Ko`ndalang kesim shakli - yo`l o`qiga tik qilib kesilgan tekislik yuzasining
masshtab hisobida kichraytirilgan ko`rinishiga aytiladi.
Ajratilgan joy - yo`l qurilish idoralariga yo`l ko`tarmasi va yo`l inshoatlarini
qurish uchun ajratib berilgan yerga aytiladi.
Berkituvchi qatlam - unda bir necha qatlamdan iborat yo`l ko`ylagi qilinadi.
Uning eng ustki qatlami muhim hisoblanib berkituvchi qatlam deyiladi.
Qirqim - yo`l ko`tarmasidan tashqaridagi yo`l binolari, zahiradagi va aylanib
o`tish yo`llari, piyoda va velosiped yo`laklari, daraxtlar ekish uchun ajratilgan
maydonga aytiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |