Talabalar fandan umumiy to„playdigan ballarning taqsimoti
Joriy nazorat – 35 ball
Oraliq nazorati – 35 ball
Yakuniy
nazorat
Darslarga
to‘liq
qatnashishi
5ball
Laboratoriya
mashg‘ulotlarini
to‘liq
o‘zlashtirishi
15 ball
Amaliy
mashg‘ulotlarni
to‘liq
o‘zlashtirshi
15 ball
Darslarga
to‘liq
qatnashishi
5ball
1 –
oraliq
nazorati
10 ball
2 –
oraliq
nazorati
10 ball
Mustaqil
ish
15 ball
Yozma
30 ball
313
4.7.
Fanning
o„ziga xosligiga
qarab o„rganish
bo„yicha boshqa
materiallar
314
Talabalarning o‗zlashtirishini va faolligini oshirish uchun yangi pedagogik
texnologiyaning quyidagi usullaridan foydalanilgan:
«Aqliy hujum»ning asosiy qoidalari:
Olg‗a surilgan g‗oyalar baholanmaydi va tanqid ostiga olinmaydi;
Ish sifatiga emas, soniga qaratiladi, g‗oyalar qancha ko‗p bo‗lsa shuncha
yaxshi;
Istalgan g‗oyalarni mumkin qadar kengaytirish va rivojlantirishga harakat
qilinadi;
Muammo yechimidan uzoq g‗oyalar xam qo‗llab-quvvatlanadi;
Barcha g‗oyalar yoki ularning asosiy mag‗zi (farazlari) qayd etish yo‗li bilan
yozib olinadi;
«Hujum»ni o‗tkazish vaqti aniqlanadi va unga rioya qilinishi shart;
Beriladigan savollarga qisqacha (asoslanmagan) javoblar berish ko‗zda
tutilishi kerak.
«Yumaloq stol atrofida» muhokamani o‗tkazish tartibi:
1. Suhbatdoshing fikrini e‘tiborni bo‗lmasdan eshit.
2. Suhbatdoshing fikriga qo‗shilsang, undan o‗z fikringni bayon qilish uchun
ruxsat so‗ra.
3. Agar suhbatdoshing fikriga qo‗shilsang, ko‗rilayotgan savolga qo‗shimcha
va to‗ldirish uchun undan fikr so‗ra.
Diskussiya qatnashuvchisiga eslatma
1. Diskussiya munosabatni hal etish emas, balki kamchilikni yengish usulidir.
2. Boshqalar fikrini bildirishda ko‗p gapirma.
3. Seni aql va fikring maqsadga erishish uchun, so‗zlaringni avval o‗yla,
hayajoningni o‗rinli ishlatgin.
4. 0pponentingni tushunishga harakat qilib, hurmat ila qaragin.
5. 0pponentingni aytgan fikrini bo‗lmagan holda dalilli inkor etgin.
6. Faqat diskussiya bo‗layotgan predmet bo‗yicha fikringni bildir.
7. O‗zingni chiqishing bilan kimgadir ta‘sir qilgin.
Bumerang texnologiyasi
Ushbu texnologiya bir mashg‗ulot davomida o‗quv materialini chuqur va
yaxlit holatda o‗rganish, ijodiy tushunib yetish, erkin egallashga yo‗naltirilgan. Bu
usul turli mazmun va harakterga ega bo‗lgan mavzularni o‗rganishdan farqli bo‗lib,
u og‗zaki va yozma ish shakllarini qamrab oladi hamda bir mashg‗ulot davomida
har bir ishtirokchi turli topshiriqlarni bajarishi, navbat bilan talaba yoki pedagog
rolida chiqishi mumkin.
315
«Qarorlar shajarasi» («qarorlar qabul qilish texnologiyasi») metodi
«Qarorlar shajarasi» metodi muayyan fan asoslari borasidagi bir qadar
murakkab mavzularni o‗zlashtirish, ma‘lum masalalarni har tomonlama, puxta
tahlil etish asosida ular yuzasidan muayyan xulosalarga kelish, bir muammo
xususida bildirilayotgan bir necha xulosalar orasidan eng maqbul hamda to‗g‗risini
topishga yo‗naltirilgan texnik yondoshuvdir. Ushbu metod, shuningdek, avvalgi
vaziyatlarda qabul qilingan qaror (xulosa)lar mohiyatini yana bir bora tahlil etish
va tushunishga xizmat qiladi.
Veyer (yelpig‗ich) texnologiyasi
Bu texnologiya murakkab ko‗p tarmoqli, mumkin qadar muammo
harakteridagi mavzularni o‗rganishga qaratilgan.
Texnologiyaning mohiyati shundan iboratki, unda mavzuning turli tarmoqlari
bo‗yicha bir yo‗la sharh beriladi. Ayni paytda, ularning har biri alohida nuqtalarda
muhokama etiladi. Masalan, ijobiy va salbiy tomonlari, afzallik, fazilat va
kamchiliklari, foyda va zararlari belgilanadi. Bu interaktiv texnologiya tanqidiy,
tahliliy, aniq mantiqiy fikrlashni muvaffaqiyatli rivojlanishiga, hamda o‗z
g‗oyalari, fikrlarini yozma va og‗zaki shaklda ixcham bayon etish, himoya qilishga
imkoniyat yaratadi.
«BLIS-UYIN» texnologiyasini o‗tkazish bo‗yicha ko‗rsatma
Ushbu texnologiya o‗quvchilarning harakatlari ketma-ketligini to‗g‗ri tashkil
etishga, mantiqiy fikrlashga, o‗rganayotgan predmeti asosida ko‗p, hilma-xil
fikrlardan, ma‘lumotlardan kerakligini tanlab olishni o‗rgatishga qaratilgan. Bu
texnologiya davomida talabalar o‗zlarining mustaqil fikrlarini boshqalarga o‗tkaza
oladilar.
Maqsad:
«Blis-o‗yin» texnologiyasi talabalarga tarqatilgan qog‗ozlarda ko‗rsatilgan
harakatlar ketma-ketligini avval yakka xolda mustaqil ravishda belgilab, so‗ngra
o‗z fikrini boshqalarga o‗tkaza olish yoki o‗z fikrida qolish, boshqalar bilan
hamfikr bo‗la olishga yordam beradi.
O‗tkazilish jarayoni
1-bosqich
- o‗qituvchi ushbu o‗yin bir necha bosqichda o‗tkazilishi haqida talabalarga
tushuncha beradi. Har bir bosqichdagi vazifani bajarishga aniq vaqt ajratilishi,
talabalar esa shu vaqtdan unumli foydalanishlari kerakligi haqida ularni
ogohlantiradi;
- talabalarga alohida-alohida tarqatma material beriladi;
316
- o‗qituvchi tarqatma material mazmuni va bajariladigan vazifani
o‗quvchilarga tushuntiradi, ya‘ni tarqatma materialda berilgan harakatlarni ketma-
ketligini to‗g‗ri belgilash kerakligi, belgini esa qog‗ozdagi alohida ajratilgan
bo‗limga raqamlar bilan belgilash kerakligini tushuntiradi;
- berilgan topshiriq avval yakka tartibda bajarilishini aytadi.
2-bosqich
- o‗qituvchi birinchi berilgan topshiriqni har bir talaba tomonidan yakka
tartibda bajarilishini kuzatadi va tushunmovchiliklar bo‗lganda yordam beradi;
- har bir talaba tarqatma materialdagi «yakka baho» bo‗limiga shu yerda
berilgan harakatlardan o‗zining shaxsiy fikri asosida mantiqiy ketma-ketligini
raqamlar bilan belgilab chiqadi, ya‘ni berilgan bir nechta harakatdan, uning
fikricha qaysi biri birinchi bo‗lishi, qaysi biri esa ikkinchi bo‗lishini belgilaydi,
o‗qituvchi bu vazifani bajarish uchun talabalarga 10 daqiqa beradi.
3-bosqich
- o‗qituvchi talabalardan 3 kishidan iborat kichik guruhlar tashkil etishlarini
so‗raydi. 3 kishilik guruhlar o‗quvchilarning xohishlariga qarab yoki raqamlar
bo‗yicha tashkil etilishi mumkin;
- kichik guruhlardagi talabalarning har biri o‗z kog‗ozidagi yakka baho
bo‗limida belgilangan harakatlar ketma-ketligi bilan bir-birlarini tanishtiradilar,
keyin 3 kishida uch xil bo‗lgan ketma-ketlikni birgalashib, bir-birlari bilan
tortishib, bahslashib, ta‘sir o‗tkazib kelishgan xolda ularga tarqatilgan kog‗ozdagi
«guruh bahosi» bo‗limiga raqamlar bilan belgilab chiqadilar;
- o‗qituvchi kichik guruhdagi tortishuvlarda ishtirok etmaydi, faqat kichik
guruhlar va har bir talaba faoliyatini kuzatadi, bu vazifani bajarish uchun 20 daqiqa
beriladi.
4-bosqich
Barcha kichik guruhlar o‗z ishlarini tugatgach, o‗qituvchi harakatlar ketma-
ketligi bo‗yicha to‗g‗ri javobni beradi, ya‘ni talabalarga tarqatilgan kog‗ozlardan
«to‗g‗ri javob» bo‗limini topishni va unga o‗qituvchi tomonidan aytilgan
harakatlar ketma-ketligining raqamlarini yozishni so‗raydi.
5-bosqich
O‗qituvchi «to‗g‗ri javob» bo‗limida berilgan raqamlarning «yakka baho»
bo‗limida berilgan raqamlarni (yoki aksincha), ya‘ni kattadan-kichikni ayirgan
holda «yakka xato» bo‗limiga chiqqan farqni yozishni so‗raydi. «yakka xato»
bo‗limidagi sonlarni yuqoridan pastga qarab qo‗shib chiqib umumiysini
hisoblashlari kerakligini uqtiradi.
6-bosqich
Xuddi shu tartibda «to‗g‗ri javob» va «guruh bahosi» o‗rtasidagi farq
kattadan-kichikni ayirish orqali bajariladi, chiqarilgan farqlar soni «guruh xatosi»
317
bo‗limiga yozilib, yuqoridan pastga qarab qo‗shiladi va umumiy son keltirib
chiqariladi.
7-bosqich
O‗qituvchi yakka va guruh xatolarining umumiy soni bo‗yicha tushuncha
beradi, ularni alohida-alohida sharhlab beradi.
Izoh: Bajarilgan vazifani baholashning yana bir turi, quyidagicha:
talabalarning javoblari o‗qituvchi tomonidan berilgan «to‗g‗ri javob» ning
yarmidan ko‗piga to‗g‗ri kelgan bo‗lsa, demak, «qoniqarli», 75% ga to‗g‗ri kelgan
bo‗lsa, «yaxshi», 100% ga to‗g‗ri kelgan bo‗lsa «a‘lo» deb belgilash mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |