigan po’lat va cho‘yanlarni (quyma) o’rganishdagina foydalanish mumkin (2.15-rasm).
Do'stlaringiz bilan baham: |